[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi
ShiorKuch adolatdadir
Madhiya: Serquyosh, hur oʻlkam...
Location of Oʻzbekiston
Poytaxt Toshkent
Eng katta shahar Toshkent
Rasmiy til(lar) oʻzbekcha, qoraqalpoqcha (Qoraqalpogʻiston)
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Shavkat Mirziyoyev
Tanzila Norboyeva
Abdulla Oripov
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan)
• Eʼlon qilingan
  1-sentabr 1991-yil
• Tan olingan
  8-dekabr 1991-yil
Maydon
• Butun
448 978 km2 (56-oʻrin)
• Suv (%)
4,9
Aholi
• 2024-yilgi roʻyxat
36 963 300[1][2][3][4][5] (39-oʻrin)
• Zichlik 82.3/km2
YIM (XQT) 2023-yil roʻyxati
• Butun
$101.6 milliard[6][7] (59-oʻrin)
• Jon boshiga
$3270[6][7]
Pul birligi Oʻzbek soʻmi (UZS)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qisqartma UZ, UZB
Telefon prefiksi 998
Internet domeni .uz

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Poytaxti — Toshkent shahri. Davlat tili — oʻzbek tili. Maydoni — 448 978 km2[8]. Hozirda mamlakatning umumiy aholisi soni 37 milliondan ortiq[9]. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi hududi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, u mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat hisoblanadi. Ammo, nodavlat tashkilotlar Oʻzbekistonni „fuqarolik huquqlari cheklangan avtoritar davlat“ deb taʼriflaganlar[10]. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston berk hududda yaʼni qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.

Oʻzbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrnini bosishga asoslangan. 2017-yil sentyabridan boshlab mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik taʼminotchi davlatdir. Mamlakatda, shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin konlari mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va tabiiy gazni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.

Oʻzbek soʻzining kelib chiqishi

Oʻzbek etnonimining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir nechta tahminlar mavjud. Shaxsiy ism sifatida oʻzbek soʻzining birinchi eslatilishi XII asrga toʻgʻri keladi. Oʻzbek soʻzi turkiy qabilalari orasida Movarounnahrda XIII asrda moʻgʻullar kelguniga qadar paydo boʻlgan. XII asr arab tarixchisi Usoma Ibn Munqiz „Taʼlim kitobida“ Saljuqiylar davrida 1115–1116-yildagi yoʻlboshlovchilaridan biri amir Oʻzbek degan Mosul hukmdori boʻlganligini taʼkidlaydi[11]. Tarixchi Rashiduddinning yozishicha, Tabrizda hukmronlik qilgan Ildegiziylar sulolasining soʻnggi vakili Oʻzbek Muzaffar (1210–1225) boʻlgan[12], 1221-yilda Afgʻonistondagi Xorazmshoh Jaloliddin qoʻshinlarining yetakchilaridan biri Jahon Paxlavon Oʻzbek Tayi edi[13].

Tarixchi Mutal Ermatov: „Oʻzbek soʻzi „Oʻzlar“ urugʻi nomidan kelib chiqqan“, — deb taxmin qilgan[14]. Tarix fanlari doktori, professor R. G. Mukminova oʻzbeklarning etnik ismini Oʻzbek Xon nomi bilan bogʻlashga qarshi qoʻshimcha dalillar keltirgan. Sharofiddin Ali Yazdiy Oʻzbek Xon davridan ancha oldin 1289-yilgi voqealar haqida xabar berib, Tabriz viloyatidagi oʻzbek qoʻshinlarining reydini eslatib oʻtadi[15].

Boshqa tarixchilarning fikricha, XIV asrning 60-yillarida, Dashti qipchoq hududida oʻzbeklar deb nomlangan koʻchmanchi turkiy qabilalarining ittifoqi tuzildi. XIV asrning 60-yillarida „oʻzbek“ etnonimi sharqiy Dashti qipchoqning butun turkiy aholisi uchun jamoaviy nomga aylandi. „Oʻzbek“ etnonimi Amir Temur davrida Movarounnahrga kirib kelgan. Alisher Navoiy (1441–1501) yozgan asarlarida „oʻzbek“ etnonimini Xuroson va Movarounnahrda tilga olgan[16].

Tarixi

Bugungi kunda Oʻzbekiston nomi bilan tanilgan hudud oldin Movarounnahr, Soʻgʻdiyona hamda Buxoro xonligi nomlari bilan ham tanilgan. XIV asrda ushbu mintaqada Amir Temur dunyoga kelgan va oʻz saltanatining markaziy qismiga aylantirgan. Amir Temur davrida ushbu hudud Qora dengizdan Arabiston dengiziga va Hindistonning Dehli shahriga qadar choʻzilgan imperiyaning poytaxtiga aylangan.

Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib oʻrnashgan odamlar Skiflar boʻlib, ular bugungi Oʻzbekiston hududining shimolida joylashgan dashtlardan tahminan miloddan avvalgi birinchi mingyillikda koʻchib kelishgan. Ushbu koʻchmanchilar hududga kelib, daryolar vodiylarida keng qamrovli sugʻorish tizimlarini barpo etishgan[17]. Aynan shu davrdan boshlab Buxoro va Samarqand kabi shaharlar maʼmuriy markazlar va madaniyat oʻchoqlari sifatida paydo boʻla boshladi[17]. Miloddan avvalgi V asrga kelib hudud Baqtriya, Soʻgʻd va Toxariston davlatlari qoʻli ostida edi[17].

Sharqiy Osiyo va Gʻarb orasida savdo aloqalari rivojlanar ekan, Movarounnahr hududidagi shaharlar va qishloqlar ushbu savdo aloqalarida muhim ahamiyat kasb eta boshladi va ushbu savdo munosabatlarida badavlat soʻgʻd savdogarlarining roli katta boʻlgan. Keyinchalik Buyuk Ipak yoʻli nomi bilan tanilgan ushbu savdo yoʻlida joylashgan Buxoro va Samarqand kabi shaharlar oxir-oqibatda oʻta badavlat shaharlarga aylandi va Movarounnahrning oʻzi esa Antik davrning eng taʼsirli va qudratli hududlaridan biriga aylandi[17].

Miloddan avvalgi 327-yilda Makedoniyalik Aleksandr Ahamoniylar saltanatini istilo qiladi va bu paytda bugungi Oʻzbekiston hududida joylashgan Soʻgʻd va Baqtriya Ahamoniylar davlati qulashi bilan Aleksandr imperiyasi tarkibiga kiradi. Xalq istiloga qarshi chiqadi va Aleksandr qoʻshini imperiyaning shimoliy hududlarida (keyinchalik Yunon-Baqtriya podsholigi sifatida tanilgan) qiyinchiliklarga uchraydi. Yunon-Baqtriya davlati keyinchalik qulab, oʻrniga miloddan avvalgi I asrda Kushonlar davlati yuzaga keladi va saltanat tuzilib, Oʻrta Osiyo va Hindistonning bir qismi ham qoʻshilib olinadi. Kushonlar davrida Buddizm ham hududda tarqalishni boshlaydi. Ushbu davrdan keyin bir necha asrlar davomida Oʻzbekiston hududi Parfiya va Sosoniylar imperiyalari qoʻli ostida boʻladi va undan keyin hududda turkiy va koʻkturk xalqlari tomonidan tuzilgan davlatlar hukmronligi oʻrnatiladi.

Arab xalifaligining VII asrdan boshlangan hujumlari oqibatida arablar Oʻzbekiston hududiga Islom dinini olib kirishdi. Ayni shu davrda Islom koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida ham tarqala boshladi.

XVIII asrda hududning, yaʼni Sirdaryo va Amudaryo oraligʻining Arab xalifaligi (Qutayba ibn Muslim) tomonidan istilo qilinishidan koʻp oʻtmasdan Movarounnahr Islom madaniyatining markaziy nuqtasiga aylandi.

IX-X asrlarda Movarounnahr Somoniylar davlatining markaziga aylandi. X asrdan boshlab hududda turkiy Qoraxoniylar davlatining, shuningdek ularning ittifoqchilari Saljuqiylarning mavqei kuchaya boshladi[18].

XIII asrdagi Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul istilosi hududda misli koʻrilmagan oʻzgarishlarga va vayronagarchilikka sabab boʻldi. Buxoro, Samarqand, Urganch va boshqa shaharlarning egallanishi oqibatida ommaviy qatliomlar sodir etildi. Xorazmshohlar davlatining baʼzi qismlari butkul vayron qilindi.

Chingizxonning 1227-yilda vafot etishi bilan Moʻgʻullar saltanati uning toʻrt oʻgʻillari va qarindoshlari orasida boʻlib olindi. Saltanatning parchalanib ketish xavfi mavjud boʻlsada, bir necha avlod davomida hukmdorlar tartib va anʼanaga koʻra almashdi va Movarounnahr ustidan nazorat Chingizxonning ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoy xonning bevosita zurriyodlari va avlodlari qoʻlida qoldi. Chigʻatoy xonligi davridagi hukmdorlarning tartibli almashishi, ichki osoyishtalik va farovonlik Moʻgʻullar saltanatining ham kuchli va uyushgan davlat sifatida saqlanib qolishiga sabab boʻldi[19].

Lekin XIV asr boshlarida Moʻgʻullar davlatining parchalanishi bilan Chigʻatoy xonligida ham turli beklar va qabilar sardorlarining hokimiyat uchun kurashi boshlandi. Shunday beklardan biri boʻlmish Temur ushbu talashuv-tortishuvlar bilan toʻlgan 1380-yillarda maydonga chiqadi va Movarounnahr ustidan toʻla nazorat oʻrnatadi[20]. Garchi Chingizxon avlodidan boʻlmasada, Temur Movarounnahrning amaldagi hukmdoriga aylandi (shu sababli ham Amir unvonini olgan) va keyinchalik Markaziy Osiyo gʻarbi, Eron, Kavkaz, Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Orol dengizining janubidagi dashtlarni birlashtirdi. Amir Temur hozirgi Rossiya hududlariga ham yurishlar uyushtirgan boʻlib, 1405-yil fevral oyida Xitoyga yurish davomida vafot etadi[19]. Amir Temur ham oʻzining qattiqqoʻlligi va bosib olgan shaharlarida amalga oshirgan qatliomlari bilan tanilgan[21].

Amir Temur turli-tuman shahar va davlatlardagi sanʼatkorlar, olimlar va meʼmorlarni oʻz poytaxti Samarqandga taklif qiladi va shu orqali Movarounnahrdagi soʻnggi madaniy uygʻonish va yuksalishga turtki beradi. Temur va uning avlodlari davrida Samarqand va boshqa shaharlarda turli-tuman diniy va madaniy binolar, hashamatli saroylar barpo etilgan.

Amir Temur shuningdek Hindiston[22][23], Eron, Mesopotamiya va boshqa hududlardagi turli-tuman tabiblar orasidagi aloqalarni yoʻlga qoʻyadi, tabiblar, olim va sanʼatkorlar oʻzaro hamkorlik qilishi, tajriba almashishi jarayoni boshlanadi. Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulugʻbek jahon tarixidagi eng birinchi buyuk astronomlardan biri boʻlgan. Aynan Temuriylar davrida turkiy tillarning Chigʻatoy lahjasi Movarounnahrda badiiy maqomga ega boʻldi. Alisher Navoiy ushbu tilda ijod qilgan eng buyuk shoir boʻlib, u XV asr ikkinchi yarmida asosan Hirotda (bugungi Afgʻonistonning shimoli-gʻarbi) istiqomat qilgan[19].

Temur oʻlimidan keyin Temuriylar saltanati tezda ikkiga boʻlinadi. Temuriylarning tinimsiz oʻzaro urushlari Oroldan shimolda yashovchi oʻzbek koʻchmanchi qabilalarining eʼtiborini tortadi va 1501-yilda oʻzbek qoʻshinlari Movarounnahrni bosib olishni boshlaydi[19]. Aynan shu davrda Buxoro xonligida qullar savdosi boshlanadi va keyinchalik mustahkamlanadi. Keyinchalik qisqa muddat Buxoro xonligi Nodirshoh boshchiligidagi Fors imperiyasi tomonidan egallanadi va bir muddat oʻsha davrdagi Fors imperiyasi tarkibiga kiritiladi. Rossiya imperiyasining bosqini davrida Movarounnahr Buxoro amirligi, Xiva va Qoʻqon xonliklari orasida boʻlib olingandi.

XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya Imperiyasi Markaziy Osiyoni oʻz tarkibiga qoʻshib oldi. 1912-yilga kelib Oʻzbekiston hududida 200,000 dan oshiq ruslar istiqomat qilayotgandi[24]. Markaziy Osiyo tarixidagi ushbu davr tarixchilar tomonidan „Katta oʻyin“ davri deb ham ataladi va Britaniya hamda Rossiyaning Osiyodagi raqobatchiligini aks ettiruvchi ushbu davr tahminan 1813-yildan 1907-yildagi Angliya-Rossiya kelishuviga qadar davom etadi. Ushbu raqobatchilikning ikkinchi, nisbatan moʻtadilroq qismi 1917-yildagi Bolsheviklar inqilobidan keyin boshlandi. XIX asr boshlarida Britaniya Hindistoni hamda Podsho Rossiyasining chekka hududlarini 3,200 kilometr masofa ajratib turgan va bu hududlarning katta qismi xaritalashtirilmagan edi. XIX asr oxiriga kelib esa Afgʻonistonni hisobga olmaganda, Britaniya va Rossiya Imperiyalari hududlari tutashdi.

1920-yillar boshiga kelib Markaziy Osiyo bolsheviklar qoʻliga oʻtdi va dastlabki qurolli qarshiliklarga qaramasdan, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning qolgan qismlari Sovet Ittifoqi tarkibiga kiritildi. 1924-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzildi. 1941–1945-yillar oraligʻidagi Ikkinchi jahon urushida Oʻzbekistondan 1,433,230 kishi Qizil Armiya tarkibida Natsist Germaniyasiga qarshi urushda qatnashdi. Bir qancha Oʻzbekiston va Turkistonliklar nemislar tomonida ham qatnashdi. 263,005 oʻzbek askarlari Sharqiy frontda halok boʻldi[25].

Sovet-Afgʻon urushida bir qancha oʻzbek askarlari qoʻshni Afgʻonistonda ham urushga qatnashdi. Kamida 1,500 kishi halok boʻldi va koʻplab oʻzbek askarlari yaralandi.

Sovet Ittifoqi davrida Oʻzbekistonda paxta monokulturasi oʻrnatildi va qishloq xoʻjaligini qayta qurishning taʼsiri hozir ham mamlakatda sezilmoqda[26].

1990-yil 20-iyunda Oʻzbekiston SSR Mustaqillik deklaratsiyasi eʼlon qilindi. Moskvadagi avgust davlat toʻntarishi barbod boʻlganidan keyin 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi eʼlon qilindi. 1-sentyabr Mustaqillik kuni deb belgilandi. Shu yilning 26-dekabr kunida Sovet Ittifoqi rasman tugatilgani eʼlon qilindi. 1989-yildan beri Oʻzbekiston Kommunistik Partiyasining birinchi kotibi Islom Karimov 1990-yilda Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 1991-yildagi Sovet Ittifoqi parchalanishidan keyin Karimov mustaqil Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. Karimov davri Oʻzbekiston tarixida oʻchmas iz qoldirdi va mutaxassislar fikricha Karimov davrida Oʻzbekistonda avtoritar tuzum shakllangan.

1993-yilda Islom fundamentalizmining kuchayishi haqidagi xavotirlar Oʻzbekistonni MDHning Tojikistondagi tinchlikparvar missiyasiga qoʻshilishiga olib keldi.

2005-yil may oyida Andijon shahrida tartibsizliklar boshlandi. 2005-yil 12-mayda boshlangan qoʻzgʻolonlarda muxolifat vakillari Andijondagi maʼmuriy binoni egallab oldilar. Oʻzbekiston hukumatiga koʻra, bu xorij tomonidan qoʻllab-quvvatlangan islomiy toʻntarishga urinish edi[27][28].

Karimov 2016-yil sentyabrida vafot etdi[29]. Shu yilning 14-dekabrida sobiq Bosh vazir, Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylandi[30]. 2021-yil 6-noyabrida prezidentlik saylovlarida katta farq bilan gʻolib chiqqan Shavkat Mirziyoyev oʻzining ikkinchi prezidentlik muddatini boshladi.

Geografiyasi

Orol dengizidagi Amudaryo deltasi

Shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa qarab 1500 km ga choʻzilgan, oʻrtacha eni 300 km dan oshmaydigan Oʻzbekiston Fargʻona vodiysini (choʻkish chuquri) oʻrab turgan Alaj massivining gʻarbiy yon bagʻirlaridan (sharqda) choʻzilgan. keng Orol dengizi sohillarigacha (gʻarbda), qadimgi dengiz qoldigʻi, dengiz sathidan atigi 53 m balandlikda. Hududda ikkita geomorfologik va iqlim zonalari mavjud. Gʻarbiy qismida Orolgacha boʻlgan qurgʻoqchil Qizilqum choʻli (300.000 km2, qisman Qozogʻiston) hukmron. Turkmaniston bilan chegarani uzoq vaqt davomida belgilab turuvchi Amudaryo tabiiy gaz konlariga boy bu yarim choʻl hududini Qoraqumi choʻl platosi (Turkmaniston hududida) va Gʻarbiy Gʻarbga choʻzilgan Ustjurt choʻlidan ajratib turadi. Oroldan Kaspiyga. Orol dengizini oʻrab turgan tekisliklar Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasiga tegishli. Butun gʻarbiy mintaqada iqlim quruq kontinental boʻlib, yanvarda minimal harorat −29 °C, yozda maksimal +45 °C; yogʻingarchilik yiliga 100 mm dan kam.

Sharqiy qismida Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo havzalarini Tyan-San, Alaj va Pomirning chekka shoxlari, yosh va yuqori seysmik togʻ tizmalari ajratib turadi. Ulardan eng balandi Hisor togʻi boʻlib, u yerda Tojikiston bilan chegaradosh mamlakatning eng baland choʻqqisi Hazrat Sulton (4643 m balandlik) Fargʻona, Sirdar daryosi choʻmilgan uzunligi 300 km va eni 100 km boʻlgan tektonik havza. ja va uning irmoqlari, bu yerda aholining salmoqli qismi toʻplangan. Tojikiston bilan chegara bu zanjirlar va ularni bir-biridan ajratib turuvchi vodiylarni juda murakkab tarzda kesib oʻtadi: Fargʻona vodiysi, masalan, poytaxt Toshkentdan Tojikiston hududi tomonidan ajratilgan. Iqtisodiy hayot uchun zarur boʻlgan suv yoʻllarini nazorat qilish ikki davlat oʻrtasida raqobatni keltirib chiqaradi. Daryo vodiylari va togʻ yon bagʻirlarida iqlimning kontinentalligi susayadi va yogʻingarchilik koʻpayadi (tekisliklarda yiliga 300 mm dan relyefda 1000 dan ortiqgacha).

Hududning 4,6 foizini muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etadi.

Urungʻoch davlat tabiat yodgorligi
Urungʻoch davlat tabiat yodgorligi
manzara
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani manzarasi
sharqiy baland togʻ hududlari tabiati
Qashqadaryo viloyati sharqiy baland togʻ hududlari tabiati
Hisor togʻlari
Qashqadaryo viloyati Hisor togʻ tizmasi doimiy qor muzliklar
koʻl manzarasi
Jizzax viloyati Arnasoy koʻli

Iqtisodiyoti

Oʻzbekistonda 1992–2008-yillardagi yalpi ichki mahsulotning oʻsishi.

Oʻzbekiston iqtisodiyotida ikkita voqelik hukmron. Birinchisi, qurgʻoqchil va yarim qurgʻoqchil hududlarni ommaviy sunʼiy sugʻorish va oʻgʻitlash, buning natijasida uning asosiy ekinlari boʻlmish paxta xomashyosi yetishtirish (Oʻzbekiston jahonda Amerika Qoʻshma Shtatlaridan keyin ikkinchi oʻrinda turadi), natijada. iqtisodiyot va ekologiya sohasida amalga oshirilgan katta saʼy-harakatlar. Ikkinchisi (Oʻrta Osiyoning boshqa respublikalarida ham mavjud) Toshkent atrofida sanoat tarmoqlari mavjudligiga qaramay, mamlakatni oʻzgartirgan, tayyor mahsulot emas, balki koʻp miqdorda xomashyo ishlab chiqarishni ragʻbatlantirgan eski sovet savdo tizimining yemirilishidir., Samarqand, Buxoro va Fargʻona vodiysida.

Dengizga chiqish imkoni boʻlmagan Oʻzbekiston oʻz mahsulotlarini qattiq valyuta bozorlariga olib chiqishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Oʻzbekiston oʻzining paxta bozoriga qaramligini cheklash va mamlakatning sharqiy qismining unumdor tuproqlarini polimadaniy qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga qaytarishdek murakkab vazifani oʻz zimmasiga oldi.

Boshqa muhim ekinlar — meva va sholi, ayniqsa, Fargʻona vodiysida, shuningdek, ipakchilik va ipakchilikning asosiy markazi (Margʻilon va Andijon). Qurgʻoqchil gʻarbiy viloyatlarda, ayniqsa, Buxoro viloyatida qorakoʻl qoʻylari boqiladigan, baxmal junlari turli rangga boʻyalgan chorvachilik ustunlik qiladi.

Sunʼiy yoʻldoshdan koʻrilgan Koʻkpatas oltin koni.

Oʻzbekiston oltin qazib olish boʻyicha dunyoda sakkizinchi oʻrinda turadi. Qizilqum choʻlidagi Muruntov koni dunyodagi eng yirik ochiq oltin koni hisoblanadi. Boshqa tabiiy resurslar — koʻmir, tabiiy gaz, neft, uran, rangli va nodir metallar. Mamlakat hududining 3% ga yaqinini oʻrmonlar tashkil qiladi va yogʻoch import qilinadi. Elektr energiyasining katta qismi issiqlik elektr stansiyalaridan, asosan koʻmirda, taxminan 15% gidroelektrostansiyalardan olinadi.

Hukumat yangi infratuzilmaga sarmoya kiritib, yirik xorijiy sarmoyalarni, ayniqsa, toʻqimachilik va avtomobilsozlik sohalarini jalb qildi va mamlakatni elektr energiyasi, oziq-ovqat, neft va gaz sohasida mustaqil qilish tarafdori. Asosiy eksport mahsulotlari, albatta, paxta xomashyosi (barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymatining 40% dan ortigʻi), paxta tolasi, gazlama va kiyim-kechak, shuningdek, rangli metallardir. Oʻzbekiston savdo aylanmasining beshdan toʻrt qismidan koʻprogʻi hamon Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) davlatlari bilan toʻgʻri keladi.

Rossiya ishchilarini asta-sekin markaziy osiyolik ishchi kuchi bilan almashtirishga qaratilgan hukumat siyosati, ayniqsa, 2000–2010-yillar oraligʻida chet elga miyaning oqishi sabab boʻldi, bu yerda, jumladan, 18 yoshdan oshgan erkaklarning katta qismi. 40 kishi oʻz pul oʻtkazmalari bilan davlat byudjetining muhim moddasini tashkil qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoev 2017-yildan boshlab muhojirlik jarayonini orqaga surishga, xalq taʼlimi va mamlakatni qayta rivojlantirishga akademik shaxslarni jalb qilishga urinib koʻrgan aperturistik siyosatni amalga oshirdi.

Bir nechta Yevropa universitetlari mavjud, ular orasida Turin politexnika va Westminster universiteti ajralib turadi.

Iqtisodiyot hali ham qisman bojxona toʻsiqlari bilan himoyalangan. Mahalliy valyuta Oʻzbekiston soʻmi 2018-yildan buyon konvertatsiya qilinadigan valyutaga qaytdi, garchi valyutani eksport qilishda hali ham koʻplab cheklovlar mavjud. Bu holat xorijiy kapital va investitsiyalar, ayniqsa, koʻchmas mulk sektori va mineral resurslarni oʻzlashtirishga kuchli oqimini keltirib chiqardi[31][32].

Jahon bankining 2017-yilgi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston yillik daromadga ega, xarid qobiliyati pariteti (PPP) boʻyicha 6990 dollar (oyiga 500 dollardan sal koʻproq) davlat hisoblanadi. Oʻziga xos iqtisodiy vohani ifodalovchi Toshkent shahrida oʻrtacha ish haqi oddiy raqamlar uchun oyiga taxminan 250 dollarni, oʻrtacha malakalilar uchun taxminan 350 dollarni va yuqori malakali (iqtisodchilar) uchun taxminan 1000 dollar va undan ham koʻproqni tashkil qiladi. muhandislar, huquqshunoslar, kompyuter olimlari, shifokorlar). Shahar atrofida va qishloqlarda ish haqi ancha past boʻlishi mumkin, ishchining oʻrtacha ish haqi 150 dollar atrofida va barter hali ham qoʻllanadi, chunki koʻplab oilalarda parranda, sigir va sabzavot bogʻlari bor va koʻpincha koʻproq topadi. ​​Ushbu mahsulotlarni almashtirish qulay. mahalliy bozorda sotish oʻrniga qoʻshnilar uchun mavjud boshqalar bilan. Yashash narxi Yevropanikiga qaraganda ancha past, ammo oʻrtacha ish haqiga nisbatan juda yuqori. Import qilinadigan mahsulotlar, ogʻir bojlar ostida, gʻarbiy bozorlarga qaraganda 200% qimmatroq boʻlishi mumkin.

Shunga qaramay, 2009–2019-yillarda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti (noaniq) yuqori oʻrtacha va taxminan 8 foizga oʻsdi. Oʻzbekiston asta-sekin ishlab chiqaruvchi davlatga aylanib bormoqda. Avtomobillar (General Motors tomonidan katta investitsiyalar), maishiy texnika, yarim tayyor paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish, hech boʻlmaganda, yirik shahar markazlarida va ayniqsa, poytaxt Toshkentda milliy iqtisodiyot va turmush darajasini oshiradi. u soʻnggi yillarda yaxshi jihozlangan, estetik jihatdan goʻzal va zamonaviy shaharning barcha xizmatlari bilan jihozlangan shaharga aylandi.

Demografiyasi

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19204,4—    
19304,9+11.4%
19406,6+34.7%
19506,2−6.1%
19608,4+35.5%
197011,8+40.5%
198015,8+33.9%
199020,2+27.8%
200024,5+21.3%
201028+14.3%
202033,9[33]+21.1%

Oʻzbekiston aholisi 37 million kishini[34][35] tashkil qiladi (2022-yil 9-dekabr holatiga koʻra). Aholining aksariyat qismi (83,7%[8] dan koʻprogʻi — 26,15 million kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 1 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 500ming tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 51% i shaharlarda va 49% i qishloqlarda istiqomat qiladi. 2022-yil holatiga koʻra, erkaklar soni 17,9 mln, ayollar soni esa 17,7 mln kishi kishini tashkil qiladi. Shaharda yashovchi aholi soni 18,1 mln kishiga, qishloqda yashovchilar esa 17,5 million kishiga teng. Tugʻilishlar soni 413,6 ming kishi, oʻlimlar soni esa 80,9 ming kishini tashkil qildi. Qayd qilingan nikohlar soni — 108,9 mingni, ajrashishlar soni — 24,6 mingtaga teng[36].

Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 83,7%[8] ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.

Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 42%ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 51%i mehnatga layoqatli va 7% mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi[37].

Etnik tarkibi

Millat Soni
Oʻzbeklar 29 million 200 ming kishi
Tojiklar 1 million 700 ming kishi
Qozoqlar 821 ming 200 kishi
Ruslar 720 ming 300 kishi
Qoraqalpoqlar 752 ming 700 kishi
Tatarlar 187 ming 300 kishi
Qirgʻizlar 291 ming 600 kishi
Koreyslar 174 ming 200 kishi
Turkmanlar 206 ming 200 kishi
Ukrainlar 67 ming 900 kishi
Armanlar 34 ming kishi
Ozarbayjonlar 41 ming 200 kishi
gruzinlar 3 ming 800 atrofida
Uygʻurlar 20 ming atrofida
Beloruslar 20 ming atrofida
Qrim tatarlari 10 ming atrofida (boshqa maʼlumatlorga koʻra – 90 mingga yaqin)
Yahudiylar taxminan 20–30 ming kish
Turklar 10 ming atrofida
Olmonlar 3 ming 900 kishi
Yunonlar 10 mingdan ozroq

Din

Aholining koʻpchilik qismi Islom dinining Hanafiya (sunniylar) mazhabidagi musulmonlardir, aholining bir qismi Islom dinining Shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Bundan tashqari mamlakatda xristian dinining provoslavlar, katoliklar, protestantlar, lyuteryanlar, Arman Apostol Cherkovi, Yahova Shohidlari, Baptistlar, Yettinchi Kun Adventistlari, Koreys Xristianlari va boshqa mazhablari ham bor. Yahudiylik, Buddistlik, Krishnaitlar, Baxailar va boshqa dinlar ham Oʻzbekistonda mavjud.

  • 88,4% — Islom (Hanafiylar, Sunniylar – 87,1%) va (Shialar – 1,3%)
  • 4,8% — Xristian (Pravoslavlar)
  • 2,4% — Xristian (Katoliklar, Protestantlar, Lyuteryanlar va boshqa xristian mazhablari)
  • 0,8% — Yahudiylar
  • 4,2% — Boshqa Dinlar

Til

Oʻzbek tili rasmiy davlat tilidir; biroq rus tili millatlararo muloqot uchun amalda rasmiy til hisoblanadi, jumladan, aksariyat savdo va davlat idoralarida kundalik foydalanish. Mamlakat konstitutsiyasida Qoraqalpoqlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi rasmiy maqomi ham tan olingan.

Taʼlim va sogʻliqni saqlash

Taʼlim tizimida savodxonlik darajasi 99,3 foizga yetdi, erkkaklar va ayollarning oʻrtacha maktab yoshi 11 yoshni tashkil etdi. Biroq, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin byudjet cheklovlari va boshqa oʻtish davri muammolari tufayli darsliklar va boshqa maktab materiallari, oʻqitish metodikasi, oʻquv dasturlari va taʼlim muassasalari eskirgan, yetarli emas va eʼtibordan chetda qolmoqda. Shuningdek, maktab yoshidagi odamlarning ulushi pasaymoqda. Hukumat bu masalalardan xavotirda boʻlsa-da, byudjet torligicha qolmoqda. Xuddi shunday, sogʻliqni saqlash sohasida ham umr koʻrish davomiyligi uzoq edi, ammo Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin sogʻliqni saqlash resurslari qisqardi, ularning sifati, foydalanish imkoniyati va samaradorligi pasaydi.

Siyosat

Prezident

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-bobi „Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti“ deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat boʻlib, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi belgilab berilgan. Oliy Kengash 12-chaqiriq 1-sessiyasida deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti lavozimiga Islom Karimov saylangan edi. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonunga binoan, 1991-yil 29-dekabr va 2000-yil 9-yanvarda muqobillik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri umumxalq Prezident saylovlari oʻtkazildi. Bu saylovlar natijasida Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 2-sentyabrda Islom Karimov vafot etdi. Shu munosabat bilan navbatdan tashqari umumxalq prezidentlik saylovlari oʻtkazildi va unda bosh vazir Shavkat Mirziyoyev prezident etib saylandi.

Milliy bayramlar

1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb eʼlon qilingan:

Xalqaro munosabatlar

Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega:

  • BMT
  • Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi
  • BMTning milliy xalqlar Fondi
  • Qochoqlar boʻyicha BMTning Oliy Komissariat boshqarmasi
  • BMTning bolalar fondi vakolatxonasi – UNICEF
  • BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi
  • Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti — EXHT /ОSCЕ
  • Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi — ICRC
  • Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasining vakolatxonasi — Red Cross

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar:

Viloyatlari

Oʻzbekiston 12 ta viloyat, (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent), Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.

Boʻlinishi Markazi Maydoni (kv.km) Aholisi
Andijon viloyati Andijon 4,200 3,105,000
Buxoro viloyati Buxoro 39,400 1,384,700
Fargʻona viloyati Fargʻona 6,800 3.620.100
Jizzax viloyati Jizzax 20,500 910,500
Namangan viloyati Namangan 7,900 2,000,123
Navoiy viloyati Navoiy shahri 110,800 767,500
Qashqadaryo viloyati Qarshi 28,400 3,149,000
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus 160,000 1,200,000
Samarqand viloyati Samarqand 16,400  3,714,800
Sirdaryo viloyati Guliston 5,100 648,100
Surxondaryo viloyati Termiz 20,800 1,676,000
Toshkent shahri Toshkent shahri 3,338  2,340,900
Toshkent viloyati Nurafshon 15,300  4,450,000
Xorazm viloyati Urganch 6,300  1,200,000

Tabiiy resurslar

Oʻzbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xoʻjaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor.

Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilgʻining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qoʻngʻir va yarim kokslanadigan koʻmir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning koʻp turlarini oʻzlashtirish bilan bogʻliqdir.

Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda.

Oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zaxiralariga koʻra Oʻzbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.

Masalan, oltin zaxiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha oltinchi oʻrinda, mis zaxiralar boʻyicha 10–11-oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11–12-oʻrinda turibdi.

Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zaxiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran, mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.

Buxoro

Transporti

Toshkent shimoliy vokzali

Qurolli kuchlari

Oʻzbekiston qoʻshinlari harbiy mashqlarda

Oʻzbekiston respublikasi qurolli kuchlari 2015-yilga kelib Oʻzbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida 48-oʻrinni egallaydi[38]. Bu haqda yangilangan Global Firepower reytingida axborot berilgan[39].

Global Fire Power (GFP) maʼlumotlariga koʻra (ular 2014-yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda 420 ta tank, 715 ta BTR (zirhli transport vositasi), 109 ta raketa tizimlari, 69 ta qiruvchi samolyot, 65 ta vertolyot, xususan, 25 ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi[40].

GFP Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasi sayti, MRBning World Facebook toʻplami maʼlumotlari, „Vikipediya“ va ochiq manbalardagi boshqa maʼlumotlarga asoslanib tuzib chiqqan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston ham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.

MDH, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Gruziya orasida Oʻzbekiston Rossiya (2-oʻrin) va Ukraina (21-oʻrin)dan keyingi 3-oʻrinni band etgan. Ozarbayjon (50-oʻrin), Belarus (52), Gruziya (64), Qozogʻiston (80), Estoniya (96), Litva (103) oʻrin olgan. Armaniston, Moldova, Latviya kabi mamlakatlar reytingga kiritilmagan.

Reytingga koʻra, AQSh armiyasi eng qudratli deb topilgan boʻlsa, Rossiya va Xitoy armiyasi kuchli uchlikdan oʻrin olgan. Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va Yaponiya armiyasi esa kuchli oʻnlikka kirgan.

Qayd etish joiz, GFPning 2014-yilgi reytingida ham Oʻzbekiston 48-oʻrinda borayotgan edi[41].

Madaniyat

Oʻzbekiston adabiyoti

Abu Bakr Muhammad ibn Ismoil Kaffol Shoshiy yoki Hazrati Imom Toshkent maqbarasi

Tarixan eron Buxoro saroyi 10-asrdan boshlab fors adabiyotini tarqatish boʻyicha birinchi yirik markaz boʻlgan. Hozirgi Oʻzbekiston hududi Qoraxoniylar davridan (10–12-asrlar) boshlab bosqichma-bosqich turklashtirila boshlagan, moʻgʻullar davridan eron unsuri u yerda demografik jihatdan ozchilikka aylangan. Birinchi yirik siymolar qatorida soʻfiy tasavvuf va shoir Ahmad Yassaviy (1166-yilda vafot etgan), unga tasavvufiy-axloqiy toʻrtlik qoʻshiqlar kitobi mansub boʻlgan va u ham „Yasaviy“ning birodarlik tasavvufiy birodarligining asosini tashkil etadi. Yana bir eʼtiborga molik shaxs – lirik Xorazmiy (XIV asr) ajoyib sheʼr muallifi: „Muhabbat kitobi“ (muhabbat-noma). Ammo adabiy madaniyat hech boʻlmaganda temuriylar davriga qadar, yaʼni XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Temurlanning paydo boʻlishi bilan boshlangan davrgacha doimo forslar tomonidan monopoliyada edi.

XV asrda Oʻrta Osiyo turkining (Chagʻatoy turkining) toʻliq adabiy qadr-qimmati haqidagi birinchi gʻururli daʼvo buyuk ikki tilli shoir va poligraf (fors va turk) Alisher Navoiy (1501-yilda Hirotda vafot etgan) yozuvchi bilan tasdiqlanadi. sheʼrlar va qoʻshiqlar muallifi, u aslida ikki tilning kuchli va zaif tomonlarini taqqoslaydigan mashhur risola tufayli. Bobur (1530-yilda vafot etgan), 1494-yilda taxtga oʻtirgan hukmdor va Temurning nabirasi mashhur „Boburnoma“ kundaligi uchun masʼul boʻlib, unda shaxsiy taassurotlar va kechinmalar fath korxonalari, ayniqsa, bosib olingan voqealar haqida hikoya qilinadi. Mugʻallar imperiyasining asoslarini qoʻyadigan hind kampaniyasi bilan bogʻliq boʻlganlar. Biroq oʻshandan beri Oʻrta Osiyo turk yozuvchilari orasida ikki tillilik keng tarqalgan. 19-asrdan boshlab Oʻzbekiston hududini oʻz suverenitetiga boʻysundiruvchi chor Rossiyasi vositachiligida Yevropa madaniyati bilan izchil tanishish boshlandi.

XX asr birinchi yarmining koʻzga koʻringan namoyandasi shoir Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889–1929) edi.

Abu Bakr Muhammad ibn Ismoil Kaffol Shoshiy yoki Hazrati Imom Toshkent maqbarasi

Shoʻrolar davrida arab alifbosidan kirill alifbosiga oʻtish sodir boʻlganda, oʻzbek turk tilidagi adabiyotning ustunligi izchil tasdiqlandi; ammo tojiklarning salmoqli shaxsiy ozligi fors adabiy anʼanasi mashʼalini yonib turishda davom etmoqda. Estetik va tematik jihatdan sovet davri oʻzbek adabiyoti „sotsialistik realizm“ va sanʼatning „milliy shakllari“ taqozosi bilan, albatta; koʻpgina yozuvchilar ham rus tilida ijod qiladilar. Yaqinda qayta tiklangan mustaqillik bilan, SSSR parchalanganidan soʻng, rus madaniyatidan uzoqlashishning boshqa murakkab dinamikasi va bir tomondan islom anʼanalari bilan, bir tomondan Panturko folklor-madaniy merosi bilan aloqani zamonaviy mustahkamlash. harakatga keltirildi.boshqa. Birinchi oʻzgarishlardan biri 1991-yilda Stalin tomonidan 1940-yilda taqiqlangan lotin alifbosining qayta kiritilishi edi, ammo kirill alifbosi hali ham eng keng tarqalgan alifbo boʻlib qolmoqda. Mustaqillikka oʻtish esa, aksincha, badiiy soʻz erkinligini oshirishni anglatmaydi, buni rasmiylar tomonidan taqiqlangan „Temir yoʻl“ (2006) satirik romani muallifi, yozuvchi Hamid Ismoilovning timsoli koʻrsatib turibdi.

Musiqasi

Oʻzbek xalqining cholgʻu asbobi rubobdir. Timiy anʼanaviy musiqa va raqs lazgilar bilan ifodalanadi[42]. 21-asrda nom qozongan oʻzbek xonandalari orasida Shahzoda alohida ajralib turadi.

Sanʼat

Samarqand shahridagi Registon maydonidagi uchta madrasa

Oʻzbek hududining islomgacha boʻlgan sanʼati oʻsha hududda paydo boʻlgan buyuk tarixiy-madaniy tuzilmalar: Ahamoniylar, Yunon-Baqtriyalar, Parfiyalar, Sosoniylar sanʼati tarixida belgilanishi kerak. Zamonaviy oʻzbek sanʼati islom sanʼatining buyuk anʼanalarining bir qismi boʻlib, unga XIX asrdan boshlab Gʻarb oqimlari taʼsiri, avvalambor, rus chorizmi, keyinroq esa sovet madaniyati vositachiligida (sotsialistik realizm) bosqichma-bosqich qoʻshilgan.

Fan

Taxminan 780 yilda olim Muhammad al-Xorazmiy Xorazmda yoki hozirgi Xorazm viloyatida tugʻilgan. U matematika, astronomiya va geografiyaga katta hissa qoʻshgan. Algebra soʻzi uning birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarning yechimiga bagʻishlangan „Kitob al-jabr va-l-muqobala“ kitobi nomidan olingan. Algoritm soʻzi uning nomining lotincha transkripsiyasidan boshqa narsa emas.

Taxminan 980-yilda oʻsha paytda Somoniylar saltanatining bir qismi boʻlgan Buxoro viloyatining Afshona shahrida faylasuf Avitsenna (Ibn Sino) dunyoga keldi.

Galereya

Manbalar

  1. „Oʻzbekistonda doimiy aholi sonining jinsi boʻyicha tarkibi maʼlum qilindi“. stat.uz (22/04/2024). Qaraldi: 25-noyabr.
  2. https://stat.uz/uz/
  3. „Госкомстат подсчитал население Узбекистана“. Взгляд.uz. Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  4. „Asosiy demografik ko’rsatkichlar“ (Uzbek). Stat.uz (5-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
  5. „Численность населения Узбекистана превысила 30 млн. человек“ (Russian). Uzreport.com (5-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2013-yil.
  6. 6,0 6,1 YouTube logotipi Maxsus brifing (UzreportTV)(oʻzb.)
  7. 7,0 7,1 „World Economic Outlook Database, October 2019“. IMF.org. International Monetary Fund (15-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2019-yil.
  8. 8,0 8,1 8,2 Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : Svedeniya o Respublike Uzbekistan (Wayback Machine saytida 6-fevral 2011-yil sanasida arxivlangan)
  9. Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : Informatsionnaya slujba Goskomstata : Demograficheskie dannie – Novosti GKS (Wayback Machine saytida 9-avgust 2013-yil sanasida arxivlangan)
  10. „2008 Country Reports on Human Rights Practices“. ARCHIVED. Qaraldi: 6-aprel 2024-yil.
  11. Usama ibn Munkiz. Kniga nazidaniya. per. Yu. I. Krachkovskogo. M. Izd-vo vostochnoy literaturi, 1958, c.134
  12. Rashid ad-din. Sbornik letopisey. T.1., kn.1. M., 1952
  13. Shixab addin Muxammad an-Nasavi. Jizneopisanie sultana Djalaladdina Mankburni. Izdanie krit. teksta, perevod s arabskogo, predislovie, kommentariy, primechaniya i ukazateli Z. M. Buniyatova. M.., 1996, c.259
  14. Ermatov M., Etnogenez i formirovanie predkov uzbekskogo naroda. Tashkent: Uzbekistan, 1968
  15. Istoriia narodov Uzbekistana, III, Toshkent, 1993, 39-bet
  16. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. Yigirma tomlik. Oʻn birinchi tom. Xamsa. Saddi Iskandariy. – Toshkent, 1993. 189 bet
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 Lubin, Nancy „Uzbekistan“, . Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkmenistan, and Uzbekistan: Country Studies Glenn E. Curtis: . Washington, DC: Federal Research Division, Library of Congress, 1997 — 385–6-bet. ISBN 9780844409382. 
  18. Davidovich, E.A. „The Karakhanids (Chapter 6)“, . History of civilizations of Central Asia. Vol. 4.1 The age of achievement: A.D. 750 to the end of the fifteenth century, pt. 1, the historical, social and economic setting M.S. Asimov; Clifford Edmund Bosworth: . UNESCO Publishing, 1998 — 119–44-bet. ISBN 92-3-103467-7. 
  19. 19,0 19,1 19,2 19,3 Lubin, Nancy „Uzbekistan“, . Kazakhstan, Kyrgyzstan, Tajikistan, Turkmenistan, and Uzbekistan: Country Studies Glenn E. Curtis: . Washington, DC: Federal Research Division, Library of Congress, 1997 — 389–90-bet. ISBN 9780844409382. 
  20. Sicker, Martin. The Islamic World in Ascendancy: From the Arab Conquests to the Siege of Vienna. Greenwood Publishing Group, 2000 — 154-bet. ISBN 0-275-96892-8. 
  21. Totten, Samuel and Bartrop, Paul Robert. Dictionary of Genocide: A-L. ABC-CLIO, 2008 — 422-bet. ISBN 0313346429. 
  22. Hakim Syed Zillur Rahman. Medical Links between India & Uzbekistan in Medieval Times. 
  23. Historical and Cultural Links between India & Uzbekistan. Patna: Khuda Bakhsh Oriental Library — 353–381-bet. 
  24. Shlapentokh, Vladimir; Sendich, Munir; Payin, Emil. The New Russian Diaspora: Russian Minorities in the Former Soviet Republics. M.E. Sharpe, 1994 — 108-bet. ISBN 1-56324-335-0. 
  25. Chahryar Adle, Madhavan K. Palat, Anara Tabyshalieva. Towards the Contemporary Period: From the Mid-nineteenth to the End of the Twentieth Century. UNESCO, 2005 — 232-bet. ISBN 9231039857. 
  26. The Russian Conquest Uzbekistan: A Country Study. Washington: GPO for the Library of Congress, 1996
  27. „Uzbekistan: West Accused Of Memory Failure Over Andijon Bloodshed“. Radio Free Europe / Radio Liberty (2011-yil 11-fevral).
  28. „How the Andijan killings unfolded“ (inglizcha). BBC News (2011-yil 13-fevral).
  29. „Obituary: Uzbekistan President Islam Karimov“. BBC News.
  30. „Uzbekistan elects Shavkat Mirziyoyev as president“. The Guardian.
  31. (Inglizcha) Mindat.org Muruntau Mine, Muruntau ore field, Zarafshan, Central Kyzylkum Region, Kyzylkum Desert, Uzbekistan
  32. (Inglizcha) Mining weekly Muruntau mine, Uzbekistan (Wayback Machine saytida 2022-08-09 sanasida arxivlangan)
  33. Davlat statistika qo'mitasi „O‘zbekistonning 100 yillik demografik ko‘rsatkichlari ma’lum qilindi“. Kunuz. Qaraldi: 6-yanvar 2023-yil.
  34. „DAVLAT STATISTIKA QO`MITASI“ (oʻzbekcha). Qaraldi: 25-noyabr.
  35. https://kun.uz/uz/news/2022/07/28/ozbekistonning-demografik-korsatkichlari-elon-qilindi
  36. https://t.me/statistika_rasmiy/2498
  37. www.gov.uz, 17-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 14-aprel 2008-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  38. Oʻzbekiston jahonning qudratli armiyalari reytingida Qozogʻistonni 32 oʻringa ortda qoldirdi, 21-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 10-dekabr 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  39. Countries Ranked by Military Strength (2015)
  40. Uzbekistan Military Strength
  41. Oʻzbekiston jahonning eng qudratli armiyalari reytingida 48-oʻrinni egalladi, 17-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 10-dekabr 2015-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  42. https://www.tourstouzbekistan.com/it/musical-instruments.html

Havolalar