[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

tip

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tip

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

yun. typos — iz, belgi; shakl, na-muna

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Muayyan bir tur (guruh)dagi nar-salarning muhim belgilarga ega boʻlgan na-munasi, shakli, modeli. ◆ Bizning vazifamiz — choʻlda shahar tipidagi posyolkalar qurish, obod qishloq barpo etish. "Oʻzbekiston qoʻ-riqlari" . ◆ Tuproqlar shoʻrlanish tipiga koʻra, asosan, xlor-sulfatli, baʼzan sulfat-xlorli boʻladi. "Fan va turmush" .

2 biol. Hayvonlar sistematikasida: kelib chiqishi jihatidan oʻzaro qarindosh, yagona tuzilish shakliga ega boʻlgan hayvon-lar sinflarini birlashtiradigan oliy sistematik kategoriyalardan biri. ◆ Boʻgʻim-oyogʻ^xilar tipi.

3 Ijtimoiy, kasbiy, axloqiy va b. bel-gilarning umumiyligiga koʻra birlasha-digan kishilarning yorqin vakili. ◆ Kamtar, ijtimoiy tadbirkor — ilgʻor kishilar, xalq vakili sifatida, ijtimoiy taraqqiyotga ulkan hissa qoʻshgan yangi tipdagi odamlar-dir. N. Safarov, „Olovli izlar“ .

4 Adabiyot va sanʼatda: bir turdagi kishilarning xarakterli, umumlashma belgi-xususiyatlarini aks ettiradigan, mujassam-lashtiradigan obraz. ◆ Temaning qahramoni qilib olingan tipning, mehnatni sanʼat darajasiga koʻtara olgan odam ning xarak-terini boʻrttirib bera olish kerak. N. Safarov, „Olovli izlar“ . ◆ Oʻzbek prozasida pro-totipdan adabiy tip yaratishning rang-barang koʻrinishlari bor. "OʻTA" .

5 s. t. Oʻziga xos (koʻpincha salbiy) xusu-siyatga ega boʻlgan odam. ◆ Mana bu tipga otni ber desam, bermadi. Meni tutib soʻkdi. T. Murod, „Ot kishnagan oqshom“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТИП. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tip
1 тип; ◆ yangi tipdagi mashinalar машины нового типа; ◆ bir tipda qurilgan uylar типовые дома; ◆ tiplarga ayirish типизация;
2 лит. тип, образ.