Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
Ishga tushgan sanasi | 1985 |
---|---|
Joylashuvi | Tehron, Eron |
Vebsayti | www.eco.int |
Til(lar)i | ingliz tili |
ECO Map.png va Economic Cooperation Organization.png |
Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) (inglizcha: Economic Cooperation Organization) — aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi boʻyicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. ITH Islom konferensiyasi tashkiloti va BMTda kuzatuvchi statusiga ega.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]IHT 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan "Mintaqaviy Hamkorlikni Rivojlantirish" nomi bilan tuzilgan. Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1985-yilda "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti" nomi bilan qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. 1992-yilning 28-noyabrida Pokiston poytaxti Islomobod shahrida aʼzo davlatlar Tashqi Ishlar Vazirlari kengashining favqulodda yigʻlishida Afgʻoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlari IHTga aʼzo boʻldilar. Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish, har bir aʼzo davlatda iqtisodiy oʻsish va aholining turmush darajasini koʻtarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aʼzo davlatlarning maʼnaviy va madaniy aloqalarini kuchaytirish va boshqa maqsadlarni koʻzda tutadi.
2023-yil 9-noyabr kuni Toshkent shahrida “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti bo‘lib o‘tdi.[1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov va IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etdi.[2]
Tashkilot organlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashkilotning asosiy organlari: Tashqi Ishlar Vazirlarining Kengashi, Doimiy vakillar va mintaqaviy rejalashtirish kengashlari hamda kotibiyatdan iborat. IHT kotibiyatini Bosh Kotib boshqaradi. Kotibiyat 6 ta maxsus direktorat (savdo, transport va kommunikatsiyalar, energetika, mineral resurslar va atrof muhitni himoya qilish, sanoat va qoʻshma korxonalar, iqtisodiy tadqiqotlar va statistika, loyihaviy tadqiqotlar)dan iborat. IHTning mintaqaviy muassasalari: kemachilik kompaniyasi, "EKOEYR" aviakompaniyasi, savdo va rivojlanish banki, qayta sugʻurtalash kompaniyasi, madaniyat instituti, fan fondi va taʼlim institutidan iborat.
Aʼzo davlatlar boshliqlari, Hukumat raislari, Delegatsiyalarining eng muhim iqtisodiy va boshqa masalalar boʻyicha yigʻilish va uchrashuvlari muntazam oʻtkazib turiladi. Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlarining 6-uchrashuvi Tehronda oʻtdi (2000-yil, 9—10-iyul). Tashkilot idorasi Eron poytaxti Tehronda joylashgan.
Aʼzo davlatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Afgʻoniston
- Eron
- Ozarbayjon
- Pokiston
- Qirgʻiziston
- Qozogʻiston
- Tojikiston
- Turkiya
- Turkmaniston
- Oʻzbekiston[3]
Sammitlar va Bosh kotiblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammitlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sammitlar va mezbon davlatlar | |||
---|---|---|---|
Sammit | Sana | Davlat | Shahar |
1-chi | Fevral 16-17, 1992 | Eron | Tehron |
2-chi | 6-7-may 1993-yil | Turkiya | Istanbul |
3-chi | 14-15-may 1995-yil | Pokiston | Islomobod |
4-chi | 14-may 1996-yil | Turkmaniston | Ashxobod |
Favqulodda | 14-may 1997-yil | Turkmaniston | Ashxobod |
5-chi | 11-may 1998-yil | Qozogʻiston | Olmota |
6-chi | 10 Iyun 2000 | Eron | Tehron |
7-chi | 14 Oktabr 2002 | Turkiya | Istanbul |
8-chi | 14 Sentabr 2004 | Tojikiston | Dushanbe |
9-chi | 5-may 2006-yil | Ozarbayjon | Baku |
10-chi | 11 Mart 2009 | Eron | Tehron |
11-chi | 23 Dekabr 2010 | Turkiya | Istanbul |
12-chi | 16 Oktabr 2012 | Ozarbayjon | Baku |
13-chi | 1 Mart 2017 [4][5] | Pokiston | Islomobod |
14-chi | 4-mart 2021 | Turkiya | Virtual |
15-chi | 28-noyabr 2021-yil | Turkmaniston | Ashxobod |
16-chi | 8-9 noyabr 2023-yil[6] | Oʻzbekiston | Toshkent |
Bosh kotiblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Ismi | Millati | Davri |
---|---|---|---|
1 | Alirizo Saloriy[7] | 1988 - 1992 | |
2 | Shamshod Ahmad | 1992 - 1996 | |
3 | Önder Özar | 1996 - 2000 | |
4 | Abdulrahim Kavahiy | 2000 - 2002 | |
5 | Sayad Mujtaba Arastu | 2002 - 2003 | |
6 | Bekjassar Norboyev | 2003 - 2004 | |
7 | Asxat Orazbay | 2004 - 2006 | |
8 | Xurshid Anvar | 2006 - 2009 | |
9 | Yahyo Marufi | 2009 - 2012 | |
10 | Shomil Alaskerov | 2012 - 2015 | |
11 | Halil İbrahim Akça | Avgust 2015 - Avgust 2018 | |
12 | Hadi Suleymanpur | Avgust 2018 - Avgust 2021 | |
13 | Khusrav Noziri | Tojikiston | Avgust 2021 - Hozirgacha |
manba | 1. Koyibiyat (Wayback Machine saytida 2018-12-24 sanasida arxivlangan)
2. IHT sayti ma'lumotlari |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy web-sayti“.
- ↑ „O'zbekiston Respublikasi prezidentining rasmiy web-sayti“.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2017-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun. (Wayback Machine saytida 2017-02-28 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Pakistan to host 13-chi IHT sammiti in Islamabad next week“. Dawn (25-fevral 2017-yil). 2017-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2017-yil.
- ↑ „8-noyabrdan 10-noyabrgacha Toshkentning qator markaziy ko‘chalari yopiladi“ (2004-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2004-yil 23-noyabr.
- ↑ „ECO Secretary Generals“. Ecosecretariat.org. 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-fevral. (Wayback Machine saytida 2018-12-24 sanasida arxivlangan)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ECO's Website
- ECO's Cultural Institute
- ECO's Trade and Development Bank
- ECO's Trade promotion Unit
- ECO's Post (Wayback Machine saytida 14 February 2015 sanasida arxivlangan)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Oʻzbekiston iqtisodiyoti
- Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
- Turkmaniston iqtisodiyoti
- Tojikiston iqtisodiyoti
- Qirgʻiziston iqtisodiyoti
- Qozogʻiston iqtisodiyoti
- Ozarbayjon iqtisodiyoti
- Xalqaro tashkilotlar
- Eron — Pokiston munosabatlari
- Eron iqtisodiyoti
- Afgʻoniston iqtisodiyoti
- Turkiya iqtisodiyoti
- Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlari
- Tashkilotga oid chala maqolalar