[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Istanbul

Koordinatalari: 41°0′36″N 28°57′37″E / 41.01000°N 28.96028°E / 41.01000; 28.96028
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Istanbul

turkcha: İstanbul
shahar
41°0′36″N 28°57′37″E / 41.01000°N 28.96028°E / 41.01000; 28.96028
Mamlakat Turkiya
Viloyat Istanbul
Hukumat
 • Mer Ekrem İmamoğlu
Asos solingan mil. av. 667
Avvalgi nomlari

330-yilgacha — Vizantiya
450-yilgacha Yangi Rim

1453-yilgacha — Konstantinopol
Maydon 5,343 km2 (2,063 kv mi)
Markazi balandligi 100 m
Rasmiy til(lar)i turk tili
Aholisi
 (2012)
il — 13 854 740 kishi (2 012)[1]
shahar — 6 536 862 kishi (2 011)[2]
Zichligi 2480,9 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Telefon kodi +90 212 (Yevropa)
+90 216 (Osiyo)
Pochta indeks(lar)i 34010-34850
80000-81800
Avtomobil kodi 34
Istanbul xaritada
Istanbul
Istanbul

IstanbulTurkiyadagi eng katta shahar, Istanbul Turkiyaning 81 viloyatidan biridir. Aholisi 16 214 000 kishi (2022-yil). Istanbul Marmar (Marmara) dengizi va Bosfor boʻgʻozining past-baland sohillarida joylashgan. Boʻgʻoz shaharni ikkiga — Osiyo va Yevropa qismiga boʻlib turadi. Yevropa qismi Oltin Shox ( Haliç ) qoʻltigʻi sohillarida joylashgan. 1970—72 yillarda Bosfor boʻgʻoziga Istanbulning har ikkala qismini birlashtiradigan koʻprik qurilgan. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqdimi, yanvarning oʻrtacha harorati 5,2 °C, avgustniki 23,6 °C, oʻrtacha yillik yogʻin 633 mm.[3]

Istanbulga mil. av. 660 yilda Vizantii shahri sifatida asos solingan. 330-yildan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atalgan[4][5]. 395-yilgacha Rim imperiyasi tarkibida, 395—1453-yillar Vizantiya poytaxti. 1453-yilda Istanbul turklar tasarrufiga oʻtgan va Usmonli turklar saltanatining poytaxtiga aylantirilgan; oʻsha vaqtdan shahar Istanbul deb atala boshladi. Usmonli turklar saltanatining kuchsizlanganidan foydalanib, 18-asr oxiridan Yevropa davlatlari shaharni va boʻgʻozlarnivbosib olishga harakat qilib keldilar. Turkiyaning birinchi jahon urushida harbiy qudrati kamaygach, Istanbulni Antanta davlatlarining qurolli kuchlari bosib oldi. 1923-yilda shahar bosqinchilardan ozod qilindi va oʻsha yilning oktabrda Turkiya poytaxti Istanbuldan Anqaraga koʻchirildi.

Shahar qulay geografik oʻrinda joylashgan. Istanbul — mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakat sanoatining 60% i Istanbulda joylashgan. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik, yogʻochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik, sement, koʻn poyabzal, tikuvchilik, harbiy va boshqa sanoat korxonalari, milliy va’chet el savdo firmalari, kompaniyalar, banklar, birjalar bor. Hunarmandchilik (yogʻoch, metall, teridan turli buyumlar yasaladi) rivojlangan. Turkiyadagi barcha savdo operatsiyalarining yarmi Istanbulga toʻgʻri keladi.

Transport yoʻllari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Istanbul — dengiz, quruqlik va havo yoʻllarining tuguni. Turkiyaning asosiy porti. Bu yerdan xalqaro kema yoʻllari oʻtgan. Temir yoʻl orqali Yevropadagi koʻpgina poytaxt shaharlar va mamlakatning ichki rayonlari bilan bogʻlangan. Bosfor boʻgʻozi orqali Istanbulning har ikki tomoniga yoʻlovchilar tashuvchi kemalar va yuk paromlari oʻtib turadi. Xalqaro aeroport bor.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharni, ayniqsa, uning qadimgi qismini 500 ga yaqin masjid, shuningdek, ibodatxonalar, saroylar, favvoralar va oʻrta asrlarda qurilgan hamda yangi davrga oid meʼmoriy inshootlar (mudofaa devorlari, ippodrom, saroylar, Ayo Sofiya ibodatxonasi, oʻrta asr masjidlari va 15—16-asr saroy binolari) bezab turadi. Shaharga turistlar koʻp keladi. 3 ta universitet, institutlar, Badiiy akademiya, Iqtisodiyot va savdo akademiyasi, muzeylar, kutubxona, opera va boshqa teatrlar bor.[6]

  1. „The Results of Address Based Population Registration System, 2012“. The Turkish Statistical Institute (28 января 2013 г.). 2013-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 января 2013 г..
  2. „Büyükşehir belediyeleri ve bağlı belediyelerin nüfusları — 2011 Население илов (провинций) и ильче (районов-муниципалитетов)“. ADRESE DAYALI NÜFUS KAYIT SİSTEMİ (ADNKS) VERİ TABANI. TÜRKİYE İSTATİSTİK KURUMU (Турецкий институт статистики) (2011). 2012-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2012-yil. (WebCite saytida 2012-08-04 sanasida arxivlangan)(turk.)
  3. World Weather Information Service — Istanbul
  4. (turk.) „İstanbul Bölge Müdürlüğü'ne Bağlı İstasyonlarda Ölçülen Ekstrem Değerler (Extreme Values Measured in Istanbul Regional Directorate)“. Meteor.gov.org. 2012-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27 июля 2010. Page 2 Göztepe (Istanbul) Weather Station Data
  5. Extreme Temperature Records Worldwide — Istanbul, 2007-10-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-03
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil