Dengiz fili (Mirounga) — tyulensimonlar oilasi urugʻi. 2 turi maʼlum. Jan. D. f. (M. leonina) — eng yirik kurakoyoklilardan, uz. 6,5 m gacha, vazni 3,5 t gacha. Erkagi tumshugʻininguchidagi teri xaltasining uz. 40 sm gacha; bezovta boʻlganida 80 sm gacha uzayadi. Yangi tugʻilgan bolasining juni kora, voyaga yetgan davrida — och qoʻngʻir yoki qoʻngʻir. Jan. yarim sharning moʻʼtadil va subantarktida suvlarida yashaydi; mavsumiy migratsiya qiladi. Poligam toʻdasida 20 gacha urgʻochisi boʻladi. Bosh-oyoqli mollyuskalar va baliklar bilan oziqlanadi. 20-asr boshida koʻp ovlanganligi sababli soni kamayib ketgan. Muhofaza choralari koʻrilishi tufayli soni bir necha yuz mingga yetgan. Shim. D.f. (M. angustirostris)ning umumiy tuzilishi va biologiyasi jan. D. f. ga oʻxshash. Meksika va Jan. Kaliforniya sohillari yaqinida uchraydi, soni 20 mingga yaqin, muhofaza qilinadi (yana q. Tyulene imonlar).