[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Akveduk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akveduk (lotincha aqua — suv va dico — eltaman), suv oʻtkazgich-koʻprik — jar, dara, daryo, yoʻl ustidan oʻtkaziladigan nov yoki quvurdan iborat koʻpriksimon, estakada koʻrinishidagi suv oʻtkazuvchi inshoot. Oʻtkaziladigan joyning uzunli-gi va chuqurligiga qarab, yogʻoch, temir-beton, tosh, beton va metalldan quriladi. Oʻzbekistonda qadim zamonlardan buyon akveduklar yogʻoch va toshdan qurilib kelingan. Mas, VIII asr oxiri — IX asr boshlarida Afrosiyobni suv bilan taʼminlash maqsadida pishiq gʻishtdan Akveduk qurilgan (qarang Joʻyi arziz)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil