[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

vaj

Vikilug‘atdan olingan

Mojarcha (hu)

saryogʻ

Oʻzbekcha (uz)

vaj I

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

vaj

Aytilishi

Etimologiyasi

\a. j — yuz, chehra; tomon; sabab, asos

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Biror narsa, hodisa va shu kabilarni keltirib chiqaruvchi asos; sabab.◆  Koʻktemirni qoʻshib chala oʻlik qiyatni.. doʻxtirga yubor-ganing vajini endi bsh1dim, ablah.'A. Muxtor, „Qoraqalpoq qissasi“ .◆  Menga aytgin yigʻla-ganing vajini, Ne sababdan bunday oʻksib yigʻlaysan9 [[w: "Bahrom va Gulandom"| "Bahrom va Gulandom"]] .

2 Ish-harakat, hodisa va shu kabilarni oqlash uchun koʻrsatiladigan, keltiriladigan sabab, asos; bahona.◆  Dangasaning vaji koʻp, ohangsizning — avji. Maqol . n◆  Bshib, koʻrib turib.. oʻzini oqlashga vaj qidiryapti. S. Nurov, „Narvoy“ .◆  Yshning oxirida mshiion-million ajratilgan mablagʻ foydalanmay qolib ketadi. Ungayam vaj topib beradilar. S. Karomatov, „Soʻnggi barxan“ .

Vaj qilmoq Sabab qilib koʻrsatmoq, bahona qilmoq.◆  Chavandoz aiakshshar bilan maslahatlashib olishni vaj qilib, sprav-kani paysalga soldi. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa“ .

3 Biror narsaga taalluk,pi jihat, tomon. ◆ -Qorin vaji uncha maqtarli emas.. — dedi

Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola.◆  Ammo mendan soʻrasang, Margʻilondagi na qudamiz va na kelinimizni hech bir vaj bilan kamsita olmayman, balki bizga quda boʻlmoqqa eng muvofiq kishilar edi, ba/gli, oʻgʻlim, deyman. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Sinonimlari

Antonimlari

vaj II

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

vaj

Aytilishi

Etimologiyasi

\a. j — xizmat haqi, badal

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

Muayyan maqsadga moʻljallangan narsa.◆  Deh-qon yoki bogʻbon bozorga olib kelgan vajini koʻtarasiga naridan-beri sotadi-yu, kam-koʻs-tini xarid qilib, tirikchiligiga shoshiladi. K. Yashin, „Hamza“ .

Sinonimlari

Antonimlari

ВАЖ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

vaj
повод, причина, основание, мотивировка; отговорка; ◆ shu vajdan по этой причине, в силу этого, поэтому; ◆ Qorin vaji uncha maqtanarli emas (Ѓ. Ѓулом, «Шум бола») В отношении желудка положение не особенно похвально (т. е. я не особенно сыт); ◆ vajidan в отношении, в смысле; ◆ pul vajidan tashvish tortmang в отношении денег не беспокойтесь; ◆ vaj qilmoq выставлять (что-л.) причиной, отговариваться (чем-л.); ◆ vaqt yoʻqlikni vaj qilib koʻrsatmoq ссылаться на отсутствие времени; ◆ vaj topmoq находить повод, причину; отговариваться.

Mojarcha (hu)

saryogʻ