[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tampa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TampaAQShning janubi-sharqiy qismidagi shahar, Florida shtatida. Aholisi 303,4 ming kishi (2000). Meksika qoʻltigʻi sohilidagi port, chetga, asosan, fosforitlar, sitrus mevalar chiqariladi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat va savdomoliya markazlaridan. Oziq-ovqat, kimyo, poligrafiya, metallurgiya, metallsozlik, kemasozlik, radioelektronika sanoatlari korxonalari, 2 universitet bor. Iqlim kurorti. Turizm rivojlangan. Tampa yaqinidan fosforit qazib olinadi.