[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya
Simple English Wikipedia
Vikipediya logosi
Web-manzil simple.wikipedia.org
Interwiki Bosh sahifa
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Asos solingan sana 2004-yil
Maqolalar soni 260 523
Egasi Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya (inglizcha: Simple English Wikipedia) — Inglizcha Vikipediyani tushunishi mushkul boʻlgan foydalanuvchilar uchun moʻljallangan Vikipediya boʻlimi. Bu til boʻlimi bilan ishlash uchun ingliz tilining asosiy qoidalarini bilsa shuning oʻzi kifoya.

Bu Vikipediya boʻlimi eng avval ingliz tilini yangidan oʻrganayapganlarga moʻljallangan boʻlib, dars yuzasidan foydalanishi mumkin. Shuningdek soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya kichkina bolalarga uyga vazifasini bajarish uchun yoki qoʻshimcha maktabdaan tashqari oʻqishi uchun foydalidir[1]. Vikipediyaning bu boʻlimidagi maqolalar Inglizcha Vikipediyaning maqolalarining juda soddalashtirilgan va qisqartilgan naʼmunalari boʻlib hisoblanadi. Uning maqolalari Inglizcha Vikipediya bilan taqqoslaganda soʻzlarning kam miqdorini va soddalashtirilgan grammatikani foydalanadi. Shuningdek Vikipediyaning bu boʻlimi Inglizcha Vikipediyaga qaraganda boshqa maqsadlarni koʻzlaydi.

Vikipediyaning bu boʻlimining tashkil topishi qarshiliklarga duchor boʻldi — alohida „soddalashtirilgan ingliz tili“ yoʻq, biroq Vikipediya foydalanuvchilarining munozarasidan soʻng, bu boʻlimni yanada rivojlantirish uchun qaror qabul qilindi[2].

Hozirgi ahvoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 26-noyabr boʻyicha Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediyada 260 523 maqolalar mavjud. 1 527 332 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 1 564 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 16 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 9 881 988. Teranligi (bugun): 60