[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Sharof Rashidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharof Rashidov
 Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi MQning Birinchi Kotibi (11-inchi)
Mansab davri
1959-yil 15-mart – 1983-yil 31-oktyabrgacha
Oʻtmishdoshi Sobir Kamolov
Vorisi Inomjon Usmonxoʻjayev
 Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisi
Mansab davri
1950-yil 21-avgust – 1959-yil 24-martgacha
Oʻtmishdoshi Amin Niyozov
Vorisi Yodgor Nasriddinova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-oktyabr 1917-yil
Jizzax, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 31-oktyabr 1983-yil(1983-10-31)
(66 yoshda)
Ellikqalʼa tumani, Qoraqalpogʻiston ASSR Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi KPSS, 1939-yildan
Turmush oʻrtogʻi Rashidova Xursan Gʻofurovna (1920-2003)
Bolalari qizlari, Sayyora, Dilorom, Gulnora va Svetlana (1952-2021)[1], oʻgʻli Ilhom (Vladimir)
Maʼlumoti Oʻzbekiston Davlat universiteti
Mukofotlari
Oʻroq va bolgʻa medali Oʻroq va bolgʻa medali
Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni
Iftixor Belgisi Ordeni V.I.Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan joriy qilingan medal
1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan Urushida Germaniya ustidan qozonilgan Gʻalaba uchun medal 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan Urushida qozonilgan Gʻalabaning 20 yilligi medali 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan Urushida qozonilgan Gʻalabaning 30 yilligi medali 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan Urushidagi Ulugʻ xizmatlari uchun medal
Mehnat faxriysi medali SSSR Qurolli kuchlarining 50 yilligi medali SSSR Qurolli kuchlarining 60 yilligi medali Lenin mukofoti (1980-yil)

Sharof Rashidovich Rashidov (6-noyabr (24-oktabr eski hisob boʻyicha) 1917 — 31-oktabr 1983) — sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939-yildan KPSS aʼzosi. Jizzax pedagogika texnikumini (1935), Samarqand Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gaz.da masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari va muharrir (1937-41,1943). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941-yil noyabr — 1942). Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944-47), „Qizil Oʻzbekiston“ gazeta muharriri (1947- 49), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949-50). Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (195059). Oʻzbekiston KP MK 1kotibi (1959 83). KPSS MK Siyosiy byurosi (Prezidiumi) aʼzoligiga nomzod (1961-83). 2 marta Mehnat Qahramoni (1974, 1977).

Rashidov adabiyotga shoir sifatida kirib keldi va 1yirik asari — „Chegarachi“ dostoni 1937-yilda nashr qilindi. Fashizmga qarshi kurash tuygʻulari bilan sugorilgan „Qaxrim“ sheʼrlar toʻplami 1945-yilda chop etildi. Rashidov davrning muhim hisoblangan muammolaridan biri — qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuida „Gʻoliblar“ qissasini (1953) yozdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida front orqasida qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bagʻishlangan „Boʻrondan kuchli“ (1958) va „Qudratli toʻlqin“ (1964), „Gʻoliblar“ (1972) romanlarini yaratdi. Rashidov xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan voqealarni davlat va partiya arbobi sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan koʻra gʻoyaviylik tamoyiliga koʻproq eʼtibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan „Kashmir qoʻshigʻi“ lirik qissasi (1956) Rashidov ijodida alohida oʻrinni egallaydi.

Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xoʻjaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi. Rashidov vafotidan soʻng Markaz tomonidan totalitar tuzumning barcha kirdikorlari unga yuklanib, 80-yillar qatagʻonida nohaq qoralandi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Rashidovning nomi oqlandi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Rashidov Toshkentdagi Xalqlar Doʻstligi saroyi meʼmoriy majmuasi uchun qurilish gʻoyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan soʻng Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan (1994). Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi koʻchalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Jizzaxda Rashidov haykali va muzeyi bor. „Chigʻatoy“ qabristoniga dafn etilgan.[2]

Rashidov siyosatga qadar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sharof Rashidov Oktabr inqilobidan bir kun oldin Jizzaxda, dehqon oilasida dunyoga kelgan.

Samarqanddagi Oʻzbek Davlat Universitetining filoligiya fakultetini (1941), BKP (b) MK qoshidagi Butunittifoq Partiya Maktabini (BPM) (1948, sirtqi) bitirgan. Jizzax pedagogik texnikumini bitirgan. 1935-yildan oʻrta maktabda oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. 1937-41-yillarda Samarqand viloyatining „Lenin yoʻli“ gazetasida maʼsul kotib, maʼsul muharrir oʻrinbosari, gazeta muharriri lavozimlarida ishlagan.

1941-42-yillarda Sovet Armiyasi tarkibida Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Oʻzbekistonga sovet-olmon frontining yaradorlari bilan qaytgan. 1943-44-yillarda „Lenin yoʻli“ gazetasida muharrir. 1944-47-yillarda Oʻzbekiston KP(b) Samarqand viloyati qoʻmitasi kotibi. 1947-49-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ respublika gazetasida maʼsul muharrir.

Rashidov siyosiy arbob sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949—1950-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. 1950-1959-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSP Oliy Sovet Prezidiumi raisi oʻrinbosari. 1959-yil mart oyidan Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi. U 1937—1938-yillardagi Oʻzbekiston ziyolilari vakillarining (begunoh mahkumlarni) reabilitatsiya qilish tashabbusi bilan chiqqan. KPSS XIX-XXIV syezdlari delegati; 1956-yildan MK aʼzoligiga nomzod, 1961-yildan KPSS MK aʼzosi. Sharof Rashidov 1960-yillardan boshlab xalqaro siyosat maydonida chiqishlar qila boshladi. 1962-yilda Kuba inqirozi paytida u Fidel Kastro bilan muzokaralarda sovet delegatsiyasiga rahbarlik qildi. 1961-yildan MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, 1966-yil aprelidan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi MK Siyosiy burosi aʼzoligiga nomzod. 1966-yil apreldan KPSS Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod. III-X chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati. 1970-yildan SSSR Oliy Soveti Prezidiumi aʼzosi. 1966-yilda Toshkentda A.Kosigin vositachiligida Hindiston Bosh vaziri L.Shastri va Pokiston Prezidenti Muhammad Ayubxon o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu muzokaralarni tayyorlashda Sharof Rashidov ham ishtirok etgan[3].

Ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlangan. 1994-yilda Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berilgan[4].

Rashidov davrida Oʻzbekistonda sanoatning rivojlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rashidovning nomi uning rahbarligi davrida sodir boʻlgan mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi bilan bogʻliq. Sharof Rashidov davrida bartilgan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi dunyodagi eng yirik beshta aviatsiya korxonalaridan biriga aylandi. Bu yerda yiliga 60 dan ortiq yirik samolyotlar ishlab chiqarilgan. Toshkent traktor zavodida yiliga 21 mingdan ortiq traktor, „Tashselmash“da 10 mingdan ortiq paxta terish kombaynlari ishlab chiqarilgan. 1969-yilda Oʻzbekistonda Muruntov oltin koni oʻzlashtirildi, undan yiliga 100 tonna oltin qazib olindi.

Rashidov davrida Oʻzbekiston yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan industrial-agrar respublikaga aylandi, ogʻir sanoat oʻn barobar oʻsdi. Yirik issiqlik elektr stansiyalari (Toshkent, 1971-yildan, Sirdaryo, 1975-yildan, Navoiy, Angren DUKlar) va gidroelektr stansiyalari (Chorvoq, 1972-yildan) qurildi, gaz (Gazli koni, 1961-yildan) va neft qazib olish oʻzlashtirildi. Mashinasozlik sohalari sezilarli darajada (elektrotexnika, radioelektronika, priborsozlik, aviatsiya) rivojlandi[5].

Rashidov davrida O‘zbekistonda madaniyat taraqqiyoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rashidov davrida 1966-yildan boshlab O‘zbekiston poytaxti Toshkent qayta qurildi. Yangi muzeylar, bog‘lar, teatrlar, yodgorliklar barpo etildi. 1970-yilda Samarqandning 2500 yilligi nishonlandi, shu munosabat bilan Samarqandda yirik tadbirlar o‘tkazildi, shahar tarixi muzeyi, opera va balet teatri ochildi. 1977-yilda Oʻrta Osiyoda birinchi marta Toshkentda metro ochildi[6].

1969-yilda Samarqandda temuriylar davri sanʼati tarixiga bagʻishlangan xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi. 1973-yilda mashhur olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1000 yilligi keng nishonlandi, badiiy film suratga olindi.

Oʻzbekistonda Sharof Rashidov rahbarligidagi ilmiy-tadqiqot institutlari soni 1960-yildagi 64 tadan 1980-yillarning boshlarida 100 taga yetdi. Sharof Rashidov tashabbusi bilan Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib Arxeologiya instituti tashkil etilgan.

Rashidov yozuvchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1945-yili Sharof Rashidovning — „Mening nafratim“ nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi. „Gʻoliblar“ povestida (1951) xalqning dehqonchilik yerlari uchun kurashi tasvirlanadi; xuddi shu mavzu „Boʻrondan kuchli“ romanida (1958) ham rivojlantiriladi. 1964 yilda nashr qilingan „Buyuk toʻlqin“ romani sovet jangchilarning Ikkinchi Jahon urushida koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. „Kashmir qoʻshigʻi“ romantik povestida (1956) hind xalqining ozodlik kurashi koʻrsatiladi. 1950-yili Rashidovning publitsistik maqolalaridan iborat „Tarix kelishuvi“ nomli toʻplami, 1967-yili „Doʻstlik ramzi“ nomli kitobi nashrdan chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb muammolariga bagʻishlangan.

Jizzax shahri Sharof Rashidov uy muzeyida saqlanayotgan portreti

Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi. Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati „qoʻshib yozish“ (Sovet Ittifoqida raqamlarning sunʼiy oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Oʻsha „qoʻshib yozishlar“ 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi. Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos „oʻzbek ishi“ degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshligʻi oʻz oʻrnini saqlab qoldi). Gdlyanning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. „Oʻzbek ishi“ natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi.

Rashidov haqida zamondoshlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

V.Boldin (M. Gorbachyov yordamchisi va KPSS MK boʻlim boshligʻi) — Rashidov haqida.

"Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu zahoti oʻziga erk berib yubordi. Oʻzining muvaffaqiyatlarini koʻz-koʻz qilishni boshladi. Eslayman, Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday qilib Oʻzbekiston rahbarining qoʻllarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga, koʻndirishga harakat qilardi: „Bizda yomgʻir bilan qor yogʻdi, hammasi muzlab qolgan. Agar shu ahvolda ham terib oladigan boʻlsak, buni quritishimiz uchun yarim yil ketadi“. Gorbachyov esa: „Baribir koʻproq topshiringlar“. (Kommersant — Vlast, 15 may 2001, 61 bet.).

.

Sharof Rashidov haykali

Qizi Sayyora Rashidova — Oʻzbekiston milliy universiteti qoshidagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi direktori[7], kimyo fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi. 1993 — yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan Fan arbobi“ faxriy unvoni; 1997—yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni; 1999-yilda "Doʻstlik ordeni, „2003-yilda “El-yurt hurmati " ordeni sovrindori. 1995-2015-yillarda Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili lavozimida ishlagan. 100dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan.

Qizi Rashidova Gulnora Sharafovna — tarix fanlari nomzodi. Turmush oʻrtogʻi Abdulaziz Komilov — diplomat, Oʻzbekistonning 1994-2003 va 2012-2022-yillardagi tashqi ishlar vaziri.

Qizi Rashidova Svetlana Sharafovna (1952-2021), tarix fanlari nomzodi. Turmush oʻrtogʻi Alisher Vohidov — diplomat, 1994-2007-yillarda Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili boʻlgan[8].

Oʻgʻli Rashidov Ilhom Sharafovich.

Sharof Rashidov byusti