Sentob
Sentob | |
---|---|
qishloq | |
40°34′0″N 65°41′0″E / 40.56667°N 65.68333°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Navoiy viloyati |
tuman | Nurota tumani |
Aholisi (2023) |
3 000 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Avtomobil kodi | 85 |
|
Sentob — Navoiy viloyatining Nurota tumaniga qarashli qishloq. Tuman markazidan 120 kilometr, Aydarko‘ldan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ham boy[1]. „Sintob“ so‘zi sanskrit tilidan olingan bo‘lib, „katta soy“ degan maʼnoni anglatadi. Aholisi 3000 dan ziyod. Ular asosan tojik tilida gapirishadi[2].
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi farmoni bilan Nurota tumanidagi Sentob qishlog’iga rasman turizm qishlog’i maqomi berilgan. Hududda 15 dan ortiq turistik xizmat yo’lga qo’yilgan. Bu hududni turizm qishlog’iga aylantirish natijasida 200 ga yaqin ishsiz aholi, jumladan, xotin-qizlar doimiy ish o’rinlariga ega bo’ldi. Bugungi kunda qishloqda 30 dan ortiq tadbirkorlik subyekti mavjud. Qishloqqa muntazam ravishda Angliya, Fransiya, Avstriya, Rossiya va boshqa davlatlardan xorijiy sayyohlar oqimi kuzatilmoqda.
Diqqatga sazovor joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloqda Sentob suv ombori, Qadimiy karvonsaroylar, „Xo‘ja Porsho“, „Xo‘ja Maxmad Savrato“ ziyoratgohlari, Zardushtiylik dini oʻchoqlaridan biri boʻlgan qadimiy ibodatxona, „Chashmai ako“ bulog‘i, qadimiy qalʼalar mavjud. Qoya toshlarga ishlangan V-VI asrlarga oid petrogliflar, tog‘ tepasidagi ko‘hna qo‘rg‘on qoldiqlari, XI-XVIII asrlarga oid toshga o‘yilgan yozuvlar hamda qishloqning eng yuqori nuqtasida joylashgan Fozilmon ko‘li qishloqning diqqatga sazovor joylaridandir. Sentob qishlog‘idan 12 km uzoqlikdagi „Qora tog‘“ qoyatoshlarida ko‘plab ko‘hi uslubiga oid arab grafikasidagi yozuvlar, Qurʼon oyatlardan fragmentlar hamda qadimiy qo‘rg‘onlarni uchratish mumkin[3].
Turizm
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yilning mart oyida qishloqqa rasman „turizm qishlogʻi“ maqomi berilgan. Sintobga ilk sayyoh 2006-yilda Niderlandiyadan kelgan. Keyinchalik yevropalik turistlar oqimi kuchaygan. Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyevning maʼlumotiga koʻra qishloqqa muntazam ravishda Angliya, Fransiya, Avstriya, Rossiya va boshqa davlatlardan sayyohlar tashrif buyurishmoqda[4]. Bir oyda qishloqqa 100 — 150 dan ortiq sayyoh tashrif buyuradi[5]. Sentob qishlog‘ida 20 ta oilaviy mehmon uyi va 3 ta hostel faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 15 dan ortiq turistik xizmat yo‘lga qo‘yilgan[6].
Qishloqda 20 ta oilaviy mehmon uyi va 3 ta hostel faoliyat ko’rsatmoqda. Ularga belgilangan standartlar asosida mehmon uylari nomi tushirilgan ko’rsatkichlar o’rnatildi. Ayni damda turizm qishlog’ida 15 dan ortiq turistik xizmat yo’lga qo’yilgan. Turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida qishloqqa olib boruvchi 5 km ichki yo’l ta’mirlandi. Shu bilan birga, tungi yoritish chiroqlari, ikkita piyodalar ko’prigi, ikkita selfi hudud, uchta sanitariya-gigiyena shoxobchasi, Sentob qishlog’ining ramziy kirish stellasi, turistik axborot markazi qurilib, foydalanishga tayyor holatga keltirildi. Tasvirlab bo’lmas toza havo, qushlarning tinimsiz sayrashi, atrofda uchib yuruvchi xonqizilar, kechki shafaq, tog’ jilg’asining shildirashi, gullar ifori, infonlarga xizmat qilayotgan eshaklar, do’stona aholi, kechalari yulduzlarga to’la osmon... ehtimol, bu Nurota tog’laridagi qishloqning diqqatga sazovor jihatlarining bir qismidir. Navoiy viloyatining Nurota tumani markazidan 120 kilometr uzoqda joylashgan Sentob qishlog’ih ududdagi diqqatga sazovor sayyohlik yo’nalishlaridan biridir. Qariyb 3 ming aholi istiqomat qiladigan bu qishloq so’lim tabiati, qadim sivilizasiya maskanlaridan biri ekani bilan doimo mahalliy va xorijlik sayyohlar e’tiborida bo’lib keladi. Sentob qishlog’i o’zining qadim tarixi, madaniy-merosi, o’tmishi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarining bugungi kunga qadar saqlanib qolganligi bilan etnik qishloq bo’lib sanaladi. Sentob qishlog’i Aydar ko’ldan 30 km masofa narida joylashgan bo’lib, shaharg’ala-g’ovuridan charchagan har bir kishi uchun qutqaruv aylanasi o’rnida xizmat qila oladi. Bu joylar turli xil hayvonlar, qushlar va hasharotlarga boy, ulardan ayrimlari Qizil kitobga ham kiritilgan. Shuningdek, flora va faunada yagona bo’lgan namoyandalar ham uchraydi. Qishloq bo’ylab sayr qilarkansiz, noyob va puxta o’ylab qurilgan qadimiy shahar qoldiqlariga tushib qolganday bo’lasiz. Qoyatoshlarga ishlangan V-VI asrlarga oid petrogliflar, tog’ tepasidagi ko’hna qo’rg’on qoldiqlari, XI-XVIII asrlarga oid toshga o’yilgan yozuvlar hamda qishloqning eng yuqori nuqtasidagi Fozilmon ko’li manzaralari mehmonlarni hamisha qiziqtirib keladi. Jumladan Sentob qishlog’idan 12 km uzoqlikdagi “Qoratog’” qoyatoshlarida ko’plab ko’hi uslubdagi arab grafikasidagi yozuvlar, Qur’on oyatlardan fragmentlar hamda qadimiy qo’rg’onlarni ko’plab uchratish mumkin. Sentob qishlog’ida Sentob suv ombori, Qadimiy karvonsaroylar, "Xo’ja Porsho", "Xo’ja Maxmad Savrato" ziyoratgohlari, Zardushtiylik din uchoqlaridan biri qadimiy Ibodatxona, "Chashmai ako" bulog’i, qadimiy qal’alar, mavjud tarixiy obyektlar piktograflar, arab grafikasidagi ko’hi yozuvlari, tog’ toshlaridan qurilgan uylar, o’ziga xos tog’li hudud arxitekturasining saqlanib qolganligi muhim tarixiy ahamiyatga ega. Shuningdek mazkur hududda sayyohlarning mazmunli dam olishlarini ta’minlash maqsadida xonadonlarda hunarmandchilik maskani va kichik muzeylar tashkil etilgan. Sayyohlar uchun umumiy ovqatlanish va yotoqdan tashqari otda, eshakda tog’lar bo’ylab sayohatlarini tashkil etish xizmati xamyo yo’lga qo’yilgan.
Mazkur hududning boshqa viloyatdan farqli jihati ushbu hududdan qarib 20 km.tog’ bo’ylab ko’tarilganda, yayov yurilganda esa to’rt yarim soatlik yo’lda ko’l mavjud. Mazkur ko’l suv sathidan 1650 metr balandlikda (bu esa Eyfel’ minorasidan besh barobarga ko’p degani), tog’ning ustki qismida umumiy maydoni 18 km bo’lgan tabiiy ko’l Fozilmon ko’lining mavjudligi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Navoiy viloyati Nurota tumani Sentob qishlog‘i fotosayohat“. Navoiy Tourism.uz. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2023-yil.
- ↑ „Navoiyning Shveysariyasi. Sintob qishlog‘idan fotoreportaj“. Daryo.uz. Qaraldi: 21-iyun 2023-yil.
- ↑ „Navoiy viloyati Nurota tumani Sentob qishlog‘i fotosayohat“. Navoiy Tourism.uz. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2023-yil.
- ↑ „Sentob sayyohlarning sevimli maskaniga aylanadi“. UzA.uz. Qaraldi: 21-iyun 2023-yil.
- ↑ „Сентоб – райский уголок полный колорита, душевного тепла и гармонии“. nuz.uz. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2023-yil.
- ↑ „Navoiydagi Sentob qishlog‘iga rasman «turizm qishlog‘i» maqomi berildi“. Kun.uz. Qaraldi: 21-iyun 2023-yil.