[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Salar tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salar tili
Milliy nomi Salırça, سالارچا
Mamlakatlar  Xitoy
Rasmiylik holati yoʻq
Mintaqalar Sinxay, Gansu
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 60 000
Tartiblovchi tashkilot yoʻq
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Oʻgʻuz guruhi
Alifbosi lotin, arab
Til kodlari
ISO 639-1 -
ISO 639-2 tut
ISO 639-3 slr

Salar tili — Xitoyning Sinxay va Gansu provinsiyalarida istiqomat qiluvchi salar xalqining tili. XXR-dagi Sinxay provinsiyasining Syunxua-Salar avtonomiya uezida yashovchi turkiy xalqining tili. Salarlarning soni 90 mingdan ziyod, shularning 60 mingi salarcha[1], qolganlari xitoycha gaplashadi. Uzoq vaqt Xitoy, Tibet, Moʻgʻul tilli xalqlarning orasida yashaganlikdan, shu tillardan salar tili tarkibiga koʻplab kirib kelgan.

Salarlar hozirgi kunda yashayotgan eriga 14 asrlarda hozirgi Oʻzbekiston eridan koʻchib kelhan (salar afsona boʻyicha). Salar tili oʻgʻuz tillariga yaqin, biroq hozir boshqa tillarning (tibet, xitoy, v.h.) taʼsiriga uchragan.

1969/70 yıllarda Lotin alifbosi kirib keldi.

А а B b C c Ç ç D d Е е F f G g
Ğ ğ H h I ı İ i J j K k L l M m
N n Ñ ñ O o Ö ö Р р Q q R r S s
Ş ş T t U u Ü ü V v X x Y y Z z

Salor tili — turkiy tillardan biri. XXRning bir qator gʻarbiy viloyatlarida, asosan, Sinxay viloyatining SyunxuaSalor muxtor uyezdida tarkalgan. Soʻzlashuvchilar soni 22 ming kishidan ortiq. Dialektal jihatdan boʻlinishi deyarli sezilmaydi; garbiy, sharqiy va oraliq sheva guruhlari farqlanadi. Tarkibidagi anchagina qad. unsurlar St.ni turkiy tillarning qipchoq guruhi bilan aloqadorligini koʻrsatadi. Qad. oʻgʻuz qatlami bilan qipchoq unsurlari qatlami qoʻshilishi natijasida Salor tilida joʻnalish kelishigi affikslari ikkiga tarmoqlanib (a/e, gʻa/ga), qaratqich va tushum kelishiklari esa bir shaklga (ni) birlashadi, oʻtgan zamon feʼli gʻan va mish shakllariga ega boʻladi. Bunday parallelliklar leksikada ham uchraydi. 14-asr da salorlar Xitoyga koʻchganlaridan keyin Salor tiliga qipchoq tillarining taʼsiri toʻxtab, boshqa tizimdagi tillarining (xitoy, tibet) taʼsiri boshlanadi. Salor tilida 15 — 17-asrlarga mansub diniy va tarixiy mazmundagi asarlar (arab grafikasida) saqlanib qolgan. Hozirgi St. oddiy soʻzlashuv tili hisoblanadi.[2]

  1. Salarskiy yazik v „Ethnologue“
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil