[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Radif

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radif (arab. — ketmaket keluvchi) — Sharqxalqlari, shu jumladan, oʻzbek sheʼriyatida misra yoki bayt oxirida qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi soʻz, ibora, ran. R. bir soʻz (qisqa R.) yoki bir necha soʻz (yoyiq R.)dan iborat boʻlishi mumkin. Bir soʻzli R. koʻproq uchraydi. Sheʼr texnikasi taqozosiga koʻra, R. takrorlanishi emotsional jihatdan lozim va zarurdir. Gʻazalda R. matlaʼdan maqtaʼgacha qofiyadosh suzlardan keyin takrorlansa, masnaviyda bayt doirasidagina keladi. Baʼzan R. qofiyadan oldin, hatto qator boshida keladi. R. qofiya bilan boshqariladigan ohangdoshlikni, tovush uygʻunligini taʼminlashga xizmat qiladi, sheʼrga musiqiylik va ritmik ohang baxsh etadi. Sheʼrning tarjimasida ham R. saqlanib qoladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil