Qorayaloqlar
Qiyofa
Qorayaloqlar - chumchuqsimonlar turkumi avlodi. 63 turi maʼlum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Tanasining uz. 20—25 sm. Yerda sakrab harakatlanadi. Uyasini yakka yoki koloniya boʻlib daraxt, buta, baʼzan yerga quradi. Koʻpincha loy, oʻsimlik bargi, novdasidan uya yasashda foydalanadi. Yiliga 1—2 marta 3 — 7 tadan tuxum qoʻyadi. Hasharotlar, oʻrgimchaklar, chuvalchanglar, mollyuskalar va mevalar bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda 7 turi migratsiya va qishlash davrida uchraydi. 1 turi — qora qorayaloq yoki qorashaqshaq oʻtroq yashaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |