[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Qand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qand, qand moddasi, shakar moddasi — uglevodlar (monosaxaridlar va oligosaxaridlar) sinfining quyi molekulali vakillari. Suvda yaxshi erishi va kristallanishi qand moddasining oʻziga xos xususiyati hisoblanadi. U qaysi manbadan ilk bor olingan boʻlsa, oʻshaning nomi bilan ataladi. Mas, glyukoza — uzum qandi, laktoza — sut qandi, maltoza — solod qandi, saxaroza — shakarqamish yoki lavlagi qandi. Qand moddasi deganda Q boʻlmagan tabiiy va sintetik monosaxaridlar ham tushuniladi. Bunday moddalar odatdagi qand moddasidan oʻziga xos tomonlari bilan ajratadi. Ularning molekulasida gidroksil guruh (—ON) oʻrniga boshqa guruh, mas, vodorod atomi (dezoksisaxar), aminoguruh N11, (aminosaxar), merkaptoguruh §N (tiosaxar) va hokazo boʻladi; tarmoqdangan uglerod skeleti (tarmoqlangan qand moddasi) yoki 7 va undan koʻp atomdan iborat utlerod zanjiriga (yuqori qand moddasi) ega; qoʻshimcha kislorod gutuvchi sikli (angidrosaxar) yoki qoʻshaloq uglerod bogʻi (toʻyinmagan qand moddasi) boʻladi. Mikroorganizmlar turlituman „qand boʻlmagan“ qand moddasiga boy manbadir. Koʻpchilik tabiiy qand moddalarining strukturasi kimyoviy sintez yoʻli bilan aniqlangan.