[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Olaqanot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olaqanot
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Oʻrdaksimonlar
Urugʻ: Botqaldoqlar
Turlari: Olaqanot
Xalqaro ilmiy nomi
Aythya nyroca (Gueldenstadt, 1770)

Olaqanot, yoki oq ko'zli o'rdak [1] ( lotincha: Aythya nyroca) — o‘rdaklar oilasiga mansub qush. Olaqanot o‘z nomini ko‘zlarning rangi uchun olgan – kamalak ko‘zining shilliq pardasi sarg‘ish-oq tusda (uzoqdan oqish ko‘rinadi).

Umumiy tavsif

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oq ko‘zchali olaqanot - 0,4 dan 0,65 kg gacha bo‘lgan o‘rtacha kattalikdagi o‘rdak. Voyaga etgan qushlarning rangi bir xil jigarrang. Juftlashayotgan paytda erkagining qorni va iyagi oqrangda, yon tomonlari jigarrang-malla tusda, tanasining yuqori tomoni, shuningdek, bo‘yning tagi jigarrang. Qanotining orasi oqrangda. Urg‘ochisi rangpar, ko‘zining kamalagi jigarrang.

Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari havzalari (uyalash, ko‘chish, qishlash). O‘zbekistondan tashqarida: Sharqiy Yevropa janubi, Sibir janubi, Xitoy (Sinszyan), Mo‘g‘uliston (uyalash); janubi Gʻarbiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Eron, Pokiston, Hindiston (qishlash).

Oq ko‘zchali o‘rdaklar suv o‘simliklari g‘uj bo‘lib o‘sgan tekislikdagi yirik suv havzalarida yashaydilar. Ular juft yoki kichik guruhlarda yashaydilar. Ular yaxshi va tez uchishadi, suvdan boshqa qora qushlarga qaraganda osonroq uchishadi. Ular suv o‘simliklari, shuningdek, mollyuskalar, suv hasharotlari va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Ular ko‘pincha kechasi ovqatlanadilar. Kamdan-kam hollarda qirg‘oqqa chiqishadi.

Bahorgi uchib o‘tishi – fevral-martda; qirg‘oq bo‘yidagi qamishzorlarda yerga in quradi; may-iyun oyida 6-12 ta tuxum qo‘yadi va 24-25 kun bosib yotadi. Poloponlari avgust-sentyabr oylarida ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o‘tishi – sentyabr-oktyabrda, qishlashi – noyabrdan fevralgacha. Suv o‘simliklari va suvda yashovchi umurtqasizlar bilan oziqlanadi.

1960-yillarda Amudaryo va Sirdaryo havzalarida uchrashi odatiy edi. 2000 yilgacha 3-4 ming donasi uyalagan, 7 mingga yaqini qishlagan. Hozirgi vaqtda 500 tachasi in quradi va qishlaydi. Sudochye ko‘lida 2000-2001 yillarda bir nechtasigina uyalagan. Ko‘chish davrida 204 tagacha kuzatilgan. Ayni paytda kollektorlar hududida 40 ga yaqini uyalasa, kuzgi ko‘chish mavsumida 200 ga yaqini kuzatiladi. Moshanko‘l va Xo‘jako‘lda 40 tagacha uyalaydi, 2000 tagacha uchib o‘tadi. Uchib o‘tishda Shegeko‘l va Makpalko‘lda 9-28 ta qush, Oqsog‘a artezian qudug‘i ko‘lobida 3 ta qush kuzatilgan. Arnasoy ko‘lida 1998-2006 yillarda – odatiy uyalovchi tur. Uyalash tugagandan so‘ng 40-60 tadan galalar hosil qiladi. Tuzkon ko‘lida 300 tagacha qush. Buxoro viloyatida 1998-2015 yillarda To‘dako‘l suv ombori, Hadicha, Yettiko‘l, Dengizko‘l, Zikri ko‘llarida 1-2 juftdan uyalagan. Iyun oyida Dengizko‘lda 19 ta qushdan iborat gala qayd qilingan. Uyalovchi populyasiya tobora kamayib bormoqda. Uchib o‘tishda 6-8 ta qushdan iborat galalar uchraydi. 2000 yilda janubiy suv havzalarida va Sirdaryoning o‘rta oqimida 900 dan ziyod qush qishlagan, 2003-2005 yillarda –100 taga yaqin, hozirgi vaqtda bu ko‘rsatkich 50 dan oshmaydi[2].

Ko‘paytirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Evropadagi parvarishxonalari va hayvonot bog‘larida ko‘paytiriladi.