[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Lushan togʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lushan togʻi
Boshqa nomi 大汉阳峰
Joylashuvi Jiujiang, Jiangsi provinsiyasi, Xitoy
Balandligi 1474 m
Ilk koʻtarilishi 1996 (XX sessiya)

Lushan[1] (xitoycha: 庐山) — togʻ tizimasi va YUNESKOning madaniy meroslar roʻyxatiga kirgan Xitoy milliy bogʻi. Dunyo darajasidagi mashhur qoʻriqxona. U Xitoyning Jiangsi provinsiyasining shimolida joylashgan. 90 dan ortiq choʻqqisi bor, jami 382 kvadrat metr maydonni egallaydi. Lushan togʻi ulugʻvorligi bilan, hayratlanarliligi bilan, xavfliligi bilan ham dunyoga mashhur boʻlib keladi. Lushan togʻlarin doimo bulut qoplab tuadi. Har yilning oʻrtacha 190 kun tuman boʻladi.

Madaniy meros

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lushan milliy bogʻi 1996-yilda Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Tszyansi provinsiyasidagi Lushan tog‘i Xitoy sivilizatsiyasi taraqqiyotining yorqin namunasidir. Bir nechta buddist va daoist ibodatxonalari, shuningdek, Chju Si neo-konfutsiy maktabi (xitoycha: soʻzma-soʻz: „Oq bugʻu grotto“) mavjud. Bularning barchasi o‘ziga xos tarzda tabiiy go‘zallik bilan uyg‘unlashib, yuksak estetik qadriyatni shakllantiradi. Shunday qilib, Xitoy milliy ruhi va madaniy hayoti madaniy landshaft bilan yaqin aloqada.

Lushan togʻi tekislikda koʻtarilgan yagona togʻ. Bosh choʻqqisi — Dahayang choʻqqisi, uning dengiz sathidan balandligi 1474 m. Choʻqqilarning orasi tizmalar, jarliklar, tekis toshlar, gʻorlar mavjud. Tizmada kuchli oqim tufayli sharsharalar, daralar va kichik koʻllar paydo boʻlgan. Mashhur Uch qavatli sharshara 155 m balandlikdan oqib tushadi. Iyuldagi oʻrtacha harorati 22,6 °C boʻladi.

Lushan togʻida hayotga boy, oʻrmon qoplamasining solishtirmasi 76,6%, yuqori darajali oʻsimliklarning 3000 ga yaqin turi, hayvonlarning 2000 turi uchraydi. Togʻ etagida Boyanghu koʻli yil qushlar qoʻriqxonasi — „Turnalar qirolligi“ hisoblanadi, oq turnaning dunyo boʻyicha eng koʻp toʻplangan joy hisoblanadi. Lushan togʻida subtropik bambuk oʻrmonlari, issiq zonada doim yashil keng bargli oʻrmon, moʻtadil zonada bargli tashlaydigan keng bargli oʻrmon, sovuq zonada ignabargli oʻrmonlar uchraydi[2].

Lushandagi sharsharalardan biri Lushan togʻida tuman
  1. „庐山风景名胜区 - 中国旅游网/Lushan Scenic Spot - China Tourism Net“. www.ct.cn. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  2. „Kөrshі“ әmbebap mәdeni jurnali. Әuelqan Qaliұli. Almati. № 33 2009 ISSN 1673-3843