[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Kronshtadt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kronshtadt (1723-yilgacha Kronshlot) — Rossiya Federatsiyasi Leningrad viloyatidagi shahar va port. Fin qoʻltigʻidagi Kotlin o.da, Sankt-Peterburgdan 29 km gʻarbda. Aholisi 45,1 ming kishi (1998). Kemalar tuzatiladi. Harbiy dengiz muzeyi, radio kashfiyotchisi A. S. Popovnnnt kabinet-muzeyi bor. K.ga 1703-yil Pyotr I Peterburgni dengiz tomondan himoya qiluvchi qalʼa sifatida qurdirgan. 18-asrning 20-yillaridan Boltiq floti bazasi. Istehkomlar (18-asr), dengiz sobori (1903—13), Pyotr I haykali, admiral S. O. Makarov haykali va boshqa bor. K.dagi futshtokning nolidan mutlaq balandlik oʻlchanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil