[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Goatsin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goatsin (Opisthocomus hoazin) — kakkusimonlar oilasining turi, baʼzan tovuqsimonlar turkumi goatsinlar kenja turkumiga kiritiladi. Uzunligi 60 sm ga yaqin, boshida uzun kokili bor. Tumshugʻi yoʻgʻon, ilmoqli. Juda yirik jigʻildoni boʻlgani tufayli toʻsh suyagi va toʻsh muskullarining koʻp qismi qisqarib ketgan. Jigʻildoni oziq bilan toʻlganida G. tanasining ogʻirlik markazi oldinga tushadi. Shuning uchun G. koʻkragi (maxsus qadogʻi)ga tayanib va qanotlari bilan shoxlarni ushlab daraxtda oʻrmalab yuradi. Yaxshi ucholmaydi, asosan daraxtda yashaydi. Jan. Amerikaning shim.-sharqiy qismidagi yirik daryolar va ular irmoqlari vodiylarining suv bosgan oʻrmonlarida Tapqalgan. 40 ga yaqin qushlardan iborat gala boʻlib yashaydi. Koʻpayish davrida suv ustidagi daraxtlarning shoxiga bir necha kush bitta umumiy uya quradi. Uyaga 2—4 tuxum qoʻyadi. Tuxumini bir necha modasi navbat bilan bosadi. Tuxumdan chiqqan joʻjasi oyoq va tumshuqlari hamda qanotlaridagi birinchi va ikkinchi barmoklarining uzun tirnoqlari yordamida daraxtlarda oʻrmalab yuradi. Joʻjasi yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi, lekin bu xususiyatini keyinchalik yoʻqotadi. G. meva, don va barglar bilan oziqlanadi. Goʻshti yeyilmaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil