[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Nataev

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, yangi mavzularni sahifa pastidan qoʻshing. Qoʻshish…

Arxivlar
Arxiv 1 Arxiv 2 Arxiv 3
Arxiv 4 Arxiv 5 Arxiv 6
Arxiv 7 Arxiv 8 Arxiv 9
Arxiv 10 Arxiv 11 Arxiv 12
Arxiv 13
Agar siz mening munozara sahifamda yozsangiz, u holda men mana shu sahifada javob beraman.
Agar men sizning munozara sahifangizda yozsam, u holda men sizning munozara sahifangizni yana bir necha kun kuzataman.
„Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ yulduzi
Hurmatli Nataev, Vikipediyada amalga oshirayotgan salmoqli ishlaringiz uchun tashakkur aytgan holda, sizni oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yillik yubileyi bilan tabriklayman va sizga ushbu „Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligi“ esdalik yulduzini taqdim etaman. Vikipediyani rivojlantirish yoʻlida charchamang! Yoqimli tahrirlar!

Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 13:54, 22-Yanvar 2024 (UTC)

Tashakkur! Sizni ham tabriklayman! Nataev munozara 14:43, 22-Yanvar 2024 (UTC)

Commons:Viki kuylashni sevadi xalqaro tanlovi

[manbasini tahrirlash]

Mugo.jpg Xalq musiqasi Kritikos.mid

Niraas Nahi Xone Dega - Purvanchali-Bxojpuri-Avadhi Bhajan.ogg

Khung Taphao xalq qo'shig'i.ogg

Swallowtail Jig - Irish Fiddle Tune!.webm

Tamak va Tumdak 01.jpg Xalq liboslari/kiyimlari Oottam Tullal make up.jpg

"Ardhanarishvara" makeup.jpg

Koodiyaatatam 2.jpg

Ular make up.jpg

Wayanat Kulavan Daiva.jpg

Tobascentral05.jpg

Bamberskie cornets.jpg

Xalq kostyumi.jpg

Malavidagi o'g'il bolalarning tashabbus ko'rsatish marosimi.jpg

Brenda Crabtree bilan sadr savati to'qish - Urban Access Project.webm

20160805 Inle Leyk 7434.jpg

Venetsiya yarmarkasi Lyudvigsburg 089.jpg

Katmandu Durbar maydonida uchta saddh.jpg

Bataille Waterloo 1815 qayta qurish 2011 cuirassier.jpg

Shrinika Abhinaya (Kede Chhanda Janilu Tuhi) ijro etmoqda.jpg Yozish musobaqasi Shuningdek, 2024-yil 1-fevraldan 2024-yil 31-martgacha Feminizm va folklor 2024 yozuv tanlovi boʻlib oʻtadi. Loyiha uchun feminizm, ayollar tarjimai holi va genderga yoʻnaltirilgan mavzular boʻyicha Vikipediyada “Viki Folklorni Sevadi” gender tafovutiga qaratilgan folklor madaniyati mavzusida maqolalar yarating yoki kengaytiring. Hozir mahalliy tilingizda ishtirok eting. 185.213.229.122 10:04, 4-Fevral 2024 (UTC)

Ah, Google Translate, how you amuse me. Nataev munozara 21:50, 13-Fevral 2024 (UTC)

Vikipediya adminstratori

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum Vikipediyada hissa qo‘shayotganingizdan hamma xursand. Rahmat. Yoqimli tahrirlar! 185.213.230.113 20:09, 13-Fevral 2024 (UTC)

Va alaykum assalom! Hamma xursandligini bilmadim-u, siz toza xursandsiz chamasi. Roʻyxatdan oʻtib, hissa qoʻshsangiz yaxshiroq boʻladi. Nataev munozara 21:55, 13-Fevral 2024 (UTC)

Assalomu aleykum

[manbasini tahrirlash]

Assalomu aleykum. Menga yordamingiz kerak edi. Men Avstriya Niderlandiyasi maqolasining andozasiga davlat bayrog'ini qo'ymoqchi edim. Biroq bayroq qo'yilmayapti. Menga qanday qilib rasmlarni SVG variantiga aylantirishni o'rgata ololmaysizmi? Akhrorbeak (munozara) 19:21, 25-Mart 2024 (UTC)

Qoʻshib qoʻydim. SVG rasm Inskcape kabi dasturlar yordamida noldan yaratiladi yoki mavjud SVG fayl asosida yaratiladi. Boshqa formatdagi suratni SVGga aylantirib boʻlmaydi. Nataev munozara 19:40, 25-Mart 2024 (UTC)
„Ommaviy axborot vositalari“ ordeni
Vikipediyadagi faoliyatingiz bir necha marta ommaviy axborot vositalarida yoritilgani uchun sizni ushbu orden bilan taqdirlashga qaror qildim. Yoqimli tahrirlar! Jamshid Nurqul (munozara) 21:14, 22-Aprel 2024 (UTC)
Katta rahmat! Qizigʻi, joriy yil boshida barcha oʻzim yozgan yoki mendan intervyuni oʻz ichiga olgan OAV materiallarini bir yerga jamalagan edim. Nataev munozara 22:06, 22-Aprel 2024 (UTC)
„Real hayot“ ordeni
WikiOromgohning birinchi mavsumida yangi foydalanuvchilarga oflayn darslar berganingiz hamda oflaynda Vikipediya bilan bogʻliq tadbirlar uyushtirishda faol boʻlganingiz uchun ushbu orden bilan taqdirlanasiz.
Khasan azim1 (munozara) 07:17, 24-Aprel 2024 (UTC)
Tashakkur! Nataev munozara 13:23, 24-Aprel 2024 (UTC)

Reminder to vote now to select members of the first U4C

[manbasini tahrirlash]
You can find this message translated into additional languages on Meta-wiki. Please help translate to your language

Dear Wikimedian,

You are receiving this message because you previously participated in the UCoC process.

This is a reminder that the voting period for the Universal Code of Conduct Coordinating Committee (U4C) ends on May 9, 2024. Read the information on the voting page on Meta-wiki to learn more about voting and voter eligibility.

The Universal Code of Conduct Coordinating Committee (U4C) is a global group dedicated to providing an equitable and consistent implementation of the UCoC. Community members were invited to submit their applications for the U4C. For more information and the responsibilities of the U4C, please review the U4C Charter.

Please share this message with members of your community so they can participate as well.

On behalf of the UCoC project team,

RamzyM (WMF) 22:54, 2-May 2024 (UTC)

User:Nataev/Template:Wiki'dan foydalanish

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum, hormang. Siz yaratgan en:User:Nataev/Template:Wikidan oʻz foydalanuvchi sahifalarimda sizdan, ushbu ajoyib dizayn muallifidan bir ogʻiz ruhsatingizni olgach foydalanishni maqʼul koʻrdim. Foydalansam boʻladimi, iltimos.

Ushbu dizaynga biroz oʻzgartirish kiritdim va oʻzimga mosladim. Oʻzgarishlarni ushbu sahifada koʻrishingiz mumkin. ANJANIY#gurung 18:29, 9-May 2024 (UTC)

Bemalol foydalanavering! Istalgan shaklda oʻzgartirishingiz mumkin. Nataev munozara 14:03, 10-May 2024 (UTC)

Vikipediya maqolalarini rivojlantirish

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum qadrli Vikipediyachi WikiStipendiya marafonining 2024-yil 1-maydan boshlab 3-mavsumiga start berildi. Natijalar aʼlo darajada qoʻshimcha Vikilardan iqtibos olish kerak. Rahmat. Baxtli tahrirlar! Abduvaitov Sherzod 08 (munozara) 19:28, 23-May 2024 (UTC)

WikiStipendiyaning uchinchi mavsumi start olganidan xabarim bor, sababi tashkiliy jamoa bilan muntazam aloqagaman. Ikkinchi gapingizga esa tushunmadim. Google Translate tarjima qilgan gapdek boʻlibdi. Nataev munozara 20:02, 28-May 2024 (UTC)

Spam-only account: https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Vikipediya:Yaratishga/Kirish&diff=prev&oldid=4331804 Thank you. Ternera (munozara) 19:59, 28-May 2024 (UTC)

Thank you for notifying! Warm regards, Nataev munozara 20:04, 28-May 2024 (UTC)

Yangi loyiha yaratish

[manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum. Men „Shashmaqom“, „Xorazm maqomlari“ kabi maqomlar majmuasidagi barcha maqomlar haqida maqolalar yozmoqchi edim. Shuning uchun musiqa portaliga yangi „Maqom loyihasi“ni ochib, yuqoridagi ishlarni qilishim mumkinmi? Bekipediya (munozara) 09:20, 27-Iyun 2024 (UTC)

Va alaykum assalom! Loyihani bemalol tahrirlayvering. Alohihida maqomlar boʻlimini yaratsangiz ham boʻladi. Omad! Nataev munozara 13:25, 27-Iyun 2024 (UTC)

O'chirilgan maqola

[manbasini tahrirlash]

Nega "https://uz.wikipedia.org/wiki/%E2%80%9COhalik-Oqbo%E2%80%98yro-Mironqul%E2%80%9D_turistik-rekreatsion_zonasi" ushbu maqolani o'chirib tashladingiz. Biz Davlat Turizm Qo'mitasidanmiz va shunaqa maqolalarni Wikipediyaga qo'shishni rasmiy qaror shaklida olganmiz. Iltimos, batafsilroq sabab keltira olasizmi? Agar o'chirish shart deb hisoblasangiz, ushbu maqolalarni Wikipediyaga kiritish qanaqa taklif va yechimlar bera olasiz? Oldindan katta rahmat Uzbektourism (munozara) 04:58, 1-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Har bir maqola nufuzli manbalar keltirilishi shart. "National PR-centre" oʻlaroq tasniflangan https://uzbekistan.travel/ru/ sayti nufuzli manba boʻla oʻlmadyi.
Biz Davlat Turizm Qo'mitasidanmiz -- birinchidan, qaysi qoʻmitadan ekanligingiz bizni qiziqtirmaydi. Vikipediya Oʻzbekiston hukumati loyihasi emas. Qarang: VP:VNE. Ikkinchidan, har bir hisob individual foydalanuvchiga tegishli boʻlishi kerak. Tashkilot nomidan hisob yuritish man etiladi. Qarang: en:WP:NAMEGUIDE. Shuning uchun hisobingiz bloklanadi.
Yangidan individual hisob ochib, bemalol kontent yaratishingiz mumkin. Kontent yaratayotganda nufuzli manbalardan tashqari VP:MB va VP:TASHKILOTLAR qoidalari bilan ham tanishib chiqing. Nataev munozara 13:46, 1-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Hormang Nodir aka Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi telegram guruhidan nima sababdan chiqarib yubordingiz? Dovdir yoki qoʻylar deb haqoratomus soʻzlar yozganingiz uchun men ham qattiq yozgan boʻlishim mumkin. U guruhga qoʻshilish uchun nima qilishim kerak. Ibrohimjon 03:03, 4-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Bor boʻling, Abdufattohov Ibrohimjon! Shaxsan sizni emas, Content Translation uskunasini suiisteʼmol qilib, oʻzbekcha Vikipediyani mazmunsiz kontent bilan toʻldirayotgan "WikiStipendiya" loyihasi ishtirokchilarini "dovdirlar" va "qoʻylar" deb atadim. Telegram guruhdan chiqarib yuborganim sababi shuki, Boboyev1996 menga va avtomat tarjimasi muammosini muhokama qilgan boshqalarga toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanuvchi guruhning Telegram guruhida javob berish oʻrniga "WeekieHogwards 2024" Telegram guruhda oʻzlarining soʻzlariga koʻra shaxsan Miss Kamola hamda XayrinisoJorayevani nazarda tutib, "paxta mavsumi" boshlangani, yaʼni goʻyoki ushbu ikki foydalanuvchi menga laganbardorlik qilayotgani haqida yozgan gapiga javoban "Shunday oʻxshaydi [sic] lekin hali vaqt bor edi)" deb javob yozganingiz uchun Boboyev1996 bilan bir qatorda chiqarib yuborildingiz. "Vaqtida qoʻyilgan paxta tilloga teng" deb yozgan Komilkhuja hamda "Kimga loyiha yoqmayotgan bo'lsa qandaydur [sic] biz ayb ish qilgan bo'lsak marhamat qilib loyiha tomonidan berilgan tuhfani qaytarsin va qayta oromgohdaham [sic] marafondaham [sic] ishtirok etmasin. O'zini xoxishi [sic] bilan iltimos qilib oromgohga qoshilgan [sic] va qilgan ishidan shunchalik afsusda bolib pisib bir chekada marafonda qatnashmasin. Chiqib ketsin ishtirokchilar safidan" deb yozgan Fozilovv ham chiqarildi. Bu toʻrt aʼzoni Telegram guruhdan chiqarish qarorini guruhning yana uch nafar boshqa tajribali aʼzosi qoʻlladi. P.S. "haqoratomus" degan soʻz yoʻq. "haqoratomuz" soʻzi bor lekin. Nataev munozara 15:57, 4-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Tushunarli Content Translation uskunasi boʻyicha. Men Boboyevga hali vaqt bor deb sarkazm tariqasida javob qaytardim. Miss Kamola va Xayriniso gaplariga keladigan boʻlsak bularni fikriga qoʻshilgan holda men ham vikibahor guruhida aytdim "Aslini olganda tashkilotlar son son deb adminlar esa sifat sifat deb oddiy foydalanuvchilarni qistashdi" deb aytdim. Menga nima naf sizga yoki tashkilotchilarga laganbardorlik qilib?
ikki foydalanuvchi menga laganbardorlik qilayotgani haqida bunga men qayda javob qaytaribman. Telegram guruhiga qaytish uchun biror joyda soʻrov qoldirishim kerakmi? Ibrohimjon 17:17, 4-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Men Boboyevga hali vaqt bor deb sarkazm tariqasida javob qaytardim -- ezgu niyatda yozilmagan sarkazm bu. Menga nima naf sizga yoki tashkilotchilarga laganbardorlik qilib? -- sizni emas, yuqorida tilga olingan boshqa ikki foydalanuvchini siz oʻzingiz boshqalar bilan birga laganbardorlikda ayblagansiz. Telegram guruhga qaytish masalasiga keladigan boʻlsak, u yerda ushbu munozaraga linkni ulashaman. Hech kim qarshi boʻlmasa, guruhga qayta olasiz. Nataev munozara 17:45, 4-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Meni telegram guruhida "paxta dalasiga joʻnatvordim' deya yozib ustimdan kulgansiz - bu ezgu niyatda yozilganmi unda? Yuqorida olingan ikki foydalanuvchini men haqimdagi fikrini bilsak ular qanday fikrda ekan. @Miss Kamola va @XayrinisoJorayeva men yozgan gapga nisbatan qanday fikrdasiz men sizlarga laganbardorlik qildimmi? Ibrohimjon 01:27, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Men "Toʻgʻri paxta dalasiga yoʻnaltirgan" shaxs guruhga anonim hisobdan kirgan, kimligi nomaʼlum foydalanuvchi edi. Dastlab Telegramdagi nomi .. edi, hozir esa Kie (https://t.me/Lali_555) oʻlaroq oʻzgartirilgan. Yuqorida "ustimdan kulgansiz" deb bu sock hisob egasi oʻzingiz ekanligingizni tan oldingiz. Yaʼni, bizni laqillatmoqchi boʻlgansiz.
@Jamshid Nurkulov bu shaxstning keyingi kunlardagi harakatlaridan umuman ezgu niyatni koʻzlamaytganini xulosa qilish mumkin. Bu shaxsning https://t.me/Ibrohimjon_1229 va https://t.me/Lali_55 hisoblari https://t.me/uzwikichat guruhidan ham chiqarib yuborilishi kerak deb oʻylayman. Nataev munozara 02:00, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Kie degan akkaunt oldindan bor, qoʻshimcha akkaunt ochishga haqqim yoʻqmi shunda? Yoki sizdan soʻrab ochishim kerakmi? Guruhlardan chiqarib yuborishingiz ezgu maqsani koʻzlaganimgizmi? Uni oʻrniga toʻgʻri tushuntirsa boʻladimi.
P.S. shaxstning emas *shaxsning Ibrohimjon 02:14, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
https://t.me/Ibrohimjon_1229 ushbu akkaunt global blokka tushgani uchun qoʻshimcha ochilgan akkaunt u Ibrohimjon 02:16, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Yoki sizdan soʻrab ochishim kerakmi? -- mendan soʻrab ochishingiz kerak demadim. Telegram guruhda har bir foydalanuvchi bitta hisobi bilan aʼzo boʻlishi mumkin. Uni oʻrniga toʻgʻri tushuntirsa boʻladimi -- nima sizga tushunarsiz boʻlyapti? Ikki foydalanuvchiga nisbatan bullyingda qatnashganining uchun guruhdan chetlatilganingizmi? Yoki guruhga endi hech qachon qayta olmasligingizmi?
Jazavaga tushib, qator-qator xabar yozmay, bir martada fikringizni bayon qilishni oʻrganing. Opechatkaga keladigan boʻlsak, boshqalar xatosini tuzatish oʻrniga oʻzingiz bexato yozsangiz boʻlarmidi. Nataev munozara 03:31, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Ikki foydalanuvchini fikrini bilaylik unda qanday fikrda ular. Hurmatli xonimlar @Miss Kamola va @XayrinisoJorayeva oʻz fikringizni yozib qoldirishingizni iltimos qilib qolardim. Guruh qaytish yoki qaytmasligimni silar hal qilasilarku.
Bexato yozishga harakat qilaman rahmat fikrlar uchun. Ibrohimjon 04:44, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Salom! „Men Boboyevga hali vaqt bor deb sarkazm tariqasida javob qaytardim“, debsiz, lekin yuqoridagi gaplar aynan men va @XayrinisoJorayevaga qarata aytilayotganidan xabardor edingiz. Chunki telegram guruhda siz ham bor edingiz va oʻsha pichinglar kimqa qarata aytilayotganini bilaturib, oromgoh guruhida yozgan gapingiz bu rasman bizga nisbatan bullyingda qatnashganingizdan dalolat bermaydimi? Agar shunchaki Boboyevning gapiga javob tariqasida yozdim deydigan boʻlsangiz, men sizni gapirayotgan gapini oʻylamay yozadigan darajada ahmoq deb oʻylamayman va siz oʻsha vaziyatni tushunadigan darajada aqllisiz! Miss Kamola (munozara) 17:50, 8-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Hozircha berilgan javoblar meni qoniqtirmadi, "WeekieHogwards 2024" guruhida nimalar yozilganini hammamiz oʻqidik, kerakli xulosaga keldik. Umuman olganda, vikipediyachi uchun Telegramdagi guruhda boʻlish-boʻlmasligi koʻp ham ahamiyatli emas, deb bilaman. Har bir foydalanuvchi va maqola/sahifaning munozara sahifalari bor, Telegramda "@uzwikichat" guruhi bor, shu munozaralar va chatda bemalol boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 18:00, 4-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Men "WeekieHogwards 2024" hech qanaqa ortiq osha gap yozmaganman.
Telegramdagi guruhda boʻlish-boʻlmasligi koʻp ham ahamiyatli emas, deb bilaman. Shunday ekan nega unda usha guruhda borsiz chiqib keting unda. Ibrohimjon 01:32, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Abdufattohov Ibrohimjon, Shunday ekan nega unda usha guruhda borsiz chiqib keting unda -- haddingizdan oshmang. Jamshid Nurqul Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhining tasis qilgan aʼzolaridan biri, guruh logosi muallifi. Yoshi sizdan katta, tajribasi koʻp, hissasi esa bebaho. Shunday ekan, hurmatini joyiga qoʻyib yozing. Nataev munozara 02:08, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Xoʻp, shunday ekan toʻgʻri yoʻl koʻrsatish oʻrniga nega yana vaziyatni ogʻirlashtirmoqdalar. Ha yoshlari ulugʻ, tajribalari ham yetarli holda. Shu tajribadan kelib chiqgan holda oqilona qaror qabul qiladilar degan umiddaman. Haddimdan oshgan boʻlsa uzr soʻrayman Jamshid akadan. Nodir aka sizga ham rahmat fikrlar uchun. Ibrohimjon 02:23, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Abdufattohov Ibrohimjon, hozirgi holatda telegram guruhimizga qaytishingiz hech narsani oʻzgartirmaydi. Ruhiy holatingiz yaxshilanib, guruhga qaytishga loyiqligingizni qayta isbotlaganingizda qaytishingizga hech kim qarshilik bildirmaydi deb oʻylayman. Hozir esa vaziyatni ogʻirlashtirmaslikni maslahat beraman. Alpasli (munozara) 07:21, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Assalomu alaykum ogʻa, aha tushunarli. Ozgina tanaffus olsam yaxshi bob ketadi degan umiddaman.
Rahmat ogʻa meni toʻgʻri tushunib oqilona maslahat berganingiz uchun 🙏. Ibrohimjon 08:02, 5-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Assalomu aleykum. Yuqorida keltirilgan fikrlaringizni oʻqib chiqdim. Men ushbu aytgan Vaqtida qoʻyilgan paxta tilloga teng iboram orqali XayrinisoJorayeva va Miss Kamola nisbatan ishlatganim yoʻq. Bu ibora internetda tarqagani uchun yozgan edim. Bundan tashqari, men ATchilarni tarafini olib sizga qarshi chiqmadim. Buni esa siz natogʻri tushunibsiz. Men ularni qayerdan va nima sababdan koʻpayganini aytib oʻtdim. Komilhuja 18:26, 4-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Foydalanuvchi 2607:FEA8:E345:E900:B123:EC2A:D072:D8EA ushbu foydalanuvchi chetlatishingizni soʻrayman. Sababi bugungi kunni oʻzida 10 dan ortiq maqolaga vandallik qilgan[1]. Ibrohimjon 05:35, 6-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Bu IPni[2] chetlatish kerak vandallik qilishdan toʻxtamayapti. — Bu xabarni Abdufattohov Ibrohimjon (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
Abdufattohov Ibrohimjon, vanalizm haqida individiual foydalanuvchilar munozarasida emas, VP:AFda xabar berish kerak. Nataev munozara 16:22, 7-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Tushunarli Ibrohimjon 17:15, 7-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Assalom admin

[manbasini tahrirlash]

Shoxrux Daminov (munozara) 16:19, 13-avgust 2024 (UTC)[javob berish]

Boshqa tillarga ulash haqida mana bu videoda maʼlumot boʻlishi kerak. Nataev munozara 14:20, 15-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Raxmat
Wikimarafonda tushuntirgan barcha qonun qoidalarngiz uchun raxmat Shoxrux Daminov (munozara) 07:01, 13-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
Bemalol! Sizga ham rahmat! Nataev munozara 14:18, 15-avgust 2024 (UTC)[javob berish]
  • Assalomu alaykum Brilliant jamoasida biznikicha ham narsa yuq nega ular qabul qilindi?
  • Yana biz barcha maqola va tarjima maqolalarni qoida bo'yicha yozgnmiz.
  • Yana aytadigan bo'lsam WikiMed bu jamoada jadval ham yo'q  Qabul bekor qilindi degan lekin qabul qilingan

nega?

  1. „QARSHI SHAHRI HOKIMLIGI kanalidan“.