[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ba Jin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ba Jin
Asl ismi xitoycha: 巴金
Tavalludi 25-noyabr 1904[1][2]
Vafoti 17-oktyabr 2005[1][2]
Ijod qilgan tillari Esperanto, Standard Mandarin, Fransuz tili, Ingliz tili va Xitoy tili
Fuqaroligi Xitoy

Ba Jin (xitoycha: 巴金; taxallusi - Li Yaotang, xitoycha: 李堯棠) — 1904—2005-yillarda yashab ijod etgan xitoy yozuvchisi. 26 jildlik asarlar toʻplami chop etilgan.[3] Ba Jin 1904-yil 25-noyabrda Sichuan provinsiyasining Chengdu shahrida badavlat oilada tavallud topgan. Uning otasi Sichuan shimolida qozilik qilgan. Oilasi juda katta boʻlib, xonadonida 80 dan 100 gacha odam, jumladan, bobosi, jiyanlari va xizmatkorlari yashagan. Onasi ilmli ayol boʻlgan. Farzandlarini sheʼriyatga, adabiyotga qiziqtirgan va ularning taʼlim olishi uchun maxsus oʻqituvchilar yollangan.

1920-yilda boʻlajak yozuvchi Chengdudagi chet tillar maktabiga qabul qilindi. 1921-yil aprel oyida U taxallusi ostida „Qanday qilib chinakam erkin va teng imkoniyatli jamiyatni qurish mumkin?“ nomli birinchi maqolasi chop etildi.15 yoshida anarxistik siyosiy harakatga qoʻshildi. Unga anarxist mualliflar, ayniqsa, Pyotr Kropotkin va Emma Goldman kuchli taʼsir koʻrsatdi. Shu sababli Aleksandr Berkman bilan uchrashdi, Sakko va Vanzetti bilan Birdamlik kampaniyasida qatnashib, Pyotr Kropotkin, Emma Goldman, Rudolf Roker asarlarini xitoy tiliga tarjima qildi. Hatto oʻz taxallusini anarxist mualliflar Mixail Bakunin (Ba) va Pyotr Kropotkin (kin = Jin) ismlarining ikki boʻgʻinidan oldi. 1923-yilda Nankin milliy institutiga oʻqishga kirdi. 1927—1928-yillarda Fransiyada, 1934—1935-yillarda Yaponiyada tahsil olgan. 1944-yilda rus adabiyoti namoyondalari, jumladan, Pushkin va Turgenev asarlarini xitoy tiliga tarjima qilgan. Syao Shan ismli qizga uylangan.

Mao Tszedun rassomlar bilan uchrashadi (1956). O'ngdan chapga: Ba Jin, Chjou Xinfang

1957-yil iyul oyidan u „Shouho“ adabiy jurnalining bosh muharriri boʻlib ishlagan. 1960-yil avgust oyida esa Butun Xitoy adabiyoti va sanʼati federatsiyasi raisi oʻrinbosari etib saylandi. “Madaniy inqilob” davrida unga “aksilinqilobiy” tamgʻasi qoʻyilgan va kanal tozalash brigadasida “qayta tarbiyalangan”. 1977-yilda reabilitatsiya qilingan.1979-yilda Xitoy Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari etib saylangan boʻlsa, 1985 - yildan 2005 - yilgacha unga raislik qilgan. Umrining soʻnggi yillarida parkinson kasalligidan aziyat chekkan. 2005-yil 17-oktyabrda Ba Jin 100 yoshida Shanxay kasalxonasida vafot etdi. Yozuvchi shuhrati 4-may harakati, yaʼni til va madaniyat sohasidagi islohotlar taʼsirida ortib borgan. Uning sodda va ravon uslubi asarlarining barcha uchun birdek sevimli boʻlishini taʼminladi. Yozuvchining ilk yirik asari “Sayohat paytidagi yozuvlar”dir. Ba Jin taxallusi ostida chiqqan birinchi asari esa 1929-yilda yozilgan boʻlib, „Halokat“ (roman) nomi bilan chop etilgan. Uning ijodida koʻproq XX asr birinchi yarmidagi Xitoy siyosiy hayotidagi voqeliklar va ijtimoiy islohotlar aks etgan. Biroq bundan tashqari jahon adabiyoti anʼanalari elementlarini ham uchratish mumkin. Masalan, adib “Maratning oʻlimi”, “Dantonning qaygʻusi”, “Robespyerning siri” qissalarida fransuz inqilobi mavzusiga murojaat qiladi.

Yozuvchining Gʻarbda mashhur boʻlgan asarlaridan biri 1931-yilda yozilgan “Oila” romani hisoblanadi. Bu asar „Shoshqin oqim“ deb nomlangan trilogiyaning bir qismi boʻlib, “Bahor” va “Kuz” boblaridan iboratdir. Roman avtobiografik xarakterga ega, unda yozuvchining bolaligi, oilasi va u bilan bogʻliq xotiralar tasvirlangan. Romanning markaziy mavzusi avtoritar otaning oilasi oʻrtasidagi ziddiyati, shuningdek, anʼanaviy tuzum va yangi jamiyat oʻrtasidagi qarama-qarshiliklardir. Yana bir mashhur asari – “Muhabbat trilogiyasi” boʻlib, unga “Tuman”, “Yomgʻir”, “Chaqmoq” (1931—1933) qissalari kiradi. 1978—1984-yillarda «Duma» («Suyanlu») nomi ostida birlashtirilgan 5 ta publitsistik ocherklar toʻplamini yaratdi. Unda daho yozuvchining jamiyatdagi oʻzgarishlarga, oʻziga qadrdon insonlarga qarata bildirilgan chuqur tanqidiy mulohazalari aks etgan.


Hikoyalar toʻplamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Qasos, 1931 yil
  • Elektr stul, 1933 yil
  • Xudolar, arvohlar va odamlar, 1935 yil
  • Momaqaldiroq, 1937 yil
  • Kichik odamlar, kichik voqealar 1943
  • Qahramonlik eʼlonlari, 1953 yil
  • Oʻlim, 1929 yil
  • Sevgi trilogiyasi
    • Tuman, 1931 yil
    • Yomgʻir, 1933 yil
    • Chaqmoq, 1935 yil
  • Dengiz sayohati paytida eslatmalar, 1932 yil
  • Konchilar, 1933 yil
  • Shoshayotgan oqim trilogiyasi
    • Oila, 1933 yil
    • Bahor, 1938 yil
    • Kuz, 1940 yil
  • Toʻrtinchi palata, 1946 yil
  • Sovuq kecha, 1947 yil

Avtobiografik asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ba Jin: Avtobiografiya
  • Bolalikni eslash, 1984 yil

Ilmiy tadqiqotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Kapitalizmdan anarxizmgacha, 1930 yil
  • Men ayblayman, 1937 yil
  • Ajdarlar, yoʻlbarslar va itlar, 1941 yil
  • Natsistlarning oʻlim fabrikasi: Osventsim, 1951 yil
  • Qahramonlar orasidagi hayot, 1953 yil
  • Chexov haqida, 1955 yil
  • Boshqa fikrlar, 1995 yil
Shanxayning Dolun ko'chasida Ba Jinning izlari
  • Yozuvchi umrining soʻnggi yarim asrida yashagan uyda muzey ochilgan.
  • Asteroid 8315 Ba Jin sharafiga nomlangan.

Rus tilidagi nashrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ба Цзинь. Рассказы, 165000 экз, М.: Государственное издательство художественной литературы, 1955. 
  • Ба Цзинь. Семья, 90000 экз, М.: Государственное издательство художественной литературы, 1956. 
  • Ба Цзинь. Любовь, 90000 экз, М.: Государственное издательство художественной литературы, 1957. 
  • Ба Цзинь. Весна. М.: Государственное издательство художественной литературы, 1957. 
  • Ба Цзинь. Осень. М.: Государственное издательство художественной литературы, 1957. 
  • Ба Цзинь. Сочинения. М.: Государственное издательство художественной литературы, 1959. 
  • Ба Цзинь. Избранное: Сборник / Сост. и предисл. В. Ф. Сорокина; Пер. с кит. — М.: Радуга, 1991. — 432 с. - (Мастера современной прозы). [Содерж.: Холодная ночь: Роман; Повести: Гибель; Туман; Рассказы: Сердце раба; В шахте; Больше пятидесяти; Падение; Пагода долголетия; Марсельские ночи; Мона Лиза; Скорбь Дантона; Думы, эссе]. - ISBN 5-05-002531-1, 15000 экз.
  • Ба Цзинь. Семья: роман. Эссе. / пер. с кит. В.В. Петрова, Д.Н. Воскресенского. – М.: ИВЛ, 2016. — 381 с. (Библиотека китайской литературы)
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)The Guardian.
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. „Ба Цзинь — выходец из простого народа“. «Жэньминь жибао» онлайн. Жэньминь Жибао (12-aprel 2005-yil). 7-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2014-yil.
  • Petrov V., Ba Jin ijodi va uning „Oila“ romani, kitobda: Ba Jin, Oila, trans. Kitdan, M., 1956;
  • Nikolskaya L. A. Ba Jin (ijodkorlik eskizi) M., 1976 yil.
  • Jeloxovtsev A. N. Ba Jin: vatanparvar yozuvchi // Uzoq Sharq muammolari. 1983 yil. No 4. P.139-148.
  • Gao Man. Ba Jin va rus adabiyoti // Uzoq Sharq muammolari. 2004. No 5. S. 147-155.
  • Olga Lang, Pa Chin va uning yozuvlari: Urushlar orasidagi Xitoy yoshlari (Kembrij, Mass.: Garvard universiteti nashriyoti, 1967).
  • Chen Tan-chen. (1963). Yozuvchi Pa Chin: intervyu. » Xitoy adabiyoti. 6:84-92.
  • Bonnie S. McDougall, Kam Louie (1999): Yigirmanchi asrda Xitoy adabiyoti, Kolumbiya universiteti nashriyoti.
  • Mey-li Chay - Tarjimonning Ba Jinning tarjimai holiga kirishi (2008)