Avstriya-Prussiya urushi
Avstriya-Prussiya urushi (1866) – Avstriya bilan Prussiya oʻrtasida koʻpdan beri davom etib kelgan janjalga barham bergan, Germaniyani birlashtirishda qaysi nemis davlati hukmron boʻlishi mumkin degan masalani hal etgan urush. Prussiya kansleri Bismark urushga diplomatik va harbiy jihatdan puxta tayyorlik koʻrib, Fransiya va Rossiyaning bu urushda betaraf boʻlishi toʻgʻrisidagi va’dalarini oldi. Urushning dastlabki kunlaridayoq, Avstriyaning ojizligi sezilib qoldi. 1866-yil 3-iyulda Sadova yonida avstriyaliklarga qattiq zarba berildi. Bu bilan Avstriyaning bundan keyin Germaniyani birlashtirish ishiga da’vogar boʻlmasligi masalasi hal etildi. Avstriya-Prussiya yarash bitimi 26-iyulda Nikolsburgda, sulh shartnomasi esa 23-avgustda Pragada imzolandi. Urush natijasida Prussiya oʻz hududini ancha kengaytirdi va u boshchiligida Shimoliy german davlatlari ittifoqi tashkil topdi. Avstriya bu ittifoqdan chetda qoldi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |