[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Amir Hamza jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Amir Hamza jome masjidi
Amir Hamza
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Abdulahad domla Saidjaxanov
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Amir Hamza jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Amir Hamza jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Zafar shaharchasi, Taras Shevchenko koʻchasi 12-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Abdulahad domla Saidjaxanov hisoblanadi.

Amir Hamza jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 7-avgust kuni roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Masjidning Amir Hamza deb nomlanishiga sabab shuki, masjid qurilish ishlari yakuniga yetgan yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi sobiq raisi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari kelganlarida ularning tavsiya va koʻrsatmalari asosida masjidga Amir Hamza nomi berilgan. Masjid Bekobod tumanining Oʻzbekiston jamoa xoʻjaligi markazida joylashgan edi. 1989-yili Bekobod tumani markazi boʻlgan Zafar shaharchasiga qarashli Boʻston mahalla fuqarolar yigʻinidagi masjidning sobiq imomi Nishonov Abdurauf maxsum va Bekobod tuman komunistik partiyasining sekratari Sharipov Jahongirlar tashabbusi bilan kuchirib kelindi va u yerdagi eski bino yangidan namozxonlar uchun taʼmirlanib namoz ibodati ado etila boshlandi. 1990-yili Amir Hamza jome masjidi uchun tuman ijroiya qumitasining qaroriga binoan maxsus yer maydoni ajratib berildi, hamda, shu yili jome masjid qurilishida masjid imomi Nishonov Abdurauf va boshqa mahalla faollari ishtirokida 1993-yili xalq hashari bilan qurib bitkazilgan. Amir Hamza jome masji 1998-yil Toshkent viloyati Adliya boshqarmasidan qaytadan roʻyxatdan oʻtgan. Masjidning birinchi imomi Nishonov Abdurauf maxsum 1993-yilgacha boʻlgan, soʻngra, 1993-yildan 2004-yilgacha Abdulaziz domla, keyinchalik esa 2004-yildan 2011-yilgacha Nishonov Maxmudjon domla, hozirda Saidjaxonov Abdulahad jome masjidning imom-xatib vazifasini bajarib kelmoqdalar[3].

  1. „ДАЛВАРЗИН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info/. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  3. „АМИР ХАМЗА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.