[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Almati (viloyat)

Koordinatalari: 45°0′0″N 78°0′0″E / 45.00000°N 78.00000°E / 45.00000; 78.00000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Almati viloyati
Алматы облысы

Gerb
Gerb
viloyat
Maʼmuriy markazi Taldiqoʻrgʻan
Asos solingan sanasi 10-mart 1932-yil
Akim Musaxanov Ansar Tursinkanovich[1]
Aholi (2013)
1,966,786[2]
(10,8 % ,  (2-oʻrin)
Zichligi 8,7 kishi./km²
Millatlar tarkibi qozoqlar – 64,7 %
ruslar – 17,5 %[3]
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 223 911 km² (8,2 %, 5-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 727 xx x-xx-xx Almati hududi
+7 728 xx x-xx-xx Taldiqoʻrgʻan hududi
Pochta indeksi 04 xxxx[4]
Avtomobil raqami kodi V,B,05
Rasmiy sayti http://zhetysu-gov.kz
Xaritada
Almati viloyati xaritada
45°0′0″N 78°0′0″E / 45.00000°N 78.00000°E / 45.00000; 78.00000

Almati viloyati — Qozogʻiston Respublikasining janubiy-sharqida joylashgan. Maydoni 224,0 ming km2. Viloyat tarkibida 16 tuman va 3-ta viloyatga qarashli shahar (Qapchagʻay, Taldiqoʻrgʻan, Tekeli) bor. Aholisi 1,946,627 kishi (2013). Markazi — Almati shahri. Almati viloyatining gʻarbida Jambul, shimolida Balxash koʻli orqali Qaragʻandi, shimoliy-sharqida Sharqiy Qozogʻiston viloyatilari bilan, sharq tarafida Xitoy bilan, janubida Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. 11 maʼmuriy tuman, 4 shahar va 6 shaharcha bor. Markazi — Taldiqoʻrgʻan shahri. Muhim avtomobil yoʻllari: Almati — Qaskelen — Bishkek, Almati — Talgʻar — Chilik — Norinkoʻl, Olmaota — Ili — Taldiqoʻrgʻan. Balxash koʻli va Ili daryosida kema qatnaydi. 16 oliy oʻquv yurti, teatrlar, muzeylar bor. Olmaota yonida turistik bazalar, togʻ kurortlari, „Medeo“ sport majmui joylashgan[5].

Almati viloyatining eri qadimdan Sak, Uysin, Qangli qabilalarining, Ulu juz qozoqlarining ota makoni boʻldi. 19-asrning oʻrtalarida Jetisuvni Chor Rossiyasi oʻz tarkibiga qoʻshib oldilar. 1848-yili 10-yanvarda mustamlaka qilish tuzulishi — Katta Oʻrda pristavligi tashkil topdi. U 1856-yili Olatov okrugi deb ataldi. 1867-yili Turkiston general-gubernatorligi tashkil topganda hozirgi Almati viloyatining ancha qismi Verniy vezi atalib, Jetisuv viloyatining tarkibiga kirdi. Shu bilan birga markazi Verniy (Almati) qamali boʻlib belgilangan yangi viloyatga Jarkent, Qapal, Sergiopol, Toʻqmaq, Istiqkoʻl vezderi kirdi. 1882 — 97-yillari Jetisuv viloyati Dala general-gubernatorligiga qaradi. 1897-yildan boshlab u Turkiston general-gubernatorligining, 1918 — 24-yillari Turkiston AKSRning tarkibida boʻlib keldi. 1924-yili Markaziy Osiyoda olib borgan milliy-territoriyalik chegara boʻlish natijasida Jetisuv viloyatining qozoq qishloqlari Qozoq AKSRning tarkibiga kirdi. 1929 — 32-yillari Almati okrugi deb nomlandi. 1932-yilning 10-martida Almati viloyati boʻlib qaytadan tashkil topdi. 1944-yili 16-martda Almati viloyatidan Taldiqoʻrgʻan viloyati ajralib chiqdi. Taldiqoʻrgʻan viloyati 1959 — 67-yillari Almati viloyatining tarkibida boʻlib, 1967-yili 23-dekabrda qayta boʻlindi. 1997-yili 22-aprelda Taldiqoʻrgʻan viloyati tarqatilib, uning tumanlari Almati viloyatiga qoʻshildi.

Viloyatni boshqarganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
FIO Boshqargan yillari
Ashimov Bayken Ashimovich 1968-1970
Sadvaqasov Bimende Sadvaqasovich 1970-1972
Alibayev Aripbay Alibaevich 1972-1978
QUSAIINOV Sakan Qusainovich 1978-1982
Tinibayev Abubakir Alievich 1982-1987
Anufriyev Vladislav Grigorevich 1987-1989
Jigulin Anatoliy Sergeyevich 1989-1990
Tursunov Sagʻinbek Toʻqabayevich 1990-1993
Aximbetov Serik Aximbekovich 1993-1996
Oʻzbekov Oʻmirbek Oʻzbekovich 1996-1997
Qulmaxanov Shalbay Qulmaxanovich 2001-2005
Umbetov Serik Abikenovich 2005-2011
Musaxanov Ansar Tursinxanovich 2011-2014
Batalov Amandiq 2014-hozirgi kunda

Viloyat iqtisodiyotida rivojlangan qishloq xoʻjaligi va yaylov chorvachiligi bilan birga har xil sanoat tarmoklari bor. Metallsozlik va murakkab mashinasozlik, yengil (toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik, koʻn-poyabzal va boshqalar), yogʻochsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmoqlari rivojlangan. Viloyat energetikasi daryo gidroenergiya resurslariga (Qopchigʻay GES, Olmaota GESlar kaskadi) va Qaragʻandi havzasi koʻmiriga asoslanadi. Sanoat korxonalarining asosiy qismi Almatida joylashgan. Talgʻar shahrida kigiz bosish va tikuvchilik fabrikalari, spirt zavodi, Burunday shaharchasida shakar-qand va gʻisht zavodlari, Qopchigʻay shahrida temir-beton konstruksiyalar zavodi bor.

Almati viloyatida qisman sugʻorib va qisman sugʻormasdan dehqonchilik qilinadi. Sugʻoriladigan yerning 80 % ga yaqiniga ekin ekiladi. Bugʻdoy, arpa, suli, tariq, makkajoʻxori, sholi, har xil dukkaklilar va yem-xashak ekinlari (asosan, beda), sabzavot, texnika ekinlari ekiladi. Qand lavlagi, tamaki, meva, uzum yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy va echki, ot, parranda boqiladi. Togʻ etaklarida, Olmaota atrofida qishloq xoʻjaligi shahar aholisini mahsulotlar bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyat shimolida yaylov chorvachiligi (goʻsht-moy va goʻsht-jun, qoʻychilik, tuyachilik), togʻlarning janubiy qismida yilqichilik, goʻsht va goʻsht-jun (arharmerinos qoʻylari boqish) chorvachiligi rivojlangan. Balxash koʻli va Ili daryosida baliq ovlanadi.

Viloyat koʻp millatli hisoblanadi. Viloyatda 2012-yilgi maʼlumotga qaraganda 2 021 362 kishini tashkil qilibdi. Viloyatning milliy tarkibi quyidagi jadvalda:

Aholining milliy tarkibi
(hozirgi vaqtda[6]):[7][8]
Aholi soni
1989-yil[6]
%[6] Aholi soni
1999-yil
% Aholi soni
2010-yil
%
umumiy 1642917 100,00 % 1558534 100,00 % 1692951 100,00 %
Qozoqlar 741737 45,15 % 926137 59,42 % 1094934 64,68 %
Ruslar 518315 31,55 % 339984 21,81 % 293445 17,33 %
Uygʻurlar 128057 7,79 % 140725 9,03 % 155158 9,16 %
Turklar 18352 1,12 % 28187 1,81 % 32221 1,90 %
Ozarbayjonlar 18922 1,15 % 16073 1,03 % 19237 1,14 %
Koreyslar 18483 1,13 % 17488 1,12 % 16331 0,96 %
Kurdlar 8966 0,55 % 13264 0,85 % 15348 0,91 %
Tatarlar 19551 1,19 % 15647 1,00 % 14620 0,86 %
Olmonlar 94123 5,73 % 18927 1,21 % 12835 0,76 %
Ukrainlar 29971 1,82 % 13512 0,87 % 8942 0,53 %
Chechenlar 9304 0,57 % 6091 0,39 % 6352 0,38 %
Oʻzbeklar 736 0,04 % 2650 0,17 % 3441 0,20 %
Qirgʻizlar 1536 0,09 % 1231 0,08 % 2409 0,14 %
Yunonlar 5016 0,31 % 2052 0,13 % 1767 0,10 %
Dunganlar 570 0,03 % 1542 0,10 % 1765 0,10 %
Polyaklar 2909 0,18 % 2106 0,14 % 1632 0,10 %
Beloruslar 4721 0,29 % 2053 0,13 % 1443 0,09 %
Mesxetin turklari 1261 0,08 %
boshqalar 40000 2,43 % 37791 2,42 % 11071 0,65 %

Almati viloyati shimoliy qismining iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq (yanvarning oʻrtacha harorati — 9 dan −10 °C gacha), yozi issiq (iyulning oʻrtacha harorati 24 °C). Yillik yogʻin 100 mm dan (choʻdda) 1000 mm gacha (togʻlarda). Vegetatsiya davri 205-225 kun. Viloyatning shimoliy va shimoli-gʻarbida oqar suvlar deyarli yoʻq. Birgina Ili daryosi oqadi. Janubiy togʻ oldi qismlarida oqar suvlar koʻproq. Koʻpchilik daryolar togʻlardan boshlanib Ili daryosigacha yetib bormay, qumlarda tugaydi yoki sugʻorrplga sarf boʻladi. Togʻlarda chuchuk suvli kichik koʻl va mineral buloqlar koʻp. Almati viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida gilli qoʻngʻir tuproq, boʻz tuproq va shoʻrxoklar, Ili daryosi vodiysida qamish, saksovul oʻsadi, toʻqaylar uchraydi. Togʻlarda 600 m dan yuqorida shuvoqchalov betaga dashtlari; 800-1700 m balandlikda oʻtloq, 1500-1700 m da subalp oʻtloqlari mintaqasi boʻlib, igna bargli daraxtlar ham aralash oʻsadi. 2800 m dan yuqori qismi alp oʻtloqlari va butazorlardan iborat. Choʻllarda qum sichqoni, to-vushqon, jayran, yeliq, boʻri, tulki, boʻrsiq, Ili daryosi deltasida qobon, ondatra bor. Ilon, toshbaqa, kaltakesak, falanga, qoraqurt, togʻlarda bars, silovsin uchraydi. Balxash koʻli va Ili daryosida baliq koʻp. Orqa Ili Olatovi yon bagʻrida Olmaota qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda 16-ta tumanlar mavjud:

  1. Alakoʻl tumani — Usharal shahri
  2. Balxash tumani — Baqanas qishlogʻi
  3. Qaratal tumani — Uchtepa shahri
  4. Oqsuv tumani — Jansugurov qishlogʻi
  5. Sarqand tumani — Sarqand shahri
  6. Koʻksuv tumani — Balpiqbiy qishlogʻi
  7. Yeskeldi tumani — Qorabuloq qishlogʻi
  8. Kerbuloq tumani — Sarioʻzak qishlogʻi
  9. Panfilov tumani — Jarkent shahri
  10. Jambul tumani — Uzunagʻash qishlogʻi
  11. Ile tumani — Oʻtegen-Botir qishlogʻi
  12. Qarasay tumani — Qaskelen shahri
  13. Talgʻar tumani — Talgʻar shahri
  14. Yenbekshiqazaq tumani — Yesik shahri
  15. Uygʻur tumani — Chunja qishlogʻi
  16. Rayimbek tumani — Kegen qishlogʻi

Viloyatda 3 ta viloyat ahamitatiga ega shahar bor:

  1. Акимом Алматинской области назначен Анзар Мусаханов (Wayback Machine saytida 2011-09-01 sanasida arxivlangan)
  2. Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-03-01
  3. Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-29
  4. Почтовые индексы Казахстана, 2021-08-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-25
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  6. 6,0 6,1 6,2 V sovremennix granitsax Almatinskoy oblasti, vklyuchaya bivshuyu Taldi-Kurganskuyu oblast i isklyuchaya gorod Alma-Ata
  7. Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
  8. Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-29