Allegro
Allegro (ital. allergo — quvnoq, xushchaqchaq) — musiqada: 1) tez sur’at; 2) shu sur’atda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi. Odatda sonata, kvartet, simfoniya va boshqalarning 1-(baʼzan, 4 va boshqalar) qismi. Sonata Allergosi — sonata-simfonik turkumi bosh (birinchi) yoki soʻnggi qismining mumtoz tuzilmasi (qarang Sonata shakli). Oʻzbekiston kompozitorlari asarlarida keng ishlatiladi. Masalan, Ik. Akbarovning „Shoir xotirasiga“ poemasi, R. Hamroyevning 1-simfoniyasi (1-qism), „Maftuningman“ kinofil-mida Sharif qoʻshigʻi (M. Burhonov) va boshqa; baletda: 3) jadal ijro etiladi-gan mashqlardan tuzilgan mumtoz rake mashgʻulotining bir qismi. Turli ayla-nishlar va sakrash malakasini takomil-lashtirishga yordam beradi; 4) Yevropada sakrama va oyoq uchida yurish harakatlariga asoslangan mumtoz raqs. Barcha joʻshqin raqslar Allergo sur’atida yaratiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |