[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Adhamjon Ergashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adhamjon Abdullajon oʻgʻli Ergashev

Ergashev 2018-yilgi Osiyo Oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 12-mart 1999-yil (1999-03-12) (25 yosh)[1]
Navroʻzobod,Namangan,
Oʻzbekiston[2]
Boʻyi 158 cm[2]
Vazni 66.90 kg (147.5 lb)
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika
Klubi Oʻzbekiston milliy terma jamoa
Murabbiy(lar)i Mansurbek Chashemov
Bakhrom Abdumalikov[2]
Medallar
Sport mukofotlari
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Osiyo oʻyinlari
Bronza Jakarta 2018 62 kg
Osiyo chempionati
Oltin Manama 2022 67 kg
Oltin Toshkent 2020 67 kg
Islom birdamlik oʻyinlari
Oltin Konya 2021 67 kg
Yoshlar oʻrtasida Olimpiada chempionati
Bronza Nanjing 2014 56 kg
Yoshlar oʻrtasida jahon chempionati
Oltin Suva 2019 67 kg
Oltin Toshkent 2018 62 kg
Kumush Wroslaw 2015 62 kg

Adhamjon Abdullajon ugli Ergashev (1999-yil 12-martda tugʻilgan, Namangan) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari va 2014-yilgi ikkinchi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari gʻolibi.

Sportdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adhamjon Ergashev 1999-yil 12-martda Namangan viloyatida tugʻilgan. 2016[3], 2018[4] va 2019-yillarda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi.

2014-yilda oʻtkazilgan ikkinchi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida u bronza medalini qoʻlga kiritadi[5].

2015-yilda Xyustondagi jahon chempionatida u yakuniy 19-oʻrinni egalladi. Ergashev ikki yildan keyin Anaxaymda u 62 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida siltab koʻtarishda kichik bronza medali sohibiga aylanadi.

2018-yilda Jakartada oʻtkazilgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 62 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritadi.

2018-yilning noyabr oyi boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 62 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi yakuniy oltinchi oʻrinni egallaydi.

2019-yil sentyabr oyida Pattaya shahridagi  jahon chempionatida Adhamjon 67 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida tosh koʻtarishda (328 kg) kichik bronza medaliga sazovor bo'ladi. Yakuniy bayonnomada esa toʻrtinchi boʻldi.

Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida 67 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi ogʻir atletikachi Adhamjon Ergashev uzoqni koʻzlay olmadi, chunki saralash dasturida u faqat oltinchi natijani qayd etdi[6].

Oradan vaqt o'tib, 2021-yilda u “Shuhrat” medali bilan taqdirlanadi[7].

Asosiy natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Joy Vazn Urunish (kg) Halol & Chala (kg) Umumiy Oʻrni
1 2 3 Oʻrni 1 2 3 Oʻrni
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston nomidan ishtirok etyabdi
Olimpiada oʻyinlarida
2021 Yaponiya Tokyo, Yaponiya 67 kg 139 139 144 7 173 184 184 5 312 6
Jahon chempionati
2014 Qozogʻiston Almati, Qozogʻiston 62 kg 108 111 114 31 127 127 127 31 241 27
2015 Qoʻshma Shtatlar Houston, United States 62 kg 117 119 122 25 148 152 156 14 278 19
2017 Qoʻshma Shtatlar Anaheim, AQSh 62 kg 129 129 135 3rd 157 157 164 8 292 4
2018 Ashxobod  Turkmaniston 61 kg 132 133 136 JWR 4 157 160 166 10 293 JWR 6
2019 Pattaya  Tailand 67 kg 143 146 JWR 151 4 173 179 182 JWR 3rd 328 JWR 4
Osiyo oʻyinlari
2018 Indoneziya Jakarta, Indonesia 62 kg 128 133 136 2 158 162 165 4 298 3rd
Osiyo chempionati
2016 Oʻzbekiston Toshkent, Oʻzbekistan 62 kg 123 125 130 3rd 152 152 153
2017 Turkmaniston Ashxobod, Turkmaniston 62 kg 123 128 128 5 150 155 158 3rd 286 4
2021 Oʻzbekiston Toshkent, Oʻzbekiston 67 kg 140 140 140 5 170 176 181 3rd 316 3rd
2022 Bahrayn Manama, Bahrain 67 kg 134 138 138 1st 169 173 176 1st 314 1st
2023 Janubiy Koreya Jinju, Janubiy Koreya 67 kg 130 134 138 6 162 168 174 2nd 312 3rd
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati
2015 Polsha Wrocław, Polsha 62 kg 118 121 124 2nd 148 151 157 2nd 275 2nd
2016 Gruziya Tbilisi, Gruziya 62 kg 124 127 130 4 148 154 159 5 284 4
2018 Oʻzbekiston Toshkent, Oʻzbekiston 62 kg 125 130 135 1st 155 160 165 1st 295 1st
2019 Fiji Suva, Fiji 67 kg 136 136 141 1st 167 171 173 1st 314 1st
Qatar Kubogi
2018 Qatar Doha, Qatar 67 kg 134 139 142 1st 163 168 171 3rd 310 2nd
2019 Qatar Doha, Qatar 73 kg 136 141 141 8 167 174 6 310 6


  1. „ADKHAMJON ERGASHEV“. IOC. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  2. 2,0 2,1 2,2 Adkhamjon Ergashev (Wayback Machine saytida 2018-08-22 sanasida arxivlangan). asiangames2018.id
  3. „Results by Events“ (en). International Weightlifting Federation. 2019-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  4. „IRAWAN World Champion“ (en). International Weightlifting Federation (2018-yil 3-noyabr). 2019-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  5. „Bronze medalist Adkhamjon Ergashev of Uzbekistan in the men's weightlifting 56kg“ (en). International Olympic Committee (2016-yil 24-iyun). 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  6. Узбекистан на ОИ-2020: итоги второго дня uz.sputniknews.ru25.07.2021
  7. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXMII летних Олимпийских играх в городе Токио“. Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан (2021-yil 13-avgust). 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust.