zamin
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]za-min
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]fors. – yer, tuproq; mamlakat;
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1. Yer shari, Yer.
- Roʻyi zamin q. roʻy.
- Zaminu zamon Yeru osmon, hammayoq, koinot. ◆ Zaminu zamon oʻzgarib, maʼrifatga tomon bormoqda [dedi Islomxoʻja]. J. Sharipov, „Xorazm.“ ◆ Yoʻllar eltsin manzilga omon! Omon boʻlsin zaminu zamon. Shuhrat, „Yoshligimning davomi.“
2. Ekin ekiladigan yer. ◆ Bu qishloqning suvi toza, zamini unumli, havosi yoqimli, dehqonlarining qoʻli barakali ekan. Gʻ. Gʻulom, „Tirilgan murda.“
3. Muayyan hudud, yurt; umuman yer. ◆ Zotan, yangidan bunyod etilgan koʻrkam chamanzor, bogʻrogʻlar, yaxlit-yaxlit paxtazorlar Xorazm zaminiga jon bagʻishlaydi. N. Safarov, „Olovli izlar.“ ◆ Bir tomoni gʻallazor, bir tomoni tokzor yerlardan oʻtib borarkanmiz, shu zaminda tugʻilib, shu yerdan frontga ketgan J. Usmonovning maktubi yodimga tushdi. Nazarmat, „Joʻrlar baland sayraydi.“
- Ona zamin Tugʻilib yashab turgan joy, yer; jonajon yurt. ◆ Ona zaminimizning insoniyatga bebaho tuhfalaridan biri — dasturxon koʻrki hisoblangan bodomdir. Gazetadan.
4. koʻchma Asos, negiz. ◆ Xoʻjalik noz-nemat bunyodkorlari ayni kunlarda moʻl hosilga puxta zamin yaratmoqdalar. Gazetadan. ◆ Har bir ulugʻ ishning zamini — mehnat, Mehnat-la yaralur shoh asarlar ham. R. Bobojon.
5. koʻchma Qulay shart-sharoit, muhit; imkon. ◆ U Boʻtaboyga hozir bunday talab qoʻyib boʻlmasligini, buning uchun avval zamin tayyorlash kerakligini tushuntirmoqchi boʻlgan edi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari.“
6. koʻchma Tayanch, boshpana. ◆ Oxiri Abdurahmon choyxonanishin tavkagir va boboyi banglar orasidan oʻziga zamin topdi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon.“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ЗАМИН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
zamin
1 Земля (планета);
2 земля; грунт, почва;
3 перен. почва; предпосылка; ◆ zamin hozirlamoq подготавливать почву;
4 перен. основа, база; ◆ moddiy zamin yaratmoq создавать материальную основу (базу); ◆
- zaminu zamon поэт. = zamin-zamon.