xamirturush
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]xa-mir-tu-rush
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]XAMIRTURUSH Bu ot oʻzbek tilida 'unni suv yoki sut bilan qorib hosil qilingan yumshoq xom mahsulot' maʼnosini anglatadigan arabchä xamir otiga (АРС, 237) 'achit-' maʼnosini anglatadigan tojikcha turshidan feʼlining (ТжРС,*400) tursh hozirgi zamon asosini (ТжРС, 399) qoʻshib hosil qilingan boʻlib, tursh asosining rsh tovushlari oradigʻiga u tovushi kiritilgan (ТжРС, 418); 'xamirni oshirishga xizmat qiladigan achitki' (drojji) maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 315).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
arab. + fors. – xamirturush xamir achitqisi;
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi. ◆ Obi non (uy noni) tayyorlash uchun.. 40 g xamirturush kerak boʻladi. K. Mahmudov, „Oʻzbek tansiq taomlari.“
2 koʻchma Oʻgʻit, goʻng. ◆ Yer – xamir, oʻgʻit – xamirturush. Maqol.
3 koʻchma Biror narsaning boshlanishi, yuzaga kelishi yoki amalga oshishi uchun asos yoki dastak boʻladigan omil, poydevor. ◆ Yaxshidan bogʻ, yomondan dogʻ, – deganlaridek, hozirgi.. bogʻimizga ilk xamirturush tashlagan, qoʻling dard koʻrmagur shu ota boʻladi, — dedi rais. M. Nazarov, „Jilvon jilvalari.“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ХАМИРТУРУШ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
xamirturush
1 дрожжи, закваска (для теста.); ◆ yer - xamir, oʻgʻit - xamirturush посл. земля - тесто, удобрение - дрожжи; ◆ yerning xamirturushi удобрение; навоз; ◆ Yerni semirtirish, kuchini oshirish, baquvvat qilish uchun tuproqqa ham oʻziga xos xamirturush kerak (Ћ. Нуруллаев, «Химиямиз гиганти») Чтобы утучнить землю, сделать её сильной, почве требуется своя специфическая закваска;
2 спец. промежуточная стадия закваски теста;
3 перен. основа, начало; ◆ Davlatingizning boshi - xamirturushi qayerdan paydo boʻldi? (Айний, «Дохунда») А откуда взялась основа - начало вашего богатства?; ◆ Aʼzamjon toʻy qilaman deb, shu kunlarda kamxarjroq boʻlib yurardi. Omonat daftarchasida ham xamirturush qolgan, xolos (С. Аћмедов, «Бизнинг ёрни кўрган борми?») Агзамджан, хотел устроить свадьбу и в эти дни старался тратить денег поменьше. На сберкнижке у него оставалась только начальная сумма.