[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

vakil

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

va-kil

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. Jjij — ishonchli, vakolatli shaxe

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Biror kishi, muassasa, tashkilot va sh. k. nomidan ish koʻrishga vakolati boʻlgan, uning manfaatlarini koʻzlovchi va himoya qiluvchi shaxe.◆  Ikki vakil u mulladan keladi, Kelib qizning ixtiyorin soʻradi. "Al-pomish" .◆  Bir ozdan soʻng yuqoridan kelgan vakil bilan trest boshligʻi oʻzlarining ishlari-dan gap ochdi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .◆  Olim jami-yatning bir necha vakillari bilan Vengriyaga boradi. "Fan va turmush" .

Vakil ota Musulmonlarning nikoh marosimlarida kelin tomonidan tayin-lanadigan vakil shaxe (nikoh oʻqish, kuyov tomonning kelinga beriladigan mol-mulki va sh. k. larni kelishishda qatnashadi).

2 Biror davlat yoki tashkilotning vakolati bilan oʻzga ellarda uning nomidan ish koʻruvchi, uning manfaatlarini himoya qiluvchi lavozimli kishi, elchi.◆  Diplomatik vakil. Muxtor vakil. sht Men Zakaspiy hukumatining vakili Azizbek boʻlaman. K. Yashin, „Hamza“ .

3 Biror soha, ijtimoiy guruh, jamiyat va shu kabilarga mansub kishi; namoyanda.◆  Respub-likamizning har bir soha vakili 10 yillikni mehnatda ajoyib yutuqlar bilan kutib olmoqda. Gazetadan .◆  Davrada bir mahalla ki-shilari, ammo turli fan vakillari toʻp-langan edi. "Fan va turmush" .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ВАКИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

vakil
представитель, уполномоченный; делегат, посланец; ◆ ishonchli vakil доверенное лицо; ◆ jamoat tashkilotlarining vakillari представители общественных организаций; ◆ vakil boʻlmoq быть представителем, быть уполномоченным, представительствовать; быть делегатом; ◆ vakil yubormoq посылать представителя, посылать уполномоченного; ◆ vakil qilmoq уполномочить; делегировать.