tugun
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]tu-gun
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]TUGUN 'narsaning tugilgan yeri'; 'oʻrab tugilgan narsa'. Kir yoyadigan ipga t u g u n tushib holibdi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot ' tugun sol ' maʼnosini anglatgan tüg- feʼlidan (ПДП, 435; Devon, II, 28) —(ü)n qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, III, 308; Devon, I, 380; DS, 595); oʻzbek tilida ü unlilarining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: toʻg- + ün = tügün > tugun.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Arqon, ip, lenta va sh.k. narsalarning bogʻlab ulangan, tugilgan joyi. ◆ Arqonning tugunini yechmoq. Ipning uchiga tugun solmoq. Botinkaning ipiga tugun tushib qolibdi. Galstukning tuguni chiroyli chiqibdi. yashsh Uzilgan ip qayta ulansa ham, tuguni qoladi. Yurak ip emaski, qayta ulansa. A. Eshonov, „Bir ogʻiz soʻz“ . ◆ Kostyumni yechib, koʻrpachaga tashladim, galstukning tugunini boʻshatdim. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .
2 Oʻrab, boʻgʻchalab bogʻlangan narsa; boʻgʻcha. ◆ Adolat boshidagi tugunni, orqasidagi qop-chigʻini yerga qoʻyib, Shakarxonga qaradi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Uzoqda, siyrak da-raxtlar bilan qoplangan qiyalikda qop va tugunlar orqalagan ikki ayol va bir cholning qorasi koʻrinib qoldi. Oybek, „Quyosh qoray-mas“ . ◆ Qambarali aka tugunni yechdi, bir dasta nuqul yuz soʻmlik pulni koʻrib, kayfi uchib ketdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
3 koʻchma Kishi tana aʼzosida yoki boshqa narsada hosil boʻlgan tugunga oʻxshash narsa (q. tugun 1). ◆ Daryo qisqichbaqasining nerv sistemasida, chuvalchangdagi singari, yirik halqum ustki tuguni boʻladi. "Zoologiya" . ◆ Nerv tugunlari — oʻzaro birikkan neyron tana-chalarining toʻplamidir. "Odamning anato-miyasi va fiziologiyasi" .
4 koʻchma Umuman, hal etilmay, ochilmay, yechilmay, "tugun holda" boʻlgan narsa. ◆ -Mu-nozaralar vaqtida koʻp mushkul tugunlar ochilib, noaniq masalalar hal etilgay, — dedi alloma boshini koʻtarib. M. Osim, „Ibn Sino qissasi“ . ◆ Mening xavotir olgan joyim shuki.. bu voqealar tuguni bir kalladan chiq-qanga oʻxshaydi.. A. Muxtor, „Opa-singillar“ . ◆ Akbarov, Eshonboyev, Hakimov muammosi koʻnglida tugun boʻlib turar edi, endi bunga Gavhar orqali Toshev muammosi ham qoʻshilib, tugun yanada chigallashdi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ .
- Tugun oshi din. Odatda, xudoyiga qi-linadigan chuchvarali utra oshi, suyuq osh. Xom tugun etn. Qizni yigitga unashtirish uchun birinchi marta olib boriladigan narsa-sovgʻalar.
5 ad. Badiiy asarda voqeaning rivoj-lana boshlashiga sabab boʻlgan voqea, hodisa. ◆ Keling, arqonni uzun tashlab, sabrga erk beraylik yana. Zotan, har bir asarning tuguni bilan birga yechimi ham bor-ku? J. Abdullaxonov, „Toʻfon“ . ◆ Oyqizning psixologik holati roman markazida turgan muhim tugunki, uning yechimi uchun Oyqiz tipidagi.. boshqa bir shaxs.. ishtiroki talab qilinardi. "OʻTA" .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ТУГУН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ot
[tahrirlash]tugun (koʻplik tugunlar)
Ruscha ru
tugun
1 узел; ◆ tugunni yechmoq развязать узел; ◆ tugun tugmoq завязать узел;
2 узелок, узел, свёрток; ◆ tugunda nima bor? что есть в узелке?;
3 лит. завязка;
4 перен. то, что накопилось в душе; тайна; секрет; ◆ Qani, dilingdagi tugunni yech! (Ойбек,«О. в, шабадалар») Ну-ка, раскрой тайну, таящуюся в душе!; ◆
- tugun oshi суп с лапшой, перемешанной с пельменями (который раздавался прохожим с богоугодной целью).