[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

tom

Vikilug‘atdan olingan

Inglizcha (en)

Ot

tom

Talaffuz

  • (British) XFA: /tɒm/
  • (US) XFA: /tɑm/

Datcha (da)

Ot

tom

Talaffuz

Sifat

tom

  1. empty


Irlandcha (ga)

Ot

tom

Polyakcha (pl)

Ot

tom

Talaffuz

  • XFA: [t̪ɔ̃m]

Portugalcha (pt)

Ot

tom

Talaffuz


Shotlandcha keltcha (gd)

Ot

tom

Talaffuz

  • XFA: /t̪ʰɔum/


Slovencha (sl)

Ot

tom

Talaffuz

  • XFA: /ˈtóːm/
  • Ortografiya tonal: tọ̑m

Shvedcha (sv)

Ot

tom

Talaffuz

Sifat

tom

Oʻzbekcha (uz)

tom I

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tom

Aytilishi

Etimologiyasi

TOM ' binoning ustini bekitib turuvchi qismi'. Mingboshi t o m d a g i karnaychilarga "bas" isho— rasini hildi (Mirzakalon Ismoiliy). Bu ot qadimgi turkiy tilda tam tarzida talaffuz qilingan (ДС, 529); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: tam > tâm. Bu soʻz asli 'devor' maʼnosini anglatgan (Devon, I, 299; II, 206; III, 172). Mahmud Koshgʻariy bu soʻzni uy soʻzi bilan ham tarjima qilgan (Devon, III, 151). Tâm soʻzini ' uy' maʼnosida ishlatish oʻzbek tili shevalarida hozir ham mavjud. DSda qayd etilishicha, qadimgi turkiy tilda 'binoning ustini bekitib turuvchi qismi' maʼ-nosi tagʻam soʻzi bilan anglatilgan (526- bet); keyin — chalik bu soʻz tarkibidagi gʻa tovushlari talaffuz qilinmay qoʻygan boʻlsa kerak: tagʻam > tam > tâm.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Uyning, binoning ustini be-kitib turuvchi tepa qismi. ◆ Poy tom. Tunuka tom. Ikki nishabli baland tom. yash Asfalt yoʻllar, tunuka va shifer tomlardan qaynoq hovur koʻtarshshdi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“ . ◆ Keta-ketguncha yakkam-dukkam loysuvoq tomlar, devorlari toʻkilay deb turgan pastak uylarni koʻraverib, dilingiz xira tortadi. K. Yashin, „Hamza“ .

2 Baʼzi qurilmalarning qor-yomgʻir, quyosh va shu kabilardan himoya qiluvchi tepa qismi. ◆ Toʻlanboy Ikromjonning ahvolini koʻrib turganidan, u ham indamadi-da, ketdik, deb kabina tomini mushtladi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Hkkojw boshliq qori tizzaga uradigan kizil vagon tomiga chikib, atrofni kuzata bosh-ladilar. N. Safarov, „Jasoratning davomi“ .

3 shv. Uy, hovli-joy. ◆ Eshakka muguz bitsa, egasini suzadi, Tuyaga qanot bitsa, tomingni buzadi. Maqol . ◆ yaya Shunda borib, bir tomni ochdi — bari tillaga toʻla, bir tomni ochdi — kumushga toʻla. "Ravshan" . ◆ "..Dashti qipchoqlar boyisa, xotin oladi, turkiylar boy boʻlsa, tom soladi" [oʻylardi Masuma beka]. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

Tomdan tarasha tushganday q. tarasha. (Oʻzini) tomdan tashlaydi Biror narsaga juda oʻch, oʻlarmon odam haqida aytiladigan ibora. ◆ Ichkilik boʻlsa, Joʻra oʻzini tomdan tashlaydi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ ..pul desa, oʻzini tomdan tashlaydigan bu taʼviya-ning na doʻsti bor, na joʻrasi. J. Sharipov, „Xorazm“ .

Sinonimlari

Antonimlari

tom II

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tom

Aytilishi

Etimologiyasi

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

[a. — toʻla, toʻliq, butun;

mukammal] kt. 1 sft. Toʻla, toʻliq. ◆ Mufti... kotibining chizgan rejalarini amalga oish-rishga tom ixlos bilan koʻndi. A. Hakimov, „Ilon izidan“ . ◆ Qoʻltigʻimdagi anordan bit-tasini olib, yorigʻidan ikkiga ajratib, ikki qoʻlim bilan siqib, tom ishtaha bilan yeyishga tushdim. Gʻ. Gʻulom, „Shum bola“ . ◆ [Ha-sanali] Xoʻjasi Yusufbek hojiga, ayniqsa, xoʻjazodasi Otabekka itoat va ixlosi tom boʻlib, buning evaziga ulardan ham ishonch va hurmat koʻrar edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Darajai tom Toʻliq daraja, kamolot darajasi. ◆ Maʼlumotim darajai tomga erish-gan boʻlsa ham... yozmoqda qiynalamen. Oybek, „Navoiy“ . Tom maʼnosi bilan Toʻliq, chin maʼnosi bilan. ◆ Farmonov tom maʼnosi bilan "shjtimoiy odam" boʻlib, butun hayoti kol-lektivda, idora, majlisda, minbarda oʻtgan. A. Muxtor, „Chinor“ .

2 rvsh. Butunlay, tamomila, batamom. ◆ Qulogʻim tom bitdi. n ◆ -Taqsir, — dedi Fo-zilhaq Azizulxon sigaret chekib.. Muxtor Hasanga qarab, — pinakka ketganday tom mahliyosiz. Oybek, „Nur qidirib“ . ◆ Mendek odamning ogʻzidan bunday gapning chiqishi Sizni tom qayron qilishini bilaman. Sh. Xolmirzayev, „Qil koʻprik“ .

Sinonimlari

Antonimlari

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tom

Aytilishi

Etimologiyasi

III yun. tomos — boʻlim; boʻlak, qism

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

Bir necha kitobdan iborat asar, asarlar toʻplami, muqovalangan xujjat va shu kabilarning har bir ayrim kitobi; jild. ◆ Lugʻatning birinchi tomi. Toʻplamning uchinchi tomi, n ◆ Yoʻldosh kirganda, Poʻlat deraza rafida tizzasini quchoqlab oʻtirar, stolda, yostigʻi ustida meditsina ensiklopediyasining tom-lari sochilib yotar edi. A. Muxtor, „Chinor“ . ◆ Tergovchi Qosimov yana taxlab qoʻyilgan ji-noiy ish tomlarini varaqlashga tushib ketdi. "Mushtum" .

Sinonimlari

Antonimlari

ТОМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

tom (koʻplik tomlar)

OʻTIL