tikmoq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]tik-moq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]TIK— ' igna bilan choklab biriktir—'. Daqlizda Hasanali uzilgan ot asboblarini ulab t i k a r e d i (Abdulla Qodiriy). Qadimgi turkiy tilda ham shunday talaffuz qilingan bu feʼl ' bir narsani boshqa narsaga kirit-', 'qada-' maʼnosini anglatgan tik- feʼlidan (ДС, 558: tik- III) maʼno taraqqiyoti (maʼnoda torayish, xoslanish) natijasida ajralib chiq-qan: tik- I (ЭСТЯ, III, 226: 'umuman kirit^', 'tiq—') —> tik— II (ЭСТЯ, III, 228: ’igna tiqib, ip bilan birlapggir-').
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Igna-ip bilan choklab ula-moq, biriktirmoq; shu yoʻl bilan biror narsa tayyorlamoq. ◆ Yarani tikmoq. Qopning ogʻzini tikmoq: Qalpoq tikmoq. Etik tik-moq. n ◆ Dahlizda Hasanali uzilgan ot as-boblarini ulab tikar edi. A. Qodiriy, „Utgan kunlar“ . ◆ Dshlbar ham sizga atab bir chi-royli roʻmolcha tikdi. S. Zunnunova, „Yangi direktor“ . ◆ Fotima opa har xil qiyqindi-lardan olib, qoʻgʻirchoqqa koʻylakcha tikib berdi. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ .
2 Oʻrnatmoq, qadamoq; qurmoq. ◆ Bayroq tikmoq. sht Ularda imorat-bino yoʻq edi, hammasi oʻtov tikib oʻtirishar edi. "Boʻ-takoʻz" . ◆ ..maysalar ustiga chodir tika bosh-lashdi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .
3 Ekmoq, qadamoq. ◆ Yerga urugʻ tikmoq. Chigirtkalar ekin yer, ekmay-tikmay, tekin yer. Maqol . n ◆ Kun isishi bilan.. ariqlar qurigan. Moʻl hosshi undirmoq niyatida ekin tikkan dehqon bor suvni, oltin tortganday, misqollab sarflaydi. J. Abdullaxonov, „Toʻfon“ .
4 Bolalar oʻyinida: ganakni maʼlum tar-tibda terib qoʻymoq, joylamoq. ◆ Ikkitadan yongʻoq tikmoq.
5 Qimorda: oʻyinga pul yoki boshqa narsa qoʻymoq. ◆ Otasi oʻlib, katta merosga ega boʻlgan boyvachchalarning koʻpi.. pul tikib, xoʻroz urishtirib rohatlanar edi. M. Muhammad-jonov, „Turmush urinishla/sh“ . ◆ Boy beradi-yu, oʻzi yutmaguncha oʻyinni toʻxtatmaydi, hech narsasi qolmaganda, butun aʼzolarini bit-ta-bitta tikaveradi, qoʻli, burni.. boring-ki, zanjirlab tashlang, bari bir oʻynaydi. A. Muxtor, „Opa-singillar“ .
6 Turli oʻyin va musobaqalarda: gʻolib-lar uchun, yutuq sifatida biror narsa ata-moq, oʻrtaga qoʻymoq. Men hammalaringning guvohliklaringda musobaqaga bir qoʻy ti-kaman. N. Safarov, Don.
7 koʻchma Baʼzi soʻzlar bilan birikib, shu soʻz ifodalagan narsani (biror shaxs yoki narsa uchun) baxshida etish maʼnosini bildiradi. ◆ Hamrohlarim oʻz jonini tikib boʻl-sa-da, gʻalabani taʼmin etdilar. N. Safarov, „Olovli izlar“ . ◆ Men butun dunyomni Rah-monqulga tikkanman.. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . ◆ Shunday yaxshi kunlar kelishi uchun kurashgan, choʻlni boʻston qilishga hayotini tikkan odam-larni eʼzozlaymiz. "Oʻzbekiston qoʻriqlari" .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ТИКМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.