[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

texnika

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tex-ni-ka

Aytilishi

Etimologiyasi

|yun. technike - mohir, usta < techne — sanʼat, mahorat

Ot

texnika (koʻplik texnikalar)

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Jamiyatning inson faoliyatidagi ishlab chiqarish ja-rayonlarini amalga oshiruvchi va noishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xizmat qiluvchi vositalar yigʻindisi. ◆ Ilgʻor texnika. Aviatsiya texnikasi. Paxta terish texnikasi. Texnika fanlari. Texnikadan unumli foy-dalanmoq. n ◆ Dushman Oryol va Belgorod rayonlariga.. bu kungacha hech qaysi frontda koʻrilmagan yoki oz koʻrilgan texnikani taxt qilib qoʻygan edi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ . ◆ Jabborov texnikani yana bir sidra koʻzdan kechirish uchun besh kun imkoniyat borligini aytdi. N. Hayitqulov, „Yer tafti“ . ◆ Bizning zamonamiz ishlab chiqaruvchi kuchlarning shiddat bilan rivojlanishi, fan va texnika taraqqiyotining tezlashishi bilan xa-rakterlanadi. "Fan va turmush" .

2 Ishlab chiqarishning biror sohasida qoʻllanadigan mashina, mexanizm, asbob, qurol, moslama va sh.k. lar majmui.

3 Biror ish-faoliyat yoki harakat turida orttirilgan mahorat darajasi, malaka va koʻnikmalar yigʻindisi; sanʼat, mahorat. ◆ Su-zish texnikasi. Qurshshsh texnikasi. Sport texnikasi. Balet texnikasini egallamoq.

Texnika ekinlari Hosili sanoat uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan ekinlar (maye. paxta, zigʻir, kanop, qand lavlagi, kungaboqar va sh.k.). Xavfsizlik texnikasi yoki texnika xavfeizligi Ishlab chiqarish-da halokat va falokatlarning oldini olishga qaratilgan ish usullari va vositalari tizimi. ◆ Kommunal xoʻjalik idoralari texnika xavfeizligi yuzasidan gʻamxoʻrlik qi-lishlari darkor. Gazetadan .

Sinonimlari

Antonimlari

ТЕХНИКА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

texnika
техника; // технический; ◆ ilgʻor sovet texnikasi передовая советская техника; ◆ sport texnikasi спортивная техника; ◆ dushmanning jonli kuchi va texnikasini tor-mor qilmoq громить живую силу и технику врага; ◆ texnika instituti технический институт; ◆ ishning texnika tomoni техническая сторона дела; ◆ texnika ekinlari с.-х. технические культуры; ◆ texnika tezligi техническая скорость; ◆ texnika termini технический термин.

Ozarbayjoncha (az)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tex-ni-ka

Aytilishi

Ot

texnika