[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

risola

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ri-so-la

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

[a. — yuksak vazifa, vakolat; maktub, noma; ilmiy asar, maʼruza; xat-xabar]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 tar. Biror kasbga, sohaga va uning tartib-qoidalariga oid kitobcha, yoʻriqnoma, nizomnoma. ◆ Temirchilar riso-lasi. Koʻnchilar risolasi. yash Miskarlar, tunukasozlar koʻp antiqa gaplarni, har qaysilari oʻzlarining.. risolalarini yaxshi biladilar. Oybek, „Bolalik“ .

2 Ayrim masalalarga bagʻishlangan ilmiy asar, kitob. ◆ [Vosifiy:] Rost aytdin-giz, shayx Bahlul! Yaxshi nom kitobning husni turur. Kitobxon risolaning nomigʻa qarab sotib olur, mazmunigʻa qarab baho berur. M. Osim, „Zulmat ichra nur“ . ◆ Baxtiyor hayotning risolasiga Debocha boʻlolgay albatta farzand. S. Abdulla .

3 Kichik hajmli kitob, broshyura. ◆ Lotin alifbosi haqida risola. Odob-axloq haqida kichik risolalar sotuyeda koʻp.

Risolaga toʻgʻri kelmaslik Talab, meʼyor-ga javob bermaslik, belgilangan tartibga muvofiq boʻlmaslik. ◆ Lekin taklif ilgari-roq manzirat qilingan, byurodagi torti-shuvdan soʻng esa rad etish risolaga sira toʻgʻ-ri kelmasdi. J. Abdullaxonov, „Xonadon“ .
Risoladagi(dek) Risolada koʻrsatilganiga juda mos; talabga, meʼyorga javob beradi-gan darajada, haqiqiy, rasmana. ◆ Qorachadan kelgan epchil Mahkamboy aka maslahat osh-lari tepasida turgani uchun, har bir toʻy va maʼraka risoladagidek oʻtardi. M. Osim, „Tilsiz guvoh“ . ◆ [Direktor Aʼzamga:] Men qiz-ni surishtirdim. Risoladagi qiz.. Qani, toʻy-ni qachon qilamiz. Shuhrat, „Jannat qidir-ganlar“ . ◆ Moʻʼjaz favvora, shiypon, uylarning joylanishi — hammasirisoladagidek. T. Malik, „Shaytanat“ . ◆ Ular oʻzlariga berilgan top-shiriqni risoladagidek oʻrinlatishga inti-lishyapti. Gazetadan .

</a>zztd^

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

РИСОЛА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

risola
1 ист. устав ремесленного объединения (цеха);
2 трактат, послание;
3 уст. брошюра; ◆ 

  • risoladagi разг. настоящий; ◆ ...Agar ot tanisang, risoladagi saman - shu (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») ... Если ты разбираешься в лошадях, то вот это и есть настоящий савраска.