qolip
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]qo-lip
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash][ arab. - andaza; qolip; quy-ma shakl ]
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Tikiladigan poyabzalning ichiga qoʻyiladigan va uning katta-kichikligini, shaklini belgilaydigan moslama. ◆ Yogʻoch qolip. Qirqinchi qolip. Etikni qolipga tortmoq. ◆ Uning.. katta boshida xuddi qolipga tortilgan mahsiday tarang turgan chust doʻppisi ham bor edi. P. Tursun, „Oʻqituvchi.“
2 Amaliy sanʼatda: bezak naqshni qoʻyib (tortib), bosib yasash uchun ishlatiladigan maxsus shakldagi moslama; andaza.
3 maxs. Quyma detal yoki mahsulotga shakl beradigan moslama. ◆ G'isht qolipi. Sovun qolipi. Qozon qolipi. Qolipga detal quymoq. ◆ Ayvonda sovunlarning qolipiday qotib qolgan oʻrtoq Mehmonov bu soʻzlarni eshitar ekan, qoʻlini paxsa qilib, xotiniga oʻkira ketdi. S. Abdulla, „Obroʻyim toʻkiladi.“
4 koʻchma Andaza, shablon. ◆ Bir qolipdagi gap. Bir qolipda qurilgan imoratlar. ◆ Ochigʻini aytsam, ularni bir qolipda ishlashdan chekinishga majbur qilishgacha borib yetdik. Gazetadan.
5 koʻchma Had, chegara, meʼyor. ◆ Sinfda bordir bir xil Erkatoy, haddan oshgan, Shoʻxligi suyuqlashib, Qolipdan oshib-toshgan. H. Nazir . ◆ Odam taqdirini hal qilish uchun sizning qolipdan chiqqan savolingiz torlik qiladi. A. Muxtor, „Tugʻilish.“
- Gʻisht qolip(i)dan koʻchdi;
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҚОЛИП. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ot
[tahrirlash]qolip (koʻplik qoliplar)
Tillar
[tahrirlash]- Ozarbayjoncha: şablon
- Maoricha: tauira
- Moʻgʻulcha: загвар
- Ruscha: шаблон (shablon)
- Slovatscha: šablóna
- Slovencha: predloga
- Yoqutcha: халыып