qayiq
Etimologiyasi
[tahrirlash]QAYIQ 'suvda harakatlanishga xizmat qiladigan kichik yoʻlov vositasi'. Meni daryodan Umrzoh ota degan chol q a y i q d a oʻtkazib hoʻydi (Hamid Gʻulom). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli qaygʻuq (ПДП, 410; DS, 407), qaygʻïq (Devon, III, 190) tarzida talaffuz qilingan; keyinchalik oʻzbek ti-lida qaygʻïq shakli tarkibidagi gʻ undoshi talaffuz qilinmay qoʻygan, shundan keyin a unlisi ä unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: qaygʻïq > qayïq > qäyiq. Qaygʻïq soʻzi asli yasama : oxiridagi —q qismi — ot yasovchi qoʻshimcha; undan ol— dingi -gʻï qismi - feʼlga qoʻshilib, ' takror', kuchay — tirish maʼnosini ifodalovchi qoʻshimcha; qay— qismi esa qadimgi turkiy tildagi ' yonlamasiga kes—1 maʼnosini anglatgan qïy- feʼlining oʻzgargan shakliga teng (ДС, 406, 440): [(qïy- || qay-) + gʻï = qaygʻï-] + q = qaygʻïq >
qayïq > qäyiq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.