iz
iz
- iz
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
iz
Aytilishi
Etimologiyasi
IZ ’biror narsadan qolgan nishona (botiq joy, kir kabilar)’. Bu yerdan yuk mashinasi oʻtganligi i z i d a n koʻrinib turibdi. Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli ï:z tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, I, 649), oʻsha davrlardayoq ï: unlisining avval choʻziqlik (ДС, 221), keyinroq qattiq-lik belgisi (ДС, 216) yoʻqolgan: ï:z > ïz > iz.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1 Biror narsa sathida (yuzasida) boshqa narsaning tegishi, bosilishi va sh. k. natijasida undan qolgan, uni bil-diruvchi aksi. ◆ Barmoq izi. Oyoq izi. Gʻildi-rak izi. shsh Bu yerda giyoh ham qolmabdi. Fa-sat mol tuyoqlarining tartibsiz izlari koʻrinadi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . Sodiq: Boʻynidan boʻgʻilgan. | ◆ Nodir:] Panja izlari bor. N. Safarov, „Hayot maktabi“ . ◆ Tunda qalin yoqqan qor izlarni berkitishga ulgurgan edi. Gazetadan .
2 Biror narsadan yoki kimsadan qolgan asar, belgi. ◆ Hamma yoqda dahshatli zilzila izlari koʻrinadi: yiqilgan uylar, urilmagan devorlar, vayrona jinkoʻchalar.. M. Ismoi-liy, „Fargʻona t“ . o. ◆ -Samarqandda har qadam-da asrlarning izi bor, — dedi Ahrorov. Oybek, „O“ . v. shabadalar. ◆ Qotillar murdaning shagʻal tagida qolib ketib, umrbod izi yoʻqo-lishini moʻljallagandilar. Gazetadan . ◆ Rahim Saidov surishtirishga qaror qildi.. Balki izi chiqib qolar. Oʻ. Umarbekov, „Yoz yomgʻiri“ .
3 koʻchma Biror narsaning (uni ifoda-lovchi) kichik bir aksi; nishonasi. ◆ Yuzida eski goʻzallikning izlari hali saqlangan qirq yoshli xotin mehribonlik bilan qiziga qara-di. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ ..yuzlarida tabassum izlari koʻrina boshladi-yu, bir zum-da tarqalib ketdi. Oydin, „Hikoyalar“ .
4 Maʼlum yoʻnalishdagi harakat (yurish) tufayli yer sathida qoladigan uzun iz, yoʻl. ◆ U, oʻng tomonga qiyshaygancha ingrab, tepa-likka koʻtarilayotgan mashina izidan odim-lab ketdi. S. Karomatov, „Oltin qum“ . ◆ Soy-lik daryoning bahorgi toshqin vaqtidagi izi boʻlib, "Kichik daryo" nomini olgan, kichik daryo paydo boʻlganda, haligi toʻqay orolga ayla-nar ekan. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
5 Bosib oʻtilgan (oʻtilayotgan yoki keli-nadigan) tomon, yoʻl. ◆ Poyezdning qorasi oʻchguncha, moʻltirab qarab turdim, keyin yigʻ-lab-yigʻlab, izimga qaytdim. S. Siyoyev, „Yorugʻ-lik“ . ◆ Izingda termilib qoldi keksa chol, Koʻzda tavajjuhi, duosi tilda. A. Oripov, „Yil-lar armoni“ . ◆ Koʻzim izingga, qulogʻim tovu-shingga zor boʻlib oʻtiribman. Oybek, „O“ . v. shabadalar.
6 Ish-harakat, faoliyatdagi yoʻl, yoʻna-lish. ◆ Menham sizoʻsha tasvirini qilgan ta-barruk zotlar izidan boryapman. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Bu uyda ikki xotin olish bir rasm boʻlib qolgan ekan. Erim otasi, akasi izidan ketib, ustimga xotin olsa-ya.. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
7 Tramvay, poyezd va sh. k. gʻildiraklari ostiga (yurish uchun) yotqiziladigan maxsus kurilma. ◆ ..bu yigitlar olomonning oldiga tu-shib, temir yoʻlni bosdilar va bir soatda bir necha chaqirim temir yoʻlning iz va shpallarini buzib taishadilar. S. Ayniy, „Qullar“ .
- Iz olmoq Izni belgilamoq, topmoq. ◆ Poshsholikda iz oladigan izchilarni shahar-ning toʻrt tarafiga joʻnatdi. "Nurali" . Iz quvmoq 1) izidan (orqasidan) taʼqib qil-moq, iziga tushmoq. ◆ Suvonjon bir qadam ham chetga chiqmasdan, jilgʻaning ogʻzigacha iz quvibbordi. S. Anorboyev, „Oqsoy; 2) topish, aniqlash harakatida boʻlmoq“ . Izga tushmoq 1) oʻz yoʻliga tushmoq (daryo haqida); 2) toʻgʻ-ri, maqbul yoʻl (holat) kasb etmoq, tar-tibga tushmoq (ish, faoliyat haqida). ◆ Sher-bek qidirgan narsasini Toshkentdan topib kelgan, bu yerdagi ishlari izga tushib ketgan bir payt edi. S. Anorboyev, „Oqsoy“ . Izdan chiqmoq 1) yoʻlidan (izidan) chetga chiqmoq. ◆ Tramvay izdan chiqibdi; 2) tartibli yoʻli buzilmoq, „ish, faoliyati yomon tomonga oʻzgarmoq“ . ◆ Mehnat intizomi izdan chiqqan, hamma tarmoqda boshboshdoqlik, egasizlik hukm suryapti. "Mushtum" . ◆ Koʻzboʻyamachilik va xushomadgoʻylik yoʻliga oʻtib olib, qancha rah-barlar izdan chiqmadi, jamiyatga qancha za-rar keltirmadi. E. Yusupov, „Istiqlol yoʻlida“ . Iziga tushmoq 1) ayn. izga tushmoq ◆ Keyin hayot yana oʻz iziga tushib ketadi. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa; 2) taʼqib qilmoq, taʼqibida boʻlmoq“ . [◆ Saodat:\ Uying kuygur mirshablar izingga tushib quvladi-mi? Oybek, „Kutlugʻ qon; 3) bir yomon ish qilish yoʻliga tushmoq; payiga tushmoq“ . ◆ [Navoiy:\ Koʻrinib turibdiki, raqiblar izimga tushib, menga chuqur qazimoqdalar. M. Osim, „Ajdodlarimiz qissasi“ . Iziga qaytmoq 1) tezda kelgan yoʻliga (tomoniga, joyiga) qaytmoq. ◆ Borgin-u izingga qayt; 2) asl, „av-valgi holiga oʻtmoq (tushmoq)“ . ◆ Ishlar yana iziga qaytdi.
Sinonimlari
Antonimlari
ИЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
iz
- iz