istak
istak
- istak= =
istak I
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
is-tak
Aytilishi
Etimologiyasi
ISTAK Bu ot 'ushlab tur-' maʼnosini anglatadigan tojikcha istodan feʼlining (ТжРС, 169) ist hozirgi zamon asosiga (ТжРС, 167) -ak Koʻshimchasini (ТжРС, 543) qoʻshib hosil qilingan boʻlib, 'tok poyalarini bogʻlash uchun ishlatiladigan tol novdasi' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, I, 337). Izoxdi lugʻatda bu ot tojikcha ekani taʼkidlanmagan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
ISTAK ’xohish’. Mening istagimga harili chihmang. Bu ot qadimgi turkiy tilda ’xohla-’ maʼnosini anglatuvchi istä- feʼlidan -k qoʻshimchasi bilan yasalgan (Devon, I, 141): istä- + k = istäk.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1 Ehtiyoj his-sezgisi; xohish, mayl. ◆ Bunga istagi yoʻq. Istagi bor. Istak bildirmoq. Oʻz istagi bilan ish qilmoq. Is-tagiga qarshi chiqmoq. shsh Insonning erkiga toʻsqinlik qilish ham, uning istak va in-tilishini poymol qilish ham vahshiylik. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Lekin koʻnglida esa, koshki shunday boʻla qolsa, degan istak hukmronlik qilaredi. S. Zunnunova, „Gulxan“ .
2 Oʻzgaga qaratilgan, kimsaga nisbatan boʻlgan yaxshi niyat; tilak. ◆ Istak shuki, yosh avlod boʻlsin Kelgusining husni va naqshi. E. Rahim . ◆ ..choʻponni tabriklashdi, yaxshi istak-lar bildirishdi. Gazetadan .
Sinonimlari
Antonimlari
istak II
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
is-tak
Aytilishi
Etimologiyasi
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
- Tok poyalarini bogʻlash uchun ishlatiladigan novda (asosan, tol novda-si). ◆ Bogʻ ochilganiga birhafta boʻldi, bogʻbon-ning qoʻlida istak. S. Ahmad, „Kolxozda ba-hor“ . ◆ Uzoq oʻylab oʻtirmay, tut, qayragʻoch va tol kabi daraxtlardan istak chilpidim.. Istaklarni belbogʻimga qistirib, ishkomga kirdim. A. Qodiriy, „Jinlar bazmi“ .
Sinonimlari
Antonimlari
ИСТАК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
istak
- istak