[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

haqq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

haqq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. joo. — toʻgʻri, rost, chin, haq-qoniy; huquq; adolat; maj. xudo

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Haqi-qiy holatga mos; haqqoniy, rost. Har zamon "haq gap", "toʻgʻri" degan tovushlar eshiti-lar, qarsak koʻtarilar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Haq gapni gapirdingiz, amirzodam, juda haq! Ona rozixudo rozi.. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. ◆ Haqqin aytsam, ota-enam hozir bor.. "Erali va Sherali" .

2 Haqiqiy holat; haqiqat. Haq joyiga qaror topdi. m ◆ Shoʻx, yerga ursa bulutga sakraydigan, haqqa boʻyin egib, nohaqqa sak-rab ketadigan Sarsenboyning or-nomusi zoʻr edi. R. Fayziy, „Hazrati inson“ . ..gulzoru vay-rona, xanjaru andava.. haqu nohaq yonma-yon turibdi. Mirmuhsin, Meʼmor. ◆ Haqiqat er-takka evrilur erta, Ertaga afsona haqqa doʻnadi. "Sharq yulduzi" .

3 Shaxs bildiruvchi soʻzlar bilan qoʻl-lanib, haqiqatning shu soʻz bildirgan shaxs tomonida ekanini bildiradi. Men ham, Sultonov ham haq boʻlib chiqdik. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. Mahkam Zikir bilan toʻqnashuvda oʻzining haq ekanligiga ishonchi komil.. P. Qodirov, Uch ildiz. Har kasbdagi odamlar xat yozishibdi-yu, aksariyati Sobir-ni haq, xotinini nohaq, deb koʻrsatishibdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.

4 Biror narsa, ish-harakat uchun qonu-niy boʻlgan, talab, tartib-qoidaga toʻgʻri keladigan asos, erk-imkoniyat; huquq. Uning pensiya olishga haqi bor. Sizni ayblashga hech kimning haqi yoʻq. n Raisning magʻrurla-nishga haqi bor. Paxtaoʻzbek xalqining millii iftixori. N. Safarov, Olovli iz-lar. Ahmad hali oʻzini Rahim akalar qatori-ga qoʻshishga haqi yoʻq deb hisoblar, xiralik qshshay, oʻzini chetga tortib yurardi. F. Mu-sajonov, Himmat. ◆ Muzaffar zotlarga mo-tam nojoiz, Ularning haqqidir faqat if-tixor. A. Oripov, „Yurtim shamoli“ .

5 Huquq, qonun va sh.k yuzasidan biror kimsa yoki narsaga tegishli hissa, toʻlana-digan yoki olinadigan narsa. Elektr haqi. Kvartira haqi. sht Koʻrinishdan shunday moʻmin, goʻyo buzoqning haqi bor, deb sigir-ning sutini ichmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi. Misha, bergan sutim haqi qutqar, oʻlaman! "Mushtum". Zavod Gʻiyosiddin tilmochning no-miga oʻtgan, oqsoqolning unda endi qonuniy haqi yoʻq. S. Ahmad, Hukm.

6 Ish, mehnat, xizmat evaziga toʻlana-digan, olinadigan pul yoki boshqa narsa. Xizmat haqi. Ish haqi. n Akamni shuncha yil ishlatib, haqini bermadingiz. Oybek, Tanlangan asarlar. Ochdan oʻlmaslik uchun ertadan kechgacha kir yuvib, haqiga bir kosa kepak olib, non qilib yegan. P. Tursun, Oʻqi-tuvchi. Odamlarni ishlatib haq toʻlash, in-shoot uchun gishtu ganch, yogʻochlarni keltirish uning zimmasida. Mirmuhsin, Meʼmor.

1 din. Xudo, olloh, tangri, parvardigor (xudoning sifatlaridan biri). ◆ Haq taolo. tsh Borgin, emikdoshim, haqqa topshirdim! "Alpomish" . Oh tortsam, toʻkilar koʻzim-ning yoshi, "Haq!" deb chiqar gʻamli qulning tovushi. "Rustamxon".

8 (3-sh. egalik shaklida — haqi, haqqi) Biror ran, fikrning oʻzi boglanib kelgan soʻz anglatgan shaxe, narsa va shu kabilarni oʻrtaga qoʻyib aytilayotgani maʼnosini bildiradi. Kuying!.. Xudo haqi, tegmang.'U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Mana shu Qurʼon haqi, yoʻldan ozganlarni qatl qilish.. savobi azim-dir. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman. ◆ Mu-qaddas zamon haqqi, yoqa tutib aytaman: Qaniydi kuylayversang hamisha baxtni toʻ-lib. A. Oripov, „Yurtim shamoli“ .

9 (egalik va oʻ.-p. k. shaklida — haqida) koʻm. vazifasida. Qaratilganlik munosabatini bildiradi; toʻgʻrisida, toʻgʻrida. Paxta pla-nining bajarilishi haqida maʼlumot. 06-havo haqida maʼlumot. Majlisda sen ha-qingda yaxshi gaplar aytildi. n Front gazetasida Hasanov haqida yozilgan bir xabar hamisha choʻntagimda. T. Rustamov, Mangu jasorat.

Haq deb Biror narsaning yuz berishi, amalga oshuvini kutish, ilinjida boʻlish holatini bildiradi. ..uyiga kelsa-yu, koʻcha eshikda haq deb oʻtirgan rahmatlik onasiga yoʻliqsa.. ona unga savagʻich olib yugursa, nima boʻlardi?R. Fayziy, Hazrati inson. Fashist-ning snayperi ham quduqni nishonga olib, tun-kun haq deb kutardi. T. Rustamov, Mangu jasorat.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҲАҚҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

haq
1 истина, правда; // истинный, правильный, верный, правдивый; ◆ haq gap правдивые слова; правда; ◆ siz haq gapni gapirdingiz вы сказали правду; ◆ haq sizning tomoningizda правда на вашей стороне; ◆ haq joyiga qaror topadi погов. правда (всегда) победит;
2 правый; // правота; ◆ siz haq вы правы; ◆ bu masalada kim haq, kim nohaqligini bilish qiyin трудно установить, кто в этом вопросе прав и кто неправ;
3 право; ◆ bunga hech qanday haqingiz yoʻq на это у вас нет никакого права; вы не имеете никакого права на это;
4 что-либо, принадлежащее кому-либо по праву; ◆ menda qancha haqingiz bor? сколько я вам должен?; ◆ uning menda hech qanday haqi yoʻq я ему ничего не должен; ◆ haqingizni oldingizmi? получили ли вы то, что вам полагается (причитается)?; ◆ haqi mahr то, что принадлежит жене по наследству по праву махр (см. mahr);
5 плата, оплата, вознаграждение; ◆ ish haqi заработная плата; ◆ kira haqi 1) плата за проезд, за провоз; 2) плата за наём; ◆ mehnatga qarab toʻlanadigan haq сдельная оплата труда; ◆ ijara haqi плата за аренду;
6 рел. один из эпитетов бога; ◆ haqqa topshirmoq вверить богу;
7 в роли служебного имени: ◆ haqda, haqida о, об, обо, по поводу, относительно, касательно; ◆ bu haqda или ◆  shu haqda об этом, по поводу этого, по этому поводу; по этой части; ◆ ish haqida о работе; ◆ kitob haqida о книге; ◆ bu masala haqida об этом вопросе; ◆ haq iga по чьему-либо адресу; ◆ 

  • xudo haqi ей-богу; ради бога; ◆ haq deb kutmoq ждать (кого-чего-л.) с нетерпением.