gugurt
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]gu-gurt
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]GUGURT Bu ot ПРСda [gugärd] shaklida keltirilib, “sera” , “spichki” deb (430), ТжРСda goʻgird shaklida keltirilib, “sera” , “spichki” deb (110), OʻKAAQLda gugurd shaklida keltirilib, “spichki” deb (162) izohlangan. Koʻrinadiki, bu ot asli 'oltingugurt' maʼnosini anglatgan, keyinchalik “spichki” maʼnosi yuzaga kelgan. Oʻzbekcha gugurt otining tovush tarkibi bu otning yuqoridagi manbalarda keltirilgan tovush tarkibiga aynan emas: birinchi boʻginda oʻ emas, u tovushi kelishi ПРС va OʻKAAQL bilan bir xil, ikkinchi boʻginda a, i emas, u tovushi, oxirida d emas, t tovushi kelishi har uch manbadagidan farkli. Birinchi boʻgʻindagi u tovushiga monand ikkinchi boʻgʻinda ham i emas, u tovushi kelishi, oxiridagi d tovushining t tovushiga almashinuvi oʻzbek tilida mavjud tovush oʻzgarishlari qoidalari asosida voqea boʻlgan. Bu ot bilan oʻzbek tipida gugurt qutisi (gugurt qutichasi) birikmasi tuzilgan (OʻTIL, I, 195).
GutURTCHOʻP Bu qoʻshma ot gugurt otiga (q) asli 'daraxt' maʼnosini anglatgan, bu yerda 'kichkina ingichka tayoqcha' maʼnosi bilan qatnashayotgan chub otini (ПРСD67) qoʻshib tuzilgan; oʻzbek tilida chub oti tarkibidagi u tovushi oʻ tovushiga, b tovushi p tovushiga almashtirilgan; 'oʻt oldirish Uchun bir boshiga yonuvchi modda surkalgan choʻp' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, 1,195).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
f. j j$. j*. — oltingugurt; gugurt
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Bir uchiga qalpoqcha shaklida yonuvchi modda surtilgan choʻp; gugurtchoʻp. ◆ Tantiboyvachcha indamay qoldi. Papirosni labiga qistirib, bir qancha gugurtni chaqa-chaqa, bazoʻr yondirdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
2 Gugurt choʻplari solingan, yon tomoniga yondiruvchi modda surtilgan quticha. ◆ Starshina jangchilarga ikki yashik yondiruvchi shisha va bir qutidan gugurt tarqatdi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ -Yaxshiyamki, gugurt bor ekan. Otam bir necha quchoq xashak terib keldi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ГУГУРТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.