[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

choy

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

choy

"Nuwara Eliya" yaqinidagi o'rta balandlikdagi choy plantatsiyasi. "Nuwara Eliya" — 1900 m balandlikdagi plato. Ushbu plantatsiyalardagi Seylon qora choyi sitrusni eslatuvchi tiniq qalin hidga ega.
"Chamerion angustifolium". Bargning abaksiyal tomoni. "Skanografiya" orqali yaratilgan. To'plam D.Makeev.

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

[ t.f. xitoycha - cha ]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Bargi damlab ichiladigan, janubiy oʻlkalarda oʻsuvchi doimiy yashil buta daraxti, buta. ◆ Choy plantatsiyalari. Choy oʻsimligi 2-3 yoshlik boʻlganda, tuplarga shakl beriladi, yon shoxlar kesiladi. "OʻzME".

2 Shu oʻsimlikning quritib maxsus ishlangan, maydalangan, damlab ichiladigan barglari. ◆ Koʻk choy. Hind choyi. Seylon choyi. Gruzin choyi. Bir damlam choy. Choy quti. Koʻkragimda voyim qoldi, uch yumaloq choyim qoldi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli. ◆ Koʻk choyni koʻk choynakka damlab, koʻk koʻzli, koʻylagi koʻk Karimga berdimi? Tez aytish.

3 Shu oʻsimlikning maxsus ishlangan, maydalangan barglaridan damlangan xushboʻy ichimlik. ◆ Bir piyola choy. Achchiq choy. Issiq choy. Yaxna choy. Hindining ichgani asl choy boʻlar. "Gulnorpari".

4 Shu ichimlik bilan birga ovqatlanish. ◆ Ertalabki choy. Tushki choy. ◆ Sidiqjon choyni kutmay, ishga ketdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari.“ ◆ [Anzirat xola] Choy mahalida goh kulib, goh yigʻlamsirab, oʻzi, bolalari toʻgʻrisida gapirdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

Olma choy q. olma. Sut choy Sutli choy. Choy puli ayn. choychaqa. Choy qoshiq Osh qoshikdan kichikroq metall qoshiq. ◆ Murabbo ola turib, choy qoshiqni tushirib yubordim — kuyov buniyam sezdi. M. M. Doʻst, „Lolazor.“ Qora choy 1) qurugʻi qora tusda, damlaganda, toʻq qizgʻish rang chiqaradigan choy; 2) sutsiz choy.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ЧОЙ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

OʻTIL

choy
чай; // чайный; ◆ achchiq ~ чай крепкого настоя; ◆ koʻk ~ зелёный чай; ◆ famil ~ чёрный чай; ◆ quruq ~ сухой чай; ◆ ~ butasi чайный куст; ◆ ~ idish 1) = choydish; 2) чайница; ◆ ~ qoshiq чайная ложка; ◆ ~ quti чайница; ◆ ~ damlamoq заваривать чай; ◆ ~ qaynatmoq кипятить чай; ◆ 

  • ~ joʻxori бот. сорго техническое; ◆ ~ puli = choychaqa.