[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

boʻtqa

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

boʻt-qa

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

BOʻTQA ’bir necha tur donni qaynatib pishirilgan quyuq ovqat’. Moshxoʻrda qaynayverib b oʻ t q a g a aylanibdi. Bu ot eski oʻzbek tilidagi 'qorishtir-’ maʼnosini anglatgan bot- feʼlidan (ЭСТЯ, II, 201) -qa qoʻshimchasi bilan yasalgan (КРС, 148); oʻzbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan: bot- + qa = botqa > botqä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Guruch, bugʻdoy kabi donlardan qaynatib pishirilgan quyuq ovqat (halim, shavla, shirguruch kabilar).◆  Bir tariqdan boʻtqa boʻlmas. Maqol. a◆  -Toʻyga hech kimni chaqirmadik. Axir ikki tovoq bugʻdoy boʻtqa bilan qilingan toʻyni toʻy deb boʻladimi? — dedi chol. O. Husanov, Qoʻshiqchiningtaqsiri. /SaydJ Oʻrtoqlarining qistovi bilan boʻt-qadan bir necha qoshiq yeganday boʻldi. Y. Mu-qimov, Olov va nihollar.

2 Atalasimon quyuq narsa.◆  Qogʻoz boʻtqasi (qogʻoz sanoatida). shsh◆  Erigan shisha boʻtqasi puflash naychasiga emas, balki temir tayoq-chaga olinadi. M. Aminjonova, Shishaning kashf etil ishi.

3 koʻchma Chalkashtirib, aralash-quralash qilib yuborilgan narsa.◆  Biz madrasada arabcha, tojikcha soʻzlar boʻtqasini kavshash-dan boshqa narsani bilmas edik. M. Muham-madjonov, Turmush urinishlari.◆  Xayollaring boʻtqa butun oʻlda-joʻlda.. T. Toʻla, Asarlar.

Boʻtqa boʻlmoq 1) aralashib, ezilib, boʻtqa holiga kelmoq.◆  Koʻchaning loyi boʻtqa boʻlib ketibdi; 2) koʻchma aralash-quralash boʻlib ketmoq, chalkashmoq.◆  Hamma illat shundaki, Uktamjon keldi-yu, ish boʻtqa boʻldi. Oybek, O. v. shabadalar.◆  Toʻgʻrisini aytganda, tilimiz kundan-kunga oʻzimiz ham gangib qoladigan darajada boʻtqaga aylanib bormoqda. "Mushtum". Boʻtqasini chiqarmoq Ezib, majaqlab yubormoq, adabini bermoq.◆  Seni bugun bular boʻtqangni chiqarishmoqchi. I. Rahim, Ixlos.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

БЎТҚА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

boʻtqa

boʻtqa
1 каша;
2 спец. кашеобразная масса; ◆ qogʻoz boʻtqa бумажная масса;
3 перен. нечто путаное, беспорядочное; путаница, каша.