asir
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]a-sir
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]arab. – tutqun, bandi; maftun, shaydo;
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1. Urush vaqtida dushman qoʻliga tushib, ozodlikdan mahrum boʻlgan shaxs; bandi. ◆ Asir olmoq. Asir tushmoq. Asirlarni almashmoq. ◆ Turdiyev asirni toʻgʻri batalon shtabiga olib joʻnadi. Shuhrat, „Shinelli yillar.“ ◆ Qoʻrboshi qani? — deb soʻradi Botirali hamon qoʻl koʻtarib turgan asirlardan. H. Gʻulom, „Mashʼal.“ ◆ Toʻpxona qurilishida, biz bilan birga, asir tushgan avstraliyalik soldatlar ham ishlardi. A. Tolibov, „Haqiqat yengdi.“
2. koʻchma Tutqun, bandi holatida yashovchi shaxs. ◆ Toʻrt devor asiri boʻlib oʻtirgan ayollar bunday paytlarda kattakon bogʻda qafasdan chiqqan qush singari yayrar. X. Ahrorova, „Orifning davlati.“
3. koʻchma Biror kimsa yoki narsaga oʻzini butunlay topshirgan, uning "quli" holatidagi shaxs. ◆ Mana shu kundan boshlab Yoʻlchi shu qizning asiri, maftuni boʻldi. Oybek, „Tanlangan asarlar.“
- Asir qilmoq (yoki etmoq) 1) dushmanni qoʻlga tushirmoq, asir olmoq; 2) koʻchma oʻziga tortmoq, jalb etmoq, maftun, shaydo qilmoq. ◆ U [Halovat] xayol surib qoldi, eh, xayollar.. siz kishini asir etishga naqadar ustasiz. N. Orifjonov, „Halovat.“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]OʻTIL