[go: up one dir, main page]

Jump to content

firib

From Vikilug‘at

Oʻzbekcha (uz)

[edit]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[edit]

fi-rib

Aytilishi

[edit]

Etimologiyasi

[edit]

FIRIB Bu ot 'alda-',- 'laqillat-' maʼnosini anglatadigan tojikcha fireftan feʼlining fireb hozirgi zamon asosiga (TjRS, 411) teng boʻlib, oʻzbek tiliga e(ye) tovushini i tovushiga admashtirib olingan; 'qasddan aldash’, 'hiyla-nayrang' maʼnosini anglatadi (OʻTIL, II, 301).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

f. EDDOVCHI^ ZLDDMCHILIK^ - yoʻldan ozdirish; hiyla, makr

Maʼnoviy xususiyatlari

[edit]

Maʼnosi

[edit]

Kishini qasddan adashtirish, qoʻlga tushirish, aldash; hiylanayrang, makr. ◆ Ishing firib, hiyla ekan soʻzlaring, Yuzing konsiz, ola ekan koʻzlaring. "Ravshan". ◆ Uning chakchayganroq koʻzlarida muallim qandaydir shaytoniy firib va nafrat sezdida, alamdan qaltirab, devorga suyandi. Oybek, „Nur qidirib.“

Firib bermoq (yoki qilmoq) Nayrang ishlatmoq, aldamoq, qoʻlga tushirmoq. ◆ Nasim, koʻzingizni loʻq qilib, firib beradi. T. Murod, „Qoʻshiq.“ ◆ Goh kimningdir pinjiga kirib, Sezdirmasdan berardi firib. A. Poʻlkan, „Izhor.“
Firib yemoq Birovga aldanmoq, aldanib qoʻlga tushmoq; pand yemoq. ◆ Soddadillik qilib, firib yedi-yu, qahramonlik qilib, oʻzini oqladi. N. Safarov, „Jangchi shoir.“ ◆ Dushman firibin yema va maddoh xushomadin chindema. "Hikmatli soʻzlar".
Shaytonga firib beradi Hiyla-nayrangda shaytonni ham yoʻlda qoldiradigan, oʻtaketgan firibgar. ◆ Baʼzi birovlarday shaytonga firib beradigan makkor, ustomon boʻlgandan, aslida shunaka soddalik ham durust. S. Siyoyev, „Erkaklar ertagi.“

Sinonimlari

[edit]

Antonimlari

[edit]

FIRIB. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[edit]

OʻTIL

firib
obman; falьshь; podvox; naduvatelьstvo; ◆ firib bermoq obmanыvatь, naduvatь; ◆ firib yemoq obmanutьsya, bыtь obmanutыm; ◆ shaytonga firib beradi on i chyorta obmanet; on otʼyavlennыy plut.