avlod
[edit]
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[edit]av-lod
Aytilishi
[edit]Etimologiyasi
[edit]arab. أَوْلَاد — oʻgʻillar, bolalar, nasl;
Maʼnoviy xususiyatlari
[edit]Maʼnosi
[edit]1. Ota-bobodan qolgan nasl (ajdodga nisbatan). ◆ Biz eski qullarning avlodimiz.. ota-bobolarimiz ozod boʻlgan chogʻlarda oʻzlari uchun qurgan chayladek uylarda tirikchilik qilamiz. S. Ayniy, „Qullar.“ ◆ Ajdodlar boʻlmagay avlodsiz, Avlodlar ziynati ajdodlar. B. Boyqobilov.
2. Ota-bobo va uning nasli; sulola; zot. ◆ Temur avlodi. Bobur avlodi. ◆ Devonbegilar avlodiga mansub boʻlgan Shernazarboy Islomxoʻjani ich-ichidan yomon koʻrar, azaldan adovati bor edi. J. Sharipov| Xorazm. ◆ Fisq-fujur uyasi boʻlgan bu oila hammani qoralashsa ham, oʻz avlodi boʻlgan ana shu katta boyga aslo til tegizmas edi. P. Tursun, „Oʻqituvchi.“ .
3. Zamonning maʼlum qismiga mansub odamlar; boʻgʻin. ◆ Keksa avlod. Oʻrta avlod. Yosh avlod. Kelgusi avlod. ◆ Oʻylaymanki, mana shunday obod va ozod yurtni koʻrganda, nafaqat katta yoshdagi kishilar, balki yosh avlod ham yangi kuch-quvvat oladi, gʻururlanadi. Gazetadan.
4. koʻchma Zamonaviy elektron-hisoblash mashinalarining va boshqa texnik jihozlarning yangilangan, takomillashgan turkumi. ◆ Bu apparat kompyuterlarning toʻrtinchi avlodiga mansub.
Tarjimalari
[edit]OʻTIL