[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Thomas Mann

Vikiiqtibosdan olingan
Thomas Mann
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Thomas Mann (talaffuzi: Tomas Mann)(6-iyun 1875-yil; 12-avgust 1955-yil) — nemis yozuvchisi. Dastlabki yirik asari — Lyubek aslzodalari naslining toʻrt avlodi taqdiri toʻgʻrisidagi romani “Buddenbroklar” (“Bir oila inqirozi”) bilanoq keng jamoatchilikka tanilgan.

Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Nahotki men hayotni, bu toza, shafqatsiz va qudratli hayotni yomon ko‘rgan bo‘lsam? Bekor gap. Tushunmovchilik bu. Men uni yenga olmaganim uchun o‘zimni yomon ko‘rganman, xolos[1].
  • Mukammallik katta quvonch olib keladi[1].
  • Baxt va muvaffaqiyat — o‘zimizda, ichimizdadir[1].
  • Axloq, shubhasiz, hayotda eng muhimidir[1].
  • Vaqtni qo‘lingda tut! Har bir soat, har bir daqiqani asra. Nazorat qilmasang, kaltakesakday sirg‘alib qochib ketadi. Har bir lahzani halol va munosib amallar bilan beza! Vaqtga salmoq, mazmun va nur bag‘ishla[1].
  • Shoir ijodiy to‘qimalari sabab emas, ilohiy iqtidor tufayli dunyoga keladi[1].
  • Bizning qo‘rquvimiz — dushmanlarimiz mardligining manbasidir[1].
  • Axloq va hayot bir butundir. Axloq — hayot tirgagi, axloqli odam hayotning chinakam fuqarosidir[1].
  • Nuqsonni yoqlash bilan fazilatlar haqorat qilinadi.[1]
  • Vaqt undan foydalanib aqlliroq, yaxshiroq, pishiqroq va mukammalroq bo‘lishimiz uchun berilgan qimmatbaho sovg‘adir[1].
  • Orzular ushalganda eng yaxshi narsalar ortda qoladi[1].
  • Barcha istak va harakatlarimiz asablarimizning ehtiyojlari sabab dunyoga keladi. Bu ehtiyojlarni so‘z bilan taʼriflash qiyin[1].
  • Urush — tinchlik davridagi muammolardan qo‘rqoqlarcha qochishdir[1].
  • Faqat o‘limgina azob-uqubatlarni hurmatlashga o‘rgata oladi[1].
  • Baʼzi odamlar bilan yashash qiyin, lekin ularni tashlab ketish ham oson bo‘lmaydi[1].
  • Sanʼat insonning ezgulikka, haqiqatga, komillikka g‘ayriixtiyoriy va azaliy intilishining eng go‘zal, eng qatʼiy, eng quvonchli va ezgu timsolidir[1].
  • Xunuk holatlarni ham o‘z foydasiga uyalmay o‘zgartira olish yashovchanlik qobiliyatining belgisidir[1].
  • Agar biror fikr butun vujudingni qamrab olgan bo‘lsa, u seni har qadamda taʼqib etadi, hatto havoda ham uning hidini sezasan[1].
  • Azob-uqubat ko‘rmagan odam bir umr yosh bola bo‘lib qolaveradi[1].
  • Qo‘pollik sizni istagan odam bilan bir joyga qo‘yadi; faqat adabgina masofa hosil qila oladi[1].
  • Oilada hamma bir-birini himoya qilishi kerak, aks holda, ko‘rgiliklar eshik qoqib keladi[1].
  • Mutlaqo begona odamlarning bir-biriga “sen” deb murojaat qilishi yovvoyilik, qoloqlik, odobsizlik belgisidir. Men buni jinimdan battar yomon ko‘raman. Chunki bu, mohiyatiga ko‘ra, sivilizatsiyaga va insoniyat taraqqiyotiga surbetlarcha, vijdonsizlarcha qarshi yo‘naltirilgandir[1].
  • Vaqt bilim, tajriba va xizmatni orttirish uchun berilgan eng qiymatli sarmoyadir[2].

Manba

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 Ziyouz.uz — Ziyo istagan qalblar uchun!
  2. Sanjar Xoʻja. Hayotimiz kengurulari. Abdugʻafur Iskandar, Sanjar Said: . Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2022 — 160-bet.