[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Zuho namozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zuho namozi (arab. صَلَاة الضحى, Ṣalāt aḍ-Ḍuḥā) - bomdod va peshin farz namozlari orasidagi ixtiyoriy namoz. Bu namozning vaqti quyosh bir nayza boʻyi koʻtarilganda, ya’ni quyosh chiqqandan taxminan 20 daqiqa keyin boshlanadi. Oxirgi vaqti esa kun tikkaga kelgan vaqtdan bir soat avvalgi vaqtgacha hisoblanadi. Ushbu ikki vaqt oraligʻida Zuho namozini ado etish mumkin. Namoz avvaligi vaqtida oʻqilsa, “Ishroq namozi” deyiladi. Zuho namozi gunohlar uchun magʻfirat soʻrab va Allohning rahmatini tilab oʻqiladi. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning har bir a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz – sadaqa, har bir hamd aytishingiz – sadaqa, har bir tahlilingiz (“La ilaha illalloh”, deyishingiz) – sadaqa, har bir takbiringiz – sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz – sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz – sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rakat zuho namozini oʻqishingiz kifoyadir”, – deganlar[1]. Zuho namozi ikki rak’atdan sakkiz rak’atgacha oʻqilishi mumkin.

  1. „The excellence of the duha prayer“. islamicstudies.info. Qaraldi: 26-yanvar 2018-yil.