[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Zangiota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zangiota (asl ismi Oyxoʻja ibn Toshxoʻja) (7—1258) — avliyo, tasavvufning taniqli vakili.

Zangi Ota O'rta Osiyo Islom olamida ko'zga ko'ringan mutafakkir va donishmandlardan biri bo'lib, faqat Movarounnahrdagina emas, balki Xuroson Xalqlari orasida ham mashhur bo'lganlar.

Arslonbobning avlodi (avarasi). U zot XII asrning oxirlarida Toshkent shahrining Samarqand darvoza koʻchasidagi Zangiota mahallasida tugʻilib oʻsgan degan taxmin bor. Arab naslidan, qora tanli boʻlganligi uchun zangi (zanji), hurmat yuzasidan va oliy himmatligi uchun Zangibobo Himmatiy deb atashgan. 3 yoshligida otasidan taʼlim oldi. Otasi vafotidan keyin Ahmad Yassaviyning xalifasi va shogirdi boʻlmish Hakim ota (Sulaymon Boqirgʻoniy) huzuriga bordi. Bir necha yil uning mulozamatida boʻlib, undan yassaviylik tariqati sir-asrorlari, odobini oʻrgandi va bu tariqatning yetuk namoyandasi boʻlib yetishdi. Soʻng oʻz vatani — Shosh viloyatiga qaytib kelib, aholini ilohiy-axloqiy, tasavvufiy yoʻl-yoʻriqlar bilan tarbiyalashga kirishdi, koʻplab mutasavviflar tayyorladi. Z.ning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining ogʻir va dahshatli davriga toʻgʻri keldi. Moʻgʻul istilochilari mamlakatni xonavayron qilib, xalq ommasini qullik iskanjasiga solgan bir paytda 3. va uning izdoshlari xalq orasida vatanparvarlik, mehnatsevarlik, adlu insof, poklik, yaxshilik, mehr-shafqat, xudojoʻylik kabi umuminsoniy gʻoyalarni targʻib qildi. Zangi Otaning murid va shogirdlari, xususan, Uzun Hasanota, Sayyidota, Sadrota va Badrota Dashti Qipchoq oʻzbeklari, Volgaboʻyi va Ural togʻi etaklaridagi tatar va boshqirdlar orasida islom dinining yoyilishiga hissa qoʻshdi. Podachilik qilib, halol rizq topib hayot kechirgan. Namoz va zikrni kanda qilmagan. Zangi Otaning karomatlari va fazilatlarini Xoʻja Ahror, shoirlar Maxtumquli, Kamiy Toshkandiy va b. tilga olib, sheʼr va xotiralar yozib qoldirganlar, xalq rivoyatlar toʻqigan. Baʼzi manbalarga koʻra, ustozi Hakim ota vafotidan soʻng uning xotini Anbar bibini nikohiga olib, undan bir necha farzand koʻradi. Farzandlar ham u kabi eʼtiqodli, insofli kishilar boʻlib yetishadilar, xalqni haqiqat yoʻliga boshlashda rahnamolik qiladilar va Anbar bibining qabri Zangiota tumanidati Zangiota qishlogʻida dafn etilgan mozor yonida masjid va Madrasa qad koʻtargan. Bu joy ziyoratgoh hisoblanadi (qarang Zangiota majmuasi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil