[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Yuriy Dud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Dud

Dud Nijnekamskda
Shaxsiy maʼlumot
Tugʻilishi 11-oktyabr 1986-yil (1986-10-11) (38 yosh) Potsdam, Germaniya Demokratik Respublikasi
Kasbi jurnalist, youtuber, intervyuchi
YouTube maʼlumoti
Kanallar вДудь
Faoliyat yillari 2017 – hozirga qadar
Obunachilar 10.1 million
Jami koʻrishlar 1.75 milliard
100 000 ta obunachi 2017
1 000 000 ta obunachi 2017
10 000 000 ta obunachi 2022
Yangilangan 25-may, 2022

Yuriy Aleksandrovich Dud (1986-yil 11-oktyabr, Potsdam, Germaniya Demokratik Respublikasi[1]) — rossiyalik jurnalist, videobloger, televideniye va radio boshlovchi.

Sports.ru saytining sobiq bosh muharriri (2011—2018-yillar), 2018-yil sentyabrdan bosh direktor oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan[2]. 2017-yildan buyon YouTubeda „вДудь“ nomli mualliflik kanalining boshlovchisidir. Bu kanalda Yuriy mashhur shaxslardan intervyular oladi va hujjatli filmlar chiqarib keladi. 2022-yil may oyi holatiga koʻra, kanal 10 milliondan ortiq obunachiga ega va 1,7 milliarddan ortiq tomosha qilingan[3].

Germaniya Demokratik Respublikasidagi Potsdam shahrida Moskva davlat texnika universiteti harbiy kafedrasi boshligʻi, professor, Rossiya Federatsiyasi Oliy maktabida xizmat koʻrsatgan ishchi Aleksandr Petrovich Dudya (1957-yilda tugʻilgan) va Moskomsportga qarashli Moskva olimpiya zaxiralari 3-sonli oʻrta-maxsus taʼlim muassasasida kimyo oʻqituvchisi boʻlib ishlagan Anna Stepanovna Dud oilasida tugʻilgan[4].

Yuriy Dud oʻzini kelib chiqishi boʻyicha ukrainalik, oʻzini anglashi boʻyicha esa rus deb ataydi[5].

1990-yilda oila Moskvaga koʻchib oʻtdi, u yerda Dud Metrogorodok hududidagi 1246-sonli oʻrta maktabga oʻqishga kirdi[6]. U darvozabon boʻlishni orzu qilib, futbol oʻynagan, ammo 10 yoshida bronxial astma xurujidan qoʻrqib, mashgʻulotlarni toʻxtatgan. 11 yoshida „Yoshlar gazetasi“ uchun sport maqolalari yoza boshladi[7]. 2000-yil aprelidan 2001-yil martigacha „Сегодня“ gazetasida sport tadbirlariga oid materiallar muallifi sifatida ishlagan.

2001-yil aprel oyidan boshlab u "Izvestiya " gazetasida mustaqil muxbir boʻlib ishlagan. 2003-yilda gazeta xodimi boʻlib, 2006-yil avgustigacha shu yerda ishladi.

2006—2007-yillarda „PROспорт“ jurnalida ishlab, parallel ravishda (2007-yil mart oyigacha) PROsport[7] jurnalida ishlagan, parallel ravishda (2007-yil martigacha) „Ведомости“ gazetasida maqolalarini nashr etib turgan.

2008-yilda Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan[8].

Xotini - Olga Dud (qizlik familiyasi – Boneva; 1984-yil 1-dekabrda tugʻilgan), Rossiya texnologiya universitetini tamomlagan[9].

Ikki farzandi bor: qizi Alyona (2008-yilda tugʻilgan) va oʻgʻli Danila (2013-yilda tugʻilgan).

2011-yil aprelidan[10] 2012-yil yanvarigacha Yuriy Dud NTV-Plus[11] sport tahririyatida maxsus muxbir va sharhlovchi boʻlib ishlagan. 2011-yilning kuzida u Sports.ru bosh muharriri etib tayinlandi[12], 2018-yil sentyabr oyidan boshlab, u oʻz lavozimini bosh direktor oʻrinbosariga oʻzgartirdi.

2012-yil 16-fevraldan 2013-yil 20-iyungacha „Россия-2“ kanalida „Удар головой“ dasturining boshlovchisi sifatida ishladi. 2012-yil apreldan 2013-yil fevralgacha VGTRKning boshqa bir kanali „Спорт 1“da Angliya premyer-ligasi oʻyinlarini (2011/2012-yil va 2012/2013-yil mavsumi) sharhladi[13]. „Удар головой“ shousi mojarolarga olib kelgan maxsus mavzuda boʻlgani va katta xarajatlar sababli yopilgach, VGTRKni tark etdi[14].

2013-yil noyabrdan 2015-yil fevraligacha u „Сити ФМ“ radiostansiyasida, kanal yopilgunga qadar „Утро в Москве“ eshittirishida ishladi. Keyinchalik u „Birinchi kanal“dagi „Вечерний Ургант“ koʻrsatuvining sport rukni uchun kastingda ishtirok etdi (oxir-oqibat kastingdan Kirill Dementyevga oʻtdi).

2015-yilning 4-noyabridan 2017-yilning 27-fevraliga qadar u „Матч ТВ“[15] telekanalida Культ тура" koʻrsatuvi muallifi va boshlovchisi boʻlib, u yerda mamlakatning mashhur futbolchilari va murabbiylaridan intervyu oldi. Dastur 2016-yil oxirida reytingi pastligi va dastur homiysi Clear shampunining ketishi tufayli oʻzini mablagʻ bilan qoplay olmadi va yopildi.

2017-yil 7-fevralda Yuriy Dud YouTube videohostingida „вДудь“ shousini boshladi, dasturda u taniqli shaxslar - jurnalistlar, tadbirkorlar, madaniyat arboblari, internet va siyosatchilardan intervyu oladi.

2018-yil iyul oyi oxirida chop etilgan Forbes jurnali reytingida rossiyalik mashhurlar orasida 50-oʻrinni egalladi[16].

2019-yil yanvar oyida u „Sports.ru“ MChJ ustav kapitalida 0,5 foiz ulushga ega boʻlib, Sports.ru portali egalaridan biriga aylandi[17].

2019-yilda Dud Rossiya tarixiga oid ikkita: „Kolima – qoʻrquvimiz vatani“ va „Beslan. Esla“ hujjatli filmlarini taqdim etdi. 2020-yil fevral oyida jurnalist Rossiyada OIV bilan bogʻliq vaziyat haqida hujjatli film chiqardi.

Rezonansli onlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil aprel oyida „Xavfsiz internet ligasi“ jamoat tashkiloti Yuriy Dudning reper Morgenshtern va bloger Ivangai bilan boʻlgan ikkita intervyusi asosida Rossiya IIV tomonidan tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi, unda tashkilot vakillari noqonuniy moddalardan foydalanishni targʻiboti belgilari borligini taʼkidlagan[18]. Dudga nisbatan ish 10-iyunda ochilgan. 2021-yil 20-oktyabrda Moskvaning Zyuzinskiy sudi unga 100 ming rubl miqdorida maʼmuriy jarima soldi[19]. Oradan bir oy oʻtgach, Moskva shahar sudi Dudning shikoyatini rad etdi va bu qarorni qonuniy deb tan oldi[20].

2022-yil fevral oyida u Rossiyaning Ukrainaga bosqinini ochiqchasiga qoralab chiqdi[21].

2022-yil 10-martda Dudning YouTube kanali „Komissarenko – Belarusdagi norozilik namoyishlaridan keyingi yangi hayot“, „Agar vatanda mahrum qilsalar, qanday yashash kerak“ va „NEXTA – Belarus norozilik namoyishining asosiy mediasi“ filmlari uchun Belarusda ekstremistik deb topilgan[22].

2022-yil 15-aprelda Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi Dudni ommaviy axborot vositalarining „xorijiy agentlar“ reestriga kiritdi[23].

Hujjatli filmlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Dud 10dan ortiq hujjatli filmlar suratga olgan. Ulardan baʼzilari jamoatchilik noroziligiga, ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokamaga sabab boʻldi. Film chiqishi ortidan Dudning faoliyati hukumatparast telejurnalistlar va jamoat arboblari tomonidan tanqid qilindi, shuningdek, rasmiylar eʼtiborini jalb etdi.

2019-yil aprel oyida Dud „Kolima – qoʻrquvimiz vatani“ hujjatli filmini chiqardi. U ushbu filmida Stalin qatagʻonlari qurbonlari va mahalliy aholi bilan suhbatlashdi[24]. Dudning soʻzlariga koʻra, oʻtkazilgan soʻrovnomalarga koʻra, 18 yoshdan 24 yoshgacha boʻlgan rossiyaliklar hech qachon Stalin qatagʻonlari haqida eshitmagan[25].

"Beslan. Esla"

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 2-sentyabrda „Beslan. Esla“ hujjatli filmi chiqarildi. Film 2004-yil Beslan shahridagi maktabda yuz bergan fojia xotiralaridan hikoya qiladi. Unda fojiada davlatning oʻrniga alohida urgʻu beriladi. Yuriyning oʻzi film boshida shunday dedi: „Bir vaqtlar davlat muammoga olib kelgan xatolarga yoʻl qoʻygan. Endi uning vazifasi – jabr koʻrganlarni maksimal gʻamxoʻrlik bilan oʻrab olish. Va aynan faqat gʻamxoʻrlik orqaligina jabrlanganlar kechirimiga, soʻng ishonchiga sazovor boʻla oladi[26]“.

Film ushbu voqealarning bevosita ishtirokchilari: garovga olinganlar, jurnalistlar, faollar, amaldorlar bilan intervyu sifatida qurilgan. Unda garovga olingan maktab ichiga munozara uchun kirib borgan Ingushetiya sobiq prezidenti Ruslan Aushev va Shimoliy Osetiyaning sobiq rahbari Taimuraz Mamsurovlarning fikrlari ham filmdan oʻrin olgan.

Film toʻrt kun ichida oʻn million kishi tomonidan tomosha qilindi[27].

Fojiada davlat roliga alohida urgʻu berilgani bois ijtimoiy tarmoqlarda film chiqqanidan soʻng bahs-munozaralar avj oldi[28].

"Новая газета" gazetasi sonlaridan birida Yuriy Dudning yangi ishi haqida ijobiy fikrlar bildirilib, film aniq, batafsil, ravon intonatsiya va ortiqcha hayajonlarsiz ishlanganligi taʼkidlandi[29].

Telejurnalist Vladimir Solovyov Dudga haqoratlar bilan hujum qildi, unga filmda davlatning „hamma narsada“ ayblangani yoqmadi[30].

„Аргументы и факты“ nashri esa Dudni jangarilarni himoya qilganlikda va asirlarni garovga olgan terrorchilar bilan hamkorlik qilishga chorlaganlikda aybladi. Manbada eʼlon qilingan maqola muallifi, shuningdek, jurnalistning terrorizmga qarshi kurash boʻlinmalari ishini chindan tushunmasligiga shubha bildirdi, buning oʻrniga aslida u siyosiy propaganda filmi suratga olish niyatida boʻlgani haqida fikrlarini bildirgan[31].

Jurnalist Dmitriy Sokolov-Mitrich oʻzining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida filmni tanqid qilib, unda maxsus kuchlar tomonidan maktabga bostirib kirishning boshlanishi masalasi xolisona koʻrsatilmaganini ta’kidladi. Sokolov-Mitrich 1–6-sentyabr kunlari Beslanda boʻlganida oʻsha voqealarga guvoh boʻlganini va Dud suhbat uchun boshqa suhbatdoshlarni tanlashi kerak boʻlganini ham yozadi. Jurnalist Vasiliy Utkin izohlarda Dudni himoya qilib, film fojia haqida kam biladiganlar uchun suratga olinganini taʼkidladi. Vasiliy Sokolov-Mitrichni nega aynan uning oʻzi bunday film suratga olmagani uchun qoraladi[32].

Filmda Shimoliy Osetiya sobiq rahbari Taymuraz Mamsurov Vladimir Putin Beslandagi terakt qurbonlari dafn etilgan qabristonga tashrif buyurgani haqida soʻzlaydi, bu haqda avval OAVda hech qanday xabar berilmagan boʻlgan. Keyinroq Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Mamsurovning soʻzlarini tasdiqlagan[33].

"Rossiyada OIV - u haqida gapirilmaydigan epidemiya"

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1 soat 48 daqiqa davom etadigan film Dudning YouTube kanalida 2020-yil 11-fevralda eʼlon qilingan va darhol videoxizmatning top pogʻonasiga koʻtarilgan. Dud oʻz filmini Rossiyada OIV bilan yashayotgan 1 milliondan ortiq odamga bagʻishlagan. Intervyu davomida, muallifning tan olishicha, dastlab uning jamoasi odamlarga qanday qilib bu statistik raqamlar ichida boʻlib qolmaslik haqida aytmoqchi boʻlgan. Ammo mavzuga kirishilgach, ular dahshatli raqamlardan tashqari, yana bir muammo borligini tushunib yetadilar: „Rossiyada OIV bilan yashovchi odamlar doim kamsitib kelinadi, ulardan qochishadi, ularni mensimaydilar“. Besh kun ichida film 12 million marta tomosha qilindi[34].

14-fevralda Davlat Dumasining Sogʻliqni saqlash qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Fedot Tumusov Davlat Dumasi binosida film namoyishini tashkil qildi[35]. 16-fevral kuni Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin 2020-yilda OIV bilan kasallanganlarga tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar samaradorligi tahlilini e’lon qildi[34].

Jurnalistning filmi chiqqanidan soʻng Google’dan OIV testini sotib olish boʻyicha soʻrovlar soni 56 barobarga oshdi. Bundan tashqari, OITSning oldini olish va unga qarshi kurashish federal ilmiy-metodik markazi rahbari, akademik Vadim Pokrovskiyning aytishicha, rossiyaliklarda OIV infeksiyasini tekshirishga qiziqish kuchaygan. Xususan, Sankt-Peterburg klinikalarida OIVga anonim tekshiruvdan oʻtish istagida boʻlganlar ikki baravar koʻpaygan, Krasnoyarskda esa virusni aniqlash uchun testdan oʻtishga ulkan navbatlar paydo boʻlgan[36].

"Dunyoning IT poytaxti qanday ishlaydi"

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 23-aprelda Kremniy vodiysidagi tadbirkorlar haqida film chiqdi. Filmning davomiyligi 3 soat 7 daqiqadan iborat. Yuriy Dud Kremniy vodiysida faoliyat yuritadigan sakkiz nafar rossiyalik tadbirkor bilan suhbatlashdi.

Film darhol YouTubening rus tilidagi „Trendlar“ ruknida 2-oʻrinni egalladi, bir haftadan kamroq vaqt ichida u 13 million martadan koʻproq tomosha qilindi. Shu bilan birga, soha mutaxassislari tomonidan jiddiy tanqidga uchradi. Filmda ayol qahramonlar yoʻqligi sabab seksizm tamgʻasi bosildi, mualliflar bir xil turdagi qahramonlar bilan suhbat uyushtirgani (ularning barchasi IT sohasida ishlaydi), Kremniy vodiysi tadbirkor uchun ideal joy sifatida taqdim etilib, Rossiyani tark etishga undagani uchun qoralangan[37]. Xususan, Pavel Durov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tomoshabin Kaliforniyadagi hayot va ish haqida notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlishi mumkin boʻlgan bir qancha sabablarni keltirib oʻtadi[38].

"Nega Rossiyada qiynoqqa solishadi?"

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 7-dekabrda Rossiyadagi qiynoqlar haqida 2 soatu 20 daqiqalik „Nega Rossiyada qiynoqqa solishadi?“[39] filmi chiqarildi. Filmda Yuriy qiynoqlarni boshidan kechirgan odamlarni, bu muammo bilan shugʻullanuvchi huquq himoyachilari va huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarni koʻrsatadi. Ikki kundan kamroq vaqt ichida film 2 milliondan ortiq tomosha qilindi[40].

"Urush davridagi odam"

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 11-aprelda Ukrainadan kelgan qochqinlarga yordam berayotgan koʻngillilar faoliyati haqida „Urush davridagi odam“ filmi chiqarildi[41].

Mukofotlar va nominatsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2016 — „Televizordagi qiyofa“ nominatsiyasida „GQ Yil odami“ mukofoti („Культ тура“ dasturida Yevgeniy Savin bilan birga)[42].
  • 2017 — „Televizordagi qiyofa“ nominatsiyasida „GQ Yil odami“ mukofoti[43].
  • 2017, oktyabr — Aleksandr Aksyonov bilan birga „Sergey Bodrov – bosh rus superqahramoni“ filmi uchun „Редколлегия“ mukofoti[44].
  • 2018 — „#glam_youtube“ nominatsiyasida Glamour Influencers Awards 2018 mukofoti[45].
  • 2019 — „Televizordagi qiyofa“ nominatsiyasida „GQ Yil odami“ mukofoti[46].
  • 2019 — „Beslan. Esla“ filmi uchun „Videodokument“ nominatsiyasida „Открытая Россия“ jamgʻarmasi „Kasbi – jurnalist“ mukofoti[47].
  • 2020, fevral — „Rossiyada OIV - u haqida gapirilmaydigan epidemiya“ filmi uchun „Редколлегия“ mukofoti[48].
  • 2020 — „Navalniylar – zaharlashdan soʻnggi intervyu“ va „Kamchatka – unutilgan yarimorol“ materiallari uchun „Videodokument“ nominatsiyasida „Открытая Россия“ jamgʻarmasi „Kasbi – jurnalist“ mukofoti[49].
  • 2022 — Romir Influence Ranking inflyuenser-blogerlar reytingida 6-oʻrin[50].
  • 2021, dekabr — Daniil Turovskiy bilan birga „Nega Rossiyada qiynoqqa solishadi?“ filmi uchun „Редколлегия“ mukofoti[51].
  1. YouTube logotipi КАКТУС #025. Юрий Дудь про «Зенит-Арену», феминизм, коррупцию и интервью с Путиным YouTubeda
  2. https://www.sports.ru/football/1067008068.html
  3. https://www.youtube.com/c/vdud/about
  4. https://www.sovsport.ru/swimming/articles/998723-anton-chupkov-mama-jurija-dudja-uchila-menja-himii-s-ljubovju-stavila-dvojki-video
  5. Юрий Дудь / Биография и фильмография. Дата обращения: 13 ноября 2018. Архивировано13 ноября 2018 года. - https://web.archive.org/web/20181113165651/https://russia.tv/person/show/person_id/105306/
  6. https://ura.news/news/1052202448
  7. 7,0 7,1 http://the-flow.ru/features/dud-interview
  8. arxiv nusxasi (PDF), 20-fevral 2018-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 25-may 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  9. https://news.rambler.ru/starlife/42975695-lichnaya-zhizn-yuriya-dudya-tatuirovki-v-chest-detey-i-nepublichnaya-zhena/
  10. https://www.sports.ru/football/89567160.html
  11. https://snob.ru/magazine/entry/48507?v=1444300999
  12. https://www.sports.ru/tribuna/blogs/footzhur/287055.html
  13. „«Я был уверен, что все куплено». Попасть в телевизор через конкурс комментаторов“. Матч ТВ (3-mart 2016-yil). 2018-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2018-yil.
  14. „О новых принципах работы телеканала “Россия 2”“. Чемпионат.com (23-sentabr 2013-yil). 2018-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2018-yil.
  15. https://www.sports.ru/football/1035492351.html
  16. http://uvao.ru/finances/8374-zhurnalisty-forbes-vpervye-vklyuchili-yu-dudya-v-svoy-reyting.html
  17. https://www.rbc.ru/business/25/01/2019/5c4a4d539a79478c53e68976
  18. https://www.rbc.ru/society/05/04/2021/606a8dc69a79473020231748
  19. https://www.kommersant.ru/doc/5040703
  20. https://tass.ru/obschestvo/13054193
  21. https://www.forbes.ru/forbeslife/457377-urij-dud-obratilsa-k-okruzeniu-putina-s-pros-boj-ozvucit-svou-poziciu-prezidentu
  22. https://t.me/gubopRB/4642
  23. https://meduza.io/news/2022/04/15/minyust-rf-ob-yavil-yuriya-dudya-inostrannym-agentom
  24. http://www.sobaka.ru/city/cinema/89538
  25. „arxiv nusxasi“. 27-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  26. YouTube logotipi Беслан. Помни / вДудь YouTubeda
  27. https://www.vedomosti.ru/technology/news/2019/09/06/810671-film-dudya-pro-beslan
  28. https://www.forbes.ru/forbeslife/382851-ne-pro-poisk-vinovatyh-o-lyudyah-yuriy-dud-sdelal-dokumentalnyy-film-o-tragedii-v
  29. https://www.novayagazeta.ru/articles/2019/09/03/81820-kak-vyrastit-fialki-v-adu
  30. https://www.gazeta.ru/culture/2019/09/06/a_12630433.shtml
  31. https://aif.ru/politics/russia/beslan_pomni_dvoynoe_dno_filma_yuriya_dudya
  32. https://lenta.ru/news/2019/09/09/beslan/
  33. https://tass.ru/obschestvo/6833600
  34. 34,0 34,1 https://www.fontanka.ru/2020/02/16/033/
  35. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  36. https://nsn.fm/society/v-ran-podtverdili-svedeniya-dudya-ob-epidemii-vich-v-rossii
  37. https://secretmag.ru/news/griby-seksizm-i-otchayanie-nepriglyadnye-storony-kremnievoi-doliny.htm
  38. https://www.gazeta.ru/tech/2020/05/08/13075957/durov_usa.shtml
  39. https://www.svoboda.org/a/yuriy-dudj-snyal-filjm-o-tom-pochemu-v-rossii-pytayut/31597983.html
  40. https://novayagazeta.ru/articles/2021/12/09/pochemu-v-rossii-pytaiut
  41. https://rus.delfi.ee/statja/96392265/a-dobro-tochno-pobedit-yuriy-dud-snyal-film-ob-ukraine
  42. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  43. „arxiv nusxasi“. 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  44. https://redkollegia.org/laureates?y=2017
  45. „arxiv nusxasi“. 4-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  46. https://www.gq.ru/success/moty-2019-winners
  47. https://www.colta.ru/news/22964-vruchena-premiya-professiya-zhurnalist
  48. https://redkollegia.org/archives/text/vich-v-rossii-epidemiya-pro-kotoruyu-ne-govoryat
  49. https://www.colta.ru/news/26292-nazvany-laureaty-premii-professiya-zhurnalist
  50. https://www.gazeta.ru/culture/news/2022/01/08/n_17113759.shtml
  51. https://redkollegia.org/archives/text/pochemu-v-rossii-pytayut