[go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Wind of Change

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Wind of Change“
Scorpions qoʻshigʻi
„Crazy World“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 21-yanvar, 1991-yil(1991-01-21)
Yozib olingan 1990
Studiya
Janr
Davomiyligi
  • 5:13 (albom versiyasi)
  • 3:44 (radio versiyasi)
Leybl
  • Mercury
  • Vertigo
Matn muallif(lar)i Klaus Meine
Prodyuser(lar)
  • Keith Olsen
  • Scorpions
Scorpions singllari xronologiyasi
„Don't Believe Her“
(1990)
Wind of Change
(1991)
„Send Me an Angel“
(1991)
Klipi
„Wind of Change“ YouTubeda

Wind of Change“ (inglizchadan: oʻzgarishlar shamoli) — Scorpions guruhi vokalisti Klaus Meine tomonidan yozilgan eng mashhur qoʻshiqlardan biri. Qoʻshiq oʻtgan asrning 80-yillarida Sobiq Ittifoq'da boʻlib oʻtgan qayta qurish davriga hamda sovuq urush'ning tugashiga bagʻishlangan. Qoʻshiqning ingliz, ispan hamda rus tillaridagi talqinlari mavjud[6][7]

Qoʻshiq 1990-yilda Crazy World albomida chiqdi.

Qoʻshiqning yozilishiga Klaus Meinening 1988 va 1989-yillarda SSSR tashrifi turtki boʻldi.

2007-yilda Meine qoʻshiqning paydo boʻlish tarixini aytib beradi. 1989-yilda Lujniki oʻyingohida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgaan konsert oldidan guruh aʼzolari boshqa qoʻshiqchilar bilan Gorkiy hiyobonida jotlashgan, musiqachi Stas Naminga tegishli tamaddixonaga tashrif buyurishadi. Daraxtlarga oʻrnatilgan ovoz kuchaytirgichlarda AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya vakillarining qoʻshiqlari yangrar, atrof musiqachilar, jurnalistlar, sovet askarlari bilan gavjum edi. Barchani „bir til — musiqa“ birlashtirgan edi. Manashu muhitda qoʻshiq dunyoga keldi[8]

Qoʻshiqning taqdimotidan bir yil avval Berlin devori buzib tashlanishi, keyinchalik Sobiq Ittifoq parchalanishi bu qoʻshiqning Qayta qurish davri gimni boʻlishiga sabab boʻldi. Guruh aʼzolaridan biri Rudolf Schenker: „nemislarning qoʻlida qurol bilan emas, gitara va roknroll bilan bordigan avlodi voyaga yetdi“ degan edi[9]

Let your Balalaika sing, what my guitar wants to say
...sizning balalaykangiz mening gitaram aytmoqchi boʻlgan narsalarni kuylab bersin

2005-yilda Germaniyaning ZDF telekanali muhlislari qoʻshiqni „Asr qoʻshigʻi“ deya baholashdi. Qoʻshiq ikki Germaniyaning birlashish gimni sifatida mashhur. U koʻpincha Berlin devori qulashi xronikalarida yangraydi.

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida Las Vegasdagi konsertda Klaus Meine qoʻshiqning birinchi „I follow the Moskva down to Gorky Park“ (tarjimada: Men Moskva daryosida Gorkiy hiyoboniga ketyabman) soʻzlarini „Now listen to my heart, it says Ukraine“ („Endi meni yuragimni tingla, u Ukraina deyabti“) soʻzlariga oʻzgartirib kuyladi[10]

  1. DeLuca, Dan „Beyonce, Questlove, Scorpions, and the CIA: Music podcasts for a summertime binge“ (en-US). The Philadelphia Inquirer. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
  2. „Scorpions Albums :: NoiseTrade :: Paste Magazine“. www.pastemagazine.com. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
  3. „True 90s - Various Artists | Songs, Reviews, Credits | AllMusic“, AllMusic (inglizcha), qaraldi: 2021-06-14
  4. „Top 100 Classic Rock Artists“. Ultimate Classic Rock (2016-yil 8-iyun). Qaraldi: 2019-yil 16-iyun.
  5. Cochrane, Greg „The best new podcasts of 2020“. NME (2020-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  6. Scorpions single Wind Of Change (Russian) — www.the-scorpions.com
  7. Scorpions — Veter Peremen (Wayback Machine saytida 2021-02-20 sanasida arxivlangan) — discogs.com
  8. „Архивированная копия“. 2019-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-may.
  9. „Scorpions' 'Wind of Change': The Oral History“ (en). Rolling Stone (2015-yil 2-sentyabr). — „Rudolf Schenker, guitar:... new generation of Germans growing up, and they’re not coming with tanks and guns and making war — they’re coming with guitars and rock & roll and bringing love!“. 2019-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-avgust.
  10. „Группа Scorpions убрала из песни "Ветер перемен" слова о Москве“. Радио Свобода (2022-yil 29-mart). 2022-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-mart.